Telegram Web Link
Ta'lim - savollaringizni mutaxassislarga yo‘llang
Shanba kuni Klara Muslimovadan
Yakshanba kuni Komil Jalilov bilan
video siuxbatni yozib, taqdim qilish rejada bor.
Ta'limga oid savollaringizni izohlarda qoldiring.👇
👍17🔥3👎1
🚨 PREMERA "Tarix emas, bizga yangi ketmon kerak!" degan e'tirozlarga javob. Bugun soat 19:00 Toshkent vaqtida.

https://youtu.be/SSbkmAODCJ8

@Subnazar
👍19🔥2😁1
NEOJADIDLIK HAQIDA 7 SAVOL

Nashr qilinmagan intervyu

O‘tgan oyi bir nashriyotdan Neojadidlikka oid savollarga javob berishni so‘rab, murojaat qilishdi. Men savollarni olib, imkon boricha qisqaroq qilib javoblarimni yo‘lladim. Kecha maqola nashrning bu sonida chiqmasligini aytib, matnni “engillashtirib” berishni so‘rashibti.
Nashriyot nomini aytmay, javoblarni kanalimda berishga qaror qildim.
______
Assalomu alaykum. Avvalambor intervyu savollari uchun ko‘pdan ko‘p tashakkur. Javoblarga o‘taman.

1. Neojadid kimlar va ularni dasturlari nimalardan iborat?

Neojadidlar kimlar? Neojadidlar, O‘zbekistondagi mavjud muammolarga yechim topish maqsadida vujudga kelgan fikriy harakatning vakillaridir. Bu harakat, jamiyat va fuqarolik huquqlarini himoya qilishga, siyosiy va ijtimoiy institutlarni mustahkamlashga urg‘u beradi.

Neojadidlik dasturiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
- Tahakkumsizlik (non-domination): Jamiyat hukmronligi tarafdorlari sifatida, neojadidlar qonun-qoidalarni ishlab chiqish va siyosiy faoliyatda hech qaysi bir shaxs yoki guruhning tahakkumiga yo‘l qo‘ymaslik asosida respublikachilik mohiyatini tiklashga maqsad qilganlar.

- Huquq Ustuvorligi: Neojadidlar, sudlov, har qanday kuch ishlatishning qonunchilikka va huquq tamoyillariga asoslanishini talab qiladi va huquqiy tizimning tahakkumni jilovlashga qodirligini ustuvor qo‘yadi. Bunda birinchi navbatda "huquq ustivorligi" tushunchasiga e’tibor qaratish lozim: neojadidlar har qanday qonun, qaror, hukmning asosida insonning fundamental huquqlari ustivorligi tamoyili bo‘lishi shart, degan g‘oyani ilgari surishadi.

- Jamoatchilik Nazorati: Neojadidlar, mansabdorlarning jamoatchilik nazorati ostida bo‘lishiga urg‘u beradi. Bu orqali fuqarolarni boshqa fuqarolar yoki guruhlar tahakkumidan samarali himoya qilish mumkin.

- Konstitusionalizm: Neojadidlar, hokimiyatning yakka shaxs yoki yagona guruh qo‘lida to‘planmasligi va zamonaviy konstitusionalizmni targ‘ib qiladi. Har qanday konstitutsiyaning birlamchi maqsadi - hokimiyatlarning bo‘linishi, o‘zaro tiyib turishi va nazorati mexanizmlari orqali insonni davlat tiraniyasidan himoya qilishdir.

- Fuqaroviy Fazilatlar: Neojadidlar, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yadigan fazilatlarni targ‘ib qiladi. Bunda fuqarolarning siyosiy faolligi va jamiyatdagi ishtiroki muhim hisoblanadi.

Neojadidlar jadidlar kabi ta’limga urg‘u beradilar. Bunda yangilangan ta’lim tizimi nafaqat aniq, tabiiy va gumanitar-badiiy fanlarda ilg‘or uslublar qo‘llanilishi, balki o‘z fuqaroviy huquqlarini anglagan, siyosiy tafakkurli, mas’uliyatli vatandoshni yetishtirishga qaratilgan ta’lim tizimga urg‘u beradi. >>>
👍7🔥41
2. Bizda qachondan Neojadidchilik paydo bo’la boshladi va ular paydo bo’lishiga sabablar nimada bo’ldi?

Neojadidchilik ildizi jadidchilikda. Jadidchilik Markaziy Osiyoda, ayniqsa 1860-yillardagi rus bosqinidan keyingi davrda, musulmon ziyolilari tomonidan boshlangan. Bu harakatning asosiy maqsadi jamiyatni modernizatsiyalash va madaniyatni rivojlantirish edi. Jadidlar islomiy tasavvurlarni isloh qilish va “haqiqiy” islomning taraqqiyotga chorlovchi mohiyatini targ‘ib qilganlar. 1917-yildagi Bolshevik inqilobidan keyin jadidlarning qarashlari murakkablashdi va radikallashdi. Endi ularning dasturida o‘zbek siyosiy millatini yaratish va modernizatsiyalash birinchi o‘ringa chiqdi. Bu o‘zgarishlar jamiyatda modernizatsiya va milliy o‘zlikni anglashga urg‘u berdi va bunga madaniy poydevorni hosil berdi. Stalin hukmronligi davridan boshlab jadidlik ilgari surgan siyosiy millat g‘oyasi butkul taqiqlandi.

Sovet ittifoqi tarqalgach, postkolonial mustaqil O‘zbekiston aholisi o‘zi haqida suveren millat sifatida tasavvur hosil qilishga kirishdi. Mana shu tasavvurni g‘oyaviy, huquqiy va amaliy ifodasini barpo qilish maqsadida Neojadidlik harakatiga zarurat tug‘ildi. Jadidlar boshlagan ishni yangi sharoitlarda davom etish Neojadidlar maslagining mohiyatidir.

Nazarimizdagi Neojadidlikning tarixiy boshlanish nuqtasi bu Sardor Salimning “Vatandosh” gazetasining 33-sonida, 2014-yil, yanvarning 14-kuni “Neo-jadidlar kim?” nomli maqolasining nashr etilishi deb hisoblayman. Ushbu maqolada sovet modelidan voz kechgan o‘zbek jamiyatini modernizatsiyalashda qanday mafkuraviy maslak tutishi lozimligi haqidagi savol o‘rtaga tashlangan. Fikrimcha, bu Neojadidlik mavzusida birinchi konseptual maqola bo‘lsa kerak. >>>
👍7🔥2
3. Neojadidlarni hozirgi kundagi vazifasi nimalardan iborat?

“Uyqudagilarni uyg‘otish uyg‘onganlar burchi” degan jadidlarning tamoyiliga binoan, bugungi neojadidlarning vazifasi O‘zbekiston jamiyati vakillaring tafakkurini uyg‘otishki, barcha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar negizi aynan O‘zbekistonning chin ma’nodagi Respublika mohiyatini o‘zlashtirmagani, zaruriy transformatsiyani ta’minlaydigan fuqarolar hamjamiyatining shakllanmaganligi, bunga g‘oyaviy va dasturiy bazaning yetishmayotganini anglashga chorlaydi. Muammo ildizi bilan anglangach, jadal ravishda ma’rifiy va siyosiy harakatlar bilan jamiyatning barcha tabaqalarida va muassasalarida amaliy o‘zgarishlar, islohotlar yuritilishiga imkon paydo bo‘ladi. Demak, bugungi dolzarb mavzu jamiyatda siyosiy subyekt sifatida ma’rifiy ongi shakllangan mas’uliyatli fuqaro/vatandoshlarning yetilishi uchun zaruriy shart-sharoitlar ustida ishlashdir.

Bunga maqolalar, tarjimalar, podkastlar, intervyular va boshqa axborot voistalaridan keng foydalaniladi.

4. Nima deb o’ylaysiz, neojadid so’zidan foidalanish qanchalik to’g’ri, sababi jadidlarimizning aksariyati qatl qilingan yoki qamalgan. Bu holat kelajakda nejadidlar orasida millatchilikka kayfiyatini olib kelmaydimi?

Jadidlik bu ma’lum davrda sodir bo‘lgan tarixiy kompleks fenomen, hodisa. Uning o‘z kontekstidagi omillari va hodisalar tarixiga ega. Hozirgi kundagi kontekst jadidlarnikidan ma’lum farqqa ega. Shuning uchun biz ilgari surayotgan harakatni jadidlik deb nomlamaymiz, uni o‘z tarixiy kontekstida qoldiramiz. Shu bilan birga ularning yangi zamon davomchilari o‘laroq yangi kontekst sharoitga monand harakatni neojadidlik deb ataymiz. Bu yerdagi “neo” aynan jadidlarnikidan farqlanadigan shart sharoitlar, vazifalardagi o‘zgachalikka ishora.

Bu holat kelajakda nejadidlar orasida millatchilikka kayfiyatini olib kelmaydimi?

Savolingizda millatchilikning salbiy ma’nosi bilan cheklanish bordek. Aslida ijobiy ma’nodagi millatchilik bu siyosiy millatchilikdir, u ijtimomiy tarmoqlarda hozir millliYATchilik deb nomlanyapti. Bu qarashga ko‘ra biron millatning boshqa o‘zbekistonlik etnoslardan ustuvorlikni nazarda tutmaydi.

Aksincha, o‘zbeklar va boshqa etnos va madaniyat vakillari Vatanning fuqarolari sifatida teng huquqli subyektlar deb qaraladi. Neojadidlik salbiy ma’nodagi millatchilikni, irqchilikni rad etadi. Siyosiy millat bu o‘zining siyosiy subyektligini, umum manfaatlarini, individual huquqlarini anglagan fuqarolar (vatandoshlar) hamjamiyatidir.

Savolingizda “sababi jadidlar qamalgan yo otilgan” degan joyi bor. Uning savoladagi o‘rnini tushunmadim. Nima bo‘lganda ham jadidlar qoldirgan poydevor tirik. Bu poydevor: zamonaviylashgan o‘zbek tili, o‘zbek davlatchiligi asoslari, yangi madaniy shuur, adabiyot va san’at uslubiyatlari va hokazo. Albatta bu yana-da zamonaviylashishga muxtoj, buni davom etish mumkin. Leking eng qiyin boshlang‘ich bosqilarini jadidar biz uchun hayotlarini tikib o‘tib berishgan. Ularning qatl etilgani ularning g‘alabalarini yo‘qqa chiqarmaydi. Qattol-jallod bolshevik maslagi esa tarixiy chiqitga aylandi. >>>
👍5🔥1
5. Bazi-bazida ijtimoiy tarmoqlar orqali jadidchilarni asarlari tanqid qilinayapti, ular ochgan va gazeta jurnallar mamlakatni yug’otish uchun ochilgani emas, shunchaki obuna yo’qligi sababli yopilgani haqida aytishayapti. Bu kabi narsalar endi jamiyatda shakillanib kelayotgan neojadidchilik g’oyasiga putur yetkazib qo’ymaydimi?

Jadidlarning asarlariga nisbatan yozilgan jiddiy tanqidni uchratmadim. Bo‘lsa ulashing, tanishib chiqamiz. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan bosmaxonalari, nashriyotlari, maktablari, loyihalarining tinmay ochilib yopilishiga turli sabablar bo‘lgan. Birinchi kashshoflar eng og‘ir to‘siqlarga duchor bo‘ladilar. Ularni aholi va hukmron doirlarning tushumasliklari, keskin qarshiliklari tabiiy hol. Lekin jadidlar to‘siqlarga qaramay davom etaverishdi. “Mag‘lubiyatdan mag‘lubiyatga g‘alaba sari” degandek harakatlarning kritik massasi gigant natijalarni keltirib chiqardi. Bu yutuqlarni men yuqorida sanab o‘tdim. Jadidchilarni qandaydir omadsiz qilib ta’riflash ba’zi giper-tanqidchilik kasaliga duchor bo‘lganlar va ularga havaskorlik qilgan yoshlarda kuzatilyapti. Bu ham tabiiy jarayon. Yo‘q, bu neojadidlikka salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Chunki neojadidlar tarixdan bexabar blogerparast ko‘rmuridlar emas. Bu haqda so‘rayotgan yoshlarga aytamiz: tarixiy manbalarni o‘qing, tahlil qiling, tafakkur qiling. Men eng ko‘p tavsiya qiladigan kitob bu Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi”ni, Begali Qosimovning “Milliy Istiqlol”ini, siyosiy tafakkurni charxlaydigan Mustafo Cho‘qay o‘g‘lining bizda “Istiqlol jallodlari” nomi ostida nashr qilingan 1917-yil xotiralarini o‘qishni tavsiya qilaman. Va bu mavzuda boshqa tadqiqotchilarimizning materiallari bisyor. Topishsin, o‘qishsin! >>>
👍5🔥2
6. Bilamizki, jadidlarni dushmanlari aniq edi, hozirda Neojadidlarni kimlar va nimalar dushmani deb bilasiz?

Jadidlarda bo‘lgan neojadidlarni ekzistensial yo‘q qilishga oshiq bo‘lgan dushmanlari mavjud emas, deb o‘ylayman. Balki bu hozircha shundaydir. Men hozirgi qarshi chiqayotganlarni dushman emas balki opponent deb atagan bo‘lardim. Ammo shunda ham, afsuski, bu raqiblik informasion urush shaklida ba’zan ro‘y berdi. Ya’ni neojadidlikka oid Sardor Salimning va mening matnlarimizga nisbatan deyarli predmetli tanqid bo‘lgani yo‘q. Asosan umumiy qarash-mazmunidan uzilgan so‘zlarga nisbatan hujumlar bo‘ldi ko‘proq. Istisno sifatida Hurshid Yo‘ldoshning o‘rinli tanqidini aytish mumkin, va bunga nisbatan biz javobimizni bildirganmiz. Boshqa salbiy munosabatlarning aksari neojadidlik haqida xato va noto‘liq tasavvurlar sababidan kelib chiqyapti. Vaqt o‘tishi bilan, xolis yondashib batafsilroq qaraganlarda fikrlari o‘zgarganini kuzatdik. Shuning uchun har qanday salbiy munosabat bildirganni avtomatik dushmanga chiqarmaymiz. Ayrim holatda o‘ta hunuk suvratda tuhmatlar, haqoratlar ham bo‘ldi, lekin bu ko‘proq o‘sha shaxslarning psixik holatidan deb bilaman, jiddiy g‘oyaviy e’tirozidan emas.

Biroq bu bilan Neojadidlikning dushmani yo‘q degani emas. Asosiy dushmanimiz o‘zimizdagi, bunda men butun jamiyat va o‘zimizni ham qo‘shyapman, odatiy fikriy qoliplardir. Bu fikriy qoliplar vaziyatga va imkoniyatlarga nisbatan yangicha, unumli nazar solishdan to‘sadi. Odatiy fikriy qoliplar bir tarafdan o‘tmishning qoloqlik hurofotlari, kolonial siyosat va postsovet davridagi mustabid siyosatning oqibatlari natijasida shakllangan. Zararli fikr qoliplarni parchalash uchun katta ishlar qilish kerak bo‘ladi. Neojadidlikning ma’rifiy harakati aynan mana shu muammo bilan ishlaydi.>>>
👍6🔥2
7. O’zbek segmenti “Neojadidlik” g’oysiga qanday qarashayaptimi, qaysi yosh chegarasidagi insonlar bunga ijobiy qaysi yoshdagilar bu g’oyani salbiy qarashmoqda?

Salbiy qarashlar haqida yuqorida aytdim. Avlod kesimi bo‘yicha faqat o‘z kuzatuvimdan kelib chiqqan holda ayta olaman. Yoshi kattaroqlar tarafidan befarqlik seziladi, ammo ularning orasidagi butun hayoti davomida millat g‘amida bo‘lgan shaxslar tarafidan qo‘llovlarini munosabatlarida kuzatdim.

O‘qimishlilikka xos yoshlar o‘z munosabatlarida albatta ancha jonliroq ko‘rinadilar. Salbiy munosabat bo‘lsa e’tirozlar, savollar dadil aytiladi. Ijobiy yondashganlar tarafidan esa o‘z yordamlarini berishga tayyor ekanliklarini ifoda qilishyapti. Asosiy to‘siq, o‘ylashimcha, bu “respublikachilik/jumhuriyatchilik”, “tahakkumisizlik” va “siyosiy millat” kabi tushunchalar g‘ayri va murakkab bo‘lib ko‘rinishidir. Lekin bular yangicha zamonaviy tafakkur uchun zarur. Shu sabali murakkabroq g‘oyalardan qo‘rqmaslikka, ularni o‘rganishga chaqiramiz. Bu bilim va tafakkurni yana-da boyitadi.

Intervyu tugadi.
👍10🔥2
🔰🚨💀 "Ta’lim hayot yo o‘lim masalasi" deyilganda, hech qanday mubolag‘a qilinmagan. Aslida shunday.
Ta’limda najot.

Ammo bugun Ta’limni muammolar iskanjasidan kim qutqaradi? Qutqarish uchun nima qilinishi kerak? Vatandoshlar, mutaxassislar, amaldorlar qanday harakat qilishlari kerakki, ta’limning hozirgi og‘riqli muammolarni yenga olish va istiqbol uchun ishlaydigan tizimni bunyod qilish mumkin bo‘lsin?

Shu mavzuda ta’lim bo‘yicha mutaxassis Komil Jalilov bilan suxbatlashdik.
Ko‘ring, fikrlang, fikringizni ayting. Video bilan boshqalarga ulashing.

https://youtu.be/KbuzxflUGi8
👍13🔥61
Bir ishni o‘ta muhim deb bilsang, va shu bilan birga, u o‘ta mashaqqatli bo‘lsa, ko‘p resrusrlarni talab qilsa, uni aynan qiyinligi uchun tark etma. “Muhimmi, demak qilish kerak”, de. Va uni eng oson yo‘l bilan qila boshla. Ya’ni, o‘sha muhim ishga bog‘liq sodda ishlarni topib, birma bir bajaraver. Bu eng qarshligi oz yo‘nalish bo‘yicha harakat qilish deyiladi. Qarabsanki, qiyini osonlashib boraveradi.
👍43🔥81
Jamshid Muslimov pinned «https://www.tg-me.com/subnazar/1121»
Белгия Бош Вазири Петра Шуттер: Биз Фаластин ҳалқига қарши қилинган геноцид ва инсониятга қарши жиноятларга жим қараб турмасдан Жанубий Африка каби жиноятчиларни ҳалқаро судга тортиш учун харакат бошлашимиз шарт!!!

Белгия ЕвроИттифоқ ни маркази ҳисобланади. Бу каби чақириқлар Ирландия, Испания ва Португалия томонидан хам айтилмоқда.
👍37🔥10👎1
2025/10/27 13:55:05
Back to Top
HTML Embed Code: