Telegram Web Link
Forwarded from Grantlar.uz
O'qish bepul universitetlar: Islandiya universiteti (Islandiya)

THE reytingi bo'yicha 501-600-o'rinni egallab turgan bu universitetda bakalavriat, magistratura va PhD dasturlari taklif etiladi.

Bu universitetdagi ta'lim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Faqat yiliga 75 000 ISK (550 AQSH dollari) registratsiya badali to'lanadi
– Ingliz yoki island tillarida o'qish mumkin

Arizalar har yili 12-dekabrdan 1-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Kanadada oʻqiymizmi?

Kanada – oʻqish uchun koʻpchilik orzu qiladigan davlatlardan biridir.

Baxtga qarshi, Kanada aksariyat xorijlik talabalar, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun ham u qadar koʻp toʻliq grantlarni taklif qilmaydi.

Lekin Kanadada oʻqish uchun oʻzbek talabalar ham ariza topshirishi mumkin boʻlgan va ayrim toʻliq grantlar mavjud, albatta. Bunday grantlar bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun taklif qilinadi.

Bugun shunday toʻliq grantlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

1. Lester B. Pearson International Scholarship. Bu grant dunyoda nufuzi boʻyicha 18-oʻrinda turuvchi Toronto universiteti tomonidan taklif qilinadi.

Asosiy jihatlar:
Bakalavriatda oʻqish uchun beriladi
– Oʻqish va yashashga oid barcha xarajatlar qoplanadi
– Grantlar soni 37 ta
– Qabul 2023-yil sentabr oyida boshlanadi va 2023-yil 30-noyabrgacha davom etadi

2. McCall MacBain Scholarships. Bu grant dunyoda nufuzi boʻyicha 31-oʻrinda turuvchi McGill universiteti tomonidan taklif qilinadi.

Asosiy jihatlar:
Magistraturada oʻqish uchun beriladi
– 10 ta toʻliq va 40 ta qisman grant ajratiladi. Toʻliq grantda oʻqish va yashashga oid barcha xarajatlar qoplanadi
– Qabul 2023-yil 24-avgustgacha davom etadi

3. Vanier Canada Graduate Scholarship Bu grant Kanadaning bir qancha universitetlarida PhD (doktorantura) bosqichida oʻqish uchun ajratiladi.

Asosiy jihatlar:
– Bu grant yiliga oʻrtacha 166 nafar nomzodga beriladi
– Yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi

Qabul 2023-yil 1-noyabrgacha davom etadi.

Taʼkidlash joizki, yuqoridagi grantlarning barchasida raqobat ancha kuchli. Lekin oʻzbek talabalari orasida ham bu grantlarni qoʻlga kiritishga munosib nomzodlar borligiga shubha qilmaymiz.

@grantlar_namuna
Sirtqi taʼlim haqida keng tarqalgan 4 ta "afsona"

💬 Juda koʻp odamlar sirtqi taʼlimni kunduzgi taʼlimdan sifatsiz, qiyin va hatto diplomi oʻtmaydi deb oʻylar ekan. Bugun biz bu qarashlar qanchalik notoʻgʻri ekanligini koʻrsatib beramiz. Posterga qarang va hammasini oʻzingiz bilib olasiz.
Savollaringizga javob olish uchun hoziroq bizga murojaat qiling.

100% sifatli va samarali taʼlimdan zavqlanish uchun sirtqi taʼlimda oʻqing!
👍2
⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Aziz abiturientlar va ularning ota onalari!
Nurli Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan tabriklarimizni qabul qiling!🌙

Sizga o’qishingizda omadlar va oldingizga qo’ygan barcha maqsadlarga erishishingizni tilab qolamiz. Bu kun orzularingiz ro’yobi uchun kuch bag’ishlashida tilakdoshmiz 💫

Hurmat bilan, Studyfree consulting jamoasi
2
Forwarded from Grantlar.uz
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍1
📌 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari

◼️Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.

📋 Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

📆 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.
Salom, Abituriyent do'stim!

❗️Bugun siz bilan jiddiyroq mavzuda gaplashmoqchiman. Ya'ni o'qishga kirish oliy maqsadingiz bo'lmasligi kerakligi haqida.

❗️ Iltimos, meni diqqat bilan o'qing, tinglang, his qiling. Bir narsani aytishim kerakki, men ham abituriyentlik davrimda sizdek bo'lganman va hech kim menga bularni aytmagan.

O'qishga kirish sizning asosiy maqsadingiz emas, maqsad yo'lidagi bir qadam bo'lishi kerak. Masalan, siz judayam kuchli shifokor bo'lmoqchisiz, o'qishga kirish buning vositasi. Yoki bo'lmasam siz buyuk o'qituvchi bo'lib bolalarga dars bermoqchisiz, o'qishga kirish — vosita. Xuddi shu kabi.

Bularni nega sizga aytyapman. Har birimizning ichimizda bir buyuk inson yashaydi. Har birimizning buyuk ishlarni amalga oshirgulik potensialimiz bor. Lekin biz maqsadlarni kichik qo'yamiz va... sinib qolamiz.

⚠️ Faraz qiling, o'qishga kirish sizning eng asosiy maqsadingiz. Kirdingiz, keyin-chi? Bo'm-bo'sh bo'lib qolasiz. Kirolmadingiz, keyin-chi? Sinasiz!

🔓 Agar o'qishga kirishga bir vosita sifatida qarasangiz, qarshlaringiz teranlashadi, maqsadingiz aniqlashadi.

Orangizda Toshkentga o'qishga kirishni istovchilar ko'p bo'lsa kerak. Ko'p yillar ilgari men ham sizday edim. Va Toshkentga kelib angladimki, mashaqqatli kunlarim tugamagan, balki endi boshlangadi. Endi men o'zimning kuchliligimni isbotlashim, mana shu megapolisda kichik bo'lsa ham o'rnimni topishim kerak edi!

📌 Singlim, Toshkentga kelsangiz kliplardagidek chiroyli badavlat yigit sizni sevib qolmaydi, balki shunday bo'lar, lekin buning imkoni kam.

📌 Ukam, Toshkentda qandaydir biznes g'oya bilan bir yil ichida kuchayib ketolmaysiz. Balki shunday bo'lar, lekin bu amrimahol.

📎 Iltimos, maqsadni yuqori qo'ying. Hech kimdan hech nima kutmang. Chiroyli shahzoda sizni sevib qolib, 2-kursda turmushga chiqib ketishni xayol qilmang, biznes boshlab 4-kursgacha uy va mashina sotib olishni xayol qilmang. Maqsad qo'ying, faqat u real va samimiy bo'lsin.

💫 Endi boring, sizni buyuk ishlar kutyapti! Agar bunga o'zingiz ishonsangiz!
👍4🔥1👏1
Qabul boshlandi!

Dunyoning 3-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2023-yil 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.
👍1
Forwarded from Shavkat Ahralov (Shavkat Ahralov)
Yutqazdim deb o'ylaganingda shu so'zlar senga taskin bo'lsin.

Do'stim, aslo ortingga o'girilma.
Oxiri nima bo'ladi, deb ichingni kemirmasdan, o'zingni tinimsiz aybdor xis qilmasdan, hech to'xtamay oldinga yur.

Sen o'ylasang ham, o'ylamasang ham, yashagan hayoting shu yerda tugaydi. Va shu nuqtadan yana yangisi boshlanadi.
Ortda qolgan umringning bir soniyasini o'zgartira olasanmi?!
Yo'q, biroq endi yashaydiganlaringni go'zalashtirishing mumkun.

Bir gapimni ikkala qulog'ingga ham qo'rg'oshindek quyib ol. Hamma narsaga ruxsat berish mumkun,lekin umidsizlikka emas.

"Sen allohga ishon" umidlar hech kutmagan vaqtingda gullaydi.
👍1🔥1👏1
SAT imtihoni: Nima? Qayerda? Qachon? Qanday?

Maqolada tanishasiz:
– SAT nima?
– SAT qanday imkoniyatlar beradi?
– Qanday va qayerda tayyorlanish mumkin?
– Oʻzbekistonda SAT imtihonini qayerda topshirish mumkin?
– Imtihon topshirish narxi qancha?
– Imtihonga qanday roʻyxatdan oʻtaman?

👉 Batafsil ma'lumot
👍1
Nodavlat OTM yopilsa uning talabalari boshqa oliygohlarga koʻchiriladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.
“Avval test, so‘ng tanlov” — endi test topshirilib, keyin OTM tanlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.
⚡️ Rasman: Ta’lim krediti xususiy universitet talabalari uchun ham beriladi

📌 To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

Kredit olish imkoniga kimlar ega?

Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

📄Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.
“Perevod” bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tgan yilgi o’tish ballari bilan deyarli farq yo’q. Faqat 2 ta yo’nalishda o’zgarish bo’lgan:

Veterinariya — 60 ball (o’tgan yili 80 ball edi);
Transport xizmati — 104 ball (o’tgan yili 94 ball edi).

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

O’qishni ko’chirishda o’tish ballarini o’tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o’tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo’lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo’lsa kerak.
StudyFree Consulting - Sizni Buxoro shahrida joylashgan
“Osiyo Xalqaro Universiteti”ga o’qishga taklif etadi.

Kunduzgi va Sirtqi ta’lim turi mavjud.
• Kunduzgi - 17mln so’m
• Sirtqi - 13mln so’m

•Pedagogika va Psixologiya
•Boshlang’ich ta’lim
•Maktabgacha ta’lim
•Tarix
•Informatika va Matematika
•Tillar va Filologiya(ingiliz tili)
•O’zbek tili va Adabiyot
•Iqtisodiyot
•Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
•Bank ishi va Audit
•Kompyuter injineringi
•Axbarot xavfsizligi
•Multimediya texnologiyalari

Bizga murojat qiling va talabalar safiga imtixonsiz qo’shiling.

☎️+998936052999
☎️+998973290136
☎️+998946422131
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul

🔰 Quyidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlaridan oldin dastlabki imtihon mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur OTMlar tomonidan o‘tkaziladigan dastlabki imtihondan o‘tishlari lozim:

👉 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

👉 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 358-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari.

Dastlabki imtihon uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish quyidagi saytlar orqali amalga oshirilmoqda va 5-iyul kuni yakunlanadi:

🔹 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — admission.uwed.uz

🔹 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi — admission.iiau.uz

👨🏻‍💻 Dastlabki imtihondan o‘tmagan abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali mazkur OTMlarni (tegishli yo‘nalishlarni) tanlay olmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/07/09 00:36:47
Back to Top
HTML Embed Code: