Telegram Web Link
Osiyo Xalqaro Universitetidagi bakalavriat yo'nalishlari va kontrakt narxlari bilan tanishing

🔹 Pedagogika va Psixologiya
🔹 Boshlang'ich ta'lim
🔹 Maktabgacha ta'lim
🔹 Filologiya tillarni o'qitish (Ingliz tili)
🔹 Filologiya tillarni o'qitish (Rus tili)
🔹 Tarix
🔹 Jismoniy Madaniyat
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
🔹 Davolash ishi
🔹 Stomatologiya
🔹 Farmatsiya
🔹 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
🔹 Konchilik ishi

✔️ Bakalavrda umumiy 14ta yo'nalish
+998973290136
+998946422131
+998938252425
👍1🤔1
⚡️Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

︎O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 330 ming so‘m, yarim baravari esa 165 ming so‘m.

❗️Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
➡️ o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
➡️ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
➡️ mehribonlik uylari bolalari;
➡️ bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
➡️ “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
👍2
📍Navoiy innovatsiyalar universiteti sizning kelajagingiz kafolatidir!

Bizning ta’lim maskanimizda 13ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Sizda innovatsion tizim va professional pedagoglar yordamida bilim olish imkoniyati mavjud.

Navoiy innovatsiyalar universiteti - biz bilan kelajakka qadam bosing!

☎️ Murojaat uchun:
+998973290136
+998946422131
+998938252425
👍2
#Perevod_2023

⚡️"Perevod" qabuli boshlanishiga 35 kun qoldi

📌 Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

✔️ Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

🗂 Kerakli hujjatlar:

👉 ariza;
👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

📝 Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi.

💰 Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

😀 OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.
Forwarded from Studyfree Consulting | Study Abroad (Shavkat Ahralov)
🔰Янги аср университетида 2023-2024 ўқув йили учун қабул бошланди

🏢 Университет қуйидаги йўналишларга қабул эълон қилади:

Кундузги ва кечки таълим йўналишлари:
🔹Филология ва тилларни ўқитиш (араб, ўзбек, инглиз, хитой, турк, рус, ва мумтоз шарқ тиллари)
🔹Дефектология (логопедия)
🔹Тарих (хорижий шарқ мамлакатлари)

Кундузги, кечки ва сиртқи таълим йўналишлари:
🔹Педагогика ва психология
🔹Бошланғич таълим
🔹Мактабгача таълим
🔹Тарих (мамлакатлар ва йўналишлар бўйича).
🔹Иккинчи мутахассисликка қабул.
🔹2-босқичга ўқишни кўчириш.

⤵️Ариза қолдириш тартиби ва қўшимча маълумотлар
+998973290136
+998946422131
+998938252425
#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Ludwig Maximilian University of Munich (LMU) universitetining magistratura bosqichida oʻqish haqida maʼlumot beramiz.

Hozirda 52 mingga yaqin talaba oʻqiydigan mazkur universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, LMU, 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, THE reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 33-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– LMUda magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talaba har semestrda semestr badali va transport chiptasi uchun toʻlov qilishi kerak. Bu toʻlov 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, quyidagicha (keyingi semestrlarda biroz oʻzgarishi mumkin):
a) semestr badali (1 semestr uchun) – 62 yevro;
b) transport chiptasi (1 semestr uchun) – 66,5 yevro. Chipta talabaga jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas.

ESLATMA: Ayrim qoʻshma (boshqa taʼlim muassasasi bilan birga oʻtiladigan) magistrlik dasturlari uchun kontrakt summasi toʻlanadi. Bu summa LMUga emas, 2-taʼlim muassasasiga toʻlanadi.

Yoʻnalishlar

Magistrlik yoʻnalishlari nemis yoki ingliz tilida oʻqitiladi. Ayrim nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar ingliz tilini ham bilishni talab qilishi mumkin.

Hozirda universitet 31 ta ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik yoʻnalishlarini taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyxati – BU YERDA.

Nemis tilida magistrlik oʻqitiladigan yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Talablar

Ingliz tilidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun nomzoddan, yoʻnalishiga qarab, IELTS 6.5 yoki 7.0 soʻraladi.

Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar uchun odatda nemis tilini C1 darajada bilish va buni til sertifikati (TestDAF yoki boshqa) bilan isbotlash lozim.

Qabulga oid boshqa talablar yoʻnalishga qarab nihoyatda farq qiladi. Shu sababli barcha talablar bilan kerakli magistrlik yoʻnalishi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjatlar

Barcha yoʻnalishda qabul uchun soʻraladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:
– Onlayn ariza shakli (saytda toʻldiriladi)
– Bakalavriatdagi baholar
– CV
– Til sertifikati

Yoʻnalishga qarab, yuqoridagilardan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Qabul sanalari

Aksariyat yoʻnalishlarga yiliga 2 marta – qishki va kuzgi semestr uchun qabul boʻladi.

Lekin qabul sanalari ham yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Masalan, hozir (2023-yil 14-mart) kuzgi yoki qishki semestr uchun hozirda ariza qabul qilinayotgan yoʻnalishlar ham, kuzgi semestrga qabul tugaganlari ham, qishki semestr uchun hali boshlanmaganlari ham bor.

Qabul sanalarni bilish uchun kerakli yoʻnalish sahifasiga tashrif buyuring (yuqorida nemis va ingliz tilidagi yoʻnalishlar uchun havola berilgan).

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.
👍1
+998973290136
+998946422131
+998938252425
2025/07/09 16:37:48
Back to Top
HTML Embed Code: