Telegram Web Link
#Bir_siqim_xotira

"MEN HAM OSHIQMANMI YOKI, SUHROBJI..."

Mansur aka haqida yozganda doim o‘zi qarshimda turgandek, yozganlarimni o‘qib "Xudo yarlaqasin sizni, qarindosh" deb turgandek bo‘laveradi. Shu sabab o‘tganlaridan keyin ular haqda nimadir qoralashga qo‘lim bormadi, bormadi...

"Izlam" turkumidagi kitoblarni varaqlab shu parchaga ko‘zim tushdi:

"Yoshlardan, o‘zimning do‘stlarimdan, havas qiladigan tomonlar topa olaman. Deylik, Mansur Jumayevning adabiy bilimiga havas qilaman. Diniy, mumtoz bilimlarim kemtikligini sezib turaman va ular but bo‘lganida ayrim she’rlarni yozmasligim mumkinligini, ayrim xatolarni qilmasligim mumkinligini o‘ylayman..."

Gulrang Ubayeva, "Gulqaychi"
(Suhrob Ziyo bilan suhbat).
O‘z so‘zini Hofizning, Fuzuliyning, Navoiyning so‘zi bilan o‘lchaydigan katta qalbni tengqurlar orasida boshqa hech kimda ko‘rmadim.

Endi "o‘chirilgan akkaunt"lardan suhbatlarni izlab topib, o‘zi bilan suhbatlashgandek ovunishdan boshqa choramiz yo‘q. Endi u lutf, u mutoyiba, u hikmat, u samimiyat faqat o‘sha "o‘chirilgan akkaunt"larda qoldi...

— Kechga Xurshid ila o'tsak makoningiz taraflarga...

—Makonim bo‘lipti Xiyobon orasi,
Menman Adiblarning asli-sarasi,
Men ham oshiqmanmi yoki, Suhrobji?


@suhrob_ziyo1
4👍2
20 февраль — Шоир ва мутасаввуф олим устоз Мирзо Кенжабек туғилган кун!


МИРЗО КЕНЖАБЕКНИНГ “ЁШЛАРГА ДИЛ СЎЗЛАРИМ” КИТОБИ ҲАҚИДА

...Бугун ёшлар шеъриятида тасаввуфий истилоҳларни қўллаш “мода”га кирган. Гўёки, шу сўзлар бўлса, шеър ҳам, шоир ҳам бир даража юксалгандай бўлади. Aммо билиб-билмай уларни ҳар ерга қўшиб кетавериш шоирнинг шошқалоқлиги ва билимсизлигини тезда кўрсатиб қўяди. Лекин бирор устоз адиб ёки олим уларни бу ишдан қайтаришга ҳаракат қилмайди.

Устоз Мирзо Кенжабек ана шу кемтикликни тўлдиришни мақсад қилади. Минг йилларча тарихга эга ўзбек адабиёти ёшлари ХХI асрга келиб бундай хатоларга йўл қўйиши уятли ҳол.

Рисолада тасаввуфий масалалар, мажоз адабиётининг ўзига хос жиҳатлари ижодкор тили билан тушунтирилади. Тўғри ўлчов олиш, энг муқаддас мавзуларда янглиш сўз айтиб қўймаслик учун муаллиф бир қанча маънавий манбаларни тавсия қилади. Тавсия этиб қолмасдан, буларни билмаслик маънавий қашшоқлик белгиси, дея қатъий таъкидлайди...

Суҳроб ЗИЁ

▶️Тўлиқ ўқиш учун

@suhrob_ziyo1
🔥3👍2🙏1
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
Истеъдод барча замонларда жасоратдир

Шундай даврлар бўладики, миллат ҳақиқатга кўпроқ муҳтожлик сезади. Ҳақиқат бўғилаётган чоғларда одамлар уни адабиётдан излай бошлайди. Шунда ижод кураш майдонига, ижодкор жангчига айланади.

Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3529

Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3530

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
👍3🔥3
Ukraina

Hammasini ko'rib turibman, dunyo,
Barcha qabihlikka yetadi fahmim.
Qurbon bo'lganlarga achindim, ammo
Tiriklarga ko'proq keladi rahmim.

Molotov kokteyli kabi otilgan
Nafrat qutqaradi dilni hadikdan.
Xaloskor maqomin olgan qotil va
Ozodlik niqobin kiygan qullikdan.

Erk kurashni istar, zulm - uyquni!
Ikkisin hech zamon teng qib bo'lmaydi.
Qudratli lashkarni yengish mumkin-u,
Qudratli millatni yengib bo'lmaydi.

Zolimni alqagan g'ofillar esa
Istayman uyqudan uyg'onishini.
Har urush isbotlar, bir mushkul kelsa
Vatandan eng avval kim tonishini!

Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1
🔥9
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 "Qaqnus" – Mansur Jumayev xotirasiga bag‘ishlanadi

📚 Adabiyot osmonida porlagan yulduz…
✍️ Ijodiy meros, unutilmas satrlar va yuraklarni larzaga soluvchi xotiralar.

🕘 Bugun 21:00 da "Qaqnus"ni tomosha qiling!

#Qaqnus #Anons

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.⬇️

🎥Instagram|🟦Facebook
☎️ Telegram  |🟥YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Ziyokhonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Insonga doim nimadir kam…

Xulosa o‘zingizdan
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Suhrob Ziyo, "Ulkan xayollar" (she’r)

🎬 "Izlam-2" taqdimotidan

📚 @akademnashr
3👏2👍1
Ramazon to‘rtliklari

***
Dunyo jilvalari ko‘zing kuydirar.
Umr bo‘yi nafsing xirmon uydirar.
Yopmasang, to‘ymaydi og‘iz ham, ko‘z ham,
Oxiri baribir tuproq to‘ydirar.

***
Hamon bizni chorlar masjidlarimiz.
Hamon nafsdan kelar tahdidlarimiz.
Hamon Ramazonda bazmlar qilib,
Juma payt boshlanar majlislarimiz.

***
Qalbingni bir bora taqdirladingmi?
Umringni xatodan tahrirladingmi?
Shaytonlarga zanjir solganda Alloh,
Ey banda, nafsingni zanjirladingmi?

Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1
16👍3👏3
БУЮК КЎЧИШЛАР

Ҳали ал-Мисоқ ҳам келмасдан бурун,
Қирқ йиллик ёмғирлар ёғмасдан қадим,
Ҳали Арш тоқида топмасдан ўрин,
Лойимга кўчирди руҳимни Раҳим.

Сўнг маълум: бузилди муқаддас тақиқ,
Бўғзимдан гуноҳни тупурдим ўқчиб.
Сендан, эй, хаёллар ичра энг ақиқ,
Энг олий ҳукмга бўйсуниб кўчдим.

Ва шундан бошланди бу эски сафар,
Гоҳ отда, гоҳида пиёда кўчдим.
Қадардан қадарга, то қадар қадар
Ҳаддан ортиқ кўчдим, зиёда кўчдим.

Қазода бўғиздан кўчган унман мен,
Раҳмдан узилган чинқироқ сасман.
Тўфонда кемага кўчган Нуҳман мен,
Кемадан заминга кўчган Ёфасман.

Мен ўша Мусонинг кўчманчи халқи,
Малъунлар фитнаси қадар қадимман.
Мен ўша набийсин чормихга танғиб,
Ҳақдан ботил сари кўчган қавмман.

Бутлардан бутларга кўчдим "худо" деб,
Покландим пок зотнинг фитратларидан.
Буроқда кўчдим гоҳ Ҳақ сари "Ё..." деб,
Мадинага кўчдим ҳижратларида.

Бир бўлиб,
юз бўлиб,
минг бўлиб кўчдим,
Ҳинду бўлиб кўчдим,
Хун бўлиб кўчдим.
Кўчманчи қонимга бўяб тупроқни
Тонг бўлиб, кун бўлиб, тун бўлиб кўчдим.

Туғлар-у яловлар тутди кўчкилар,
Қанча наслларни ютди кўчкилар.
Кўчкилар кўчкилар билан бирлашиб,
Қонлардан қонларга ўтди кўчкилар...

...Кўчгулик ҳолим ҳам қолмади қолмади охир.
Бу дайди руҳимдан тонарман доғи.
Имиллар, тобора қадами оғир
Буюк сарсонликнинг майда урвоғи.

Ва ҳануз елкамда чориғи азал.
Эски кўчкиларга ғариб тақлидан
Мамлакатлар бўйлаб кўчарман бу гал
Муҳожир шаклида, сайёҳ шаклида.

Қишлоқдан шаҳарга кўчарман тўп-тўп,
Тириклик кўчирар ҳар кун минг кўйга.
Ишдан ишга кўчдим,
яна кўчдим кўп
Ижара уйлардан ижара уйга.

Совиган қаҳводай кунлар фараҳсиз,
Уларни эриниб ҳўпларман ман-о.
Ғафлатга кўчдим мен – нурсиз, шарафсиз...
Гуноҳдан гуноҳга кўчдим, Раббано!

Дилдан дилга кўчган қадр, хайр-хўш,
Шеърдан шеърга кўчган ҳислар, алвидо.
Муқим қоладиган ниманг бордир, хўш,
Эй, менинг кўзимдан кўчкинчи дунё?!

Бу майда сафарлар қачон қарийди?
Ҳеч бири арзимас ёниб-ўчишга.
Руҳим, армонларинг у кун арийди,
Руҳим, тайёрмисан Буюк кўчишга?!

Суҳроб ЗИЁ

2024

@suhrob_ziyo1
👍82🔥2
Eʼlon

16-mart kuni soat 13:00 da
Qaqnus koʻrsatuvining

Izlam ruknidagi kitoblar mualliflariga bagʻishlangan soni yozib olinadi.

Koʻrsatuvga tomoshabin sifatida qatnashish uchun @Nurmuhammad_Abduzoirov ga pasport maʼlumotlaringizni yuborib, roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.

Qani, bir mazza qilib sheʼrlashaylik...

@Qaqnus_klub
🔥1
Biroz avval kanalda bir soat toʻxtamay she'r oʻqidim. Barcha she'rlar muallifi Suhrob Ziyo. Charchoq sabab toʻxtatishga majbur boʻldim. Balki yana shunday tashkillarmiz. Har holda kanal tarixidagi ilk ovozli chat boʻldi.

@Mirahmedovas_blog
👍5❤‍🔥3👏1🕊1😇1
***

Vatanga tomirday tortib turar yo‘l,
Kenglik tugamaydi, cho‘l tugamaydi.
Kun o‘tar,
oy o‘tar,
o‘tib ketar yil,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Jizzaxda dovon-u adir tugaydi,
Samarqand noniday qadr tugaydi,
Toqatlar tugaydi,
sabr tugaydi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Tugar tirikchilik mashmashalari,
Tugar erka qizning xarxashalari,
Tugar yig‘ilar-u qahqahalar-u,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Tugamas manzilsiz yurakning ohi,
Tugamas bir so‘zga intiq nigohi,
Ulovda yonilg‘i tugaydi gohi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Muddati tugaydi hamalning, hutning,
Mevasi tugaydi o‘rikning, tutning,
G‘aznasi tugaydi katta bir yurtning,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

To yo‘lda ekansan,
tugamas huzun,
Umr — to‘rt misra she'r o‘qishlik bir zum,
Haqqa eltadigan yo‘l kabi uzun
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
👍71🔥1
Наврўз ўзбек шеъриятида ҳар доим куй­ланган, бундан кейин ҳам куйланади. Нав­рўз деган сўз, унга тошлар отилганида ҳам шеъриятда яшаб қолган, худди халқ қалбию руҳида яшаганидек. Чунки шеърият ҳам миллат қалбининг кўзгусидир.
Наврўз — ҳурлик!
Наврўз — меҳнат, кураш, жасорат!
Наврўз — миллатнинг ўзлиги!
Наврўз — гўзаллик!
Наврўз — илҳом!
Наврўз — ҳаёт!
Наврўз — оламнинг ва инсоннинг уйғо­ниши!
Наврўз — юз йиллик ўзбек шеъриятида
шундай!


Суҳроб ЗИЁ.

@suhrob_ziyo1
👍42
***
Aytsam, so‘z tugamaydi,
Kelsam, yo‘l oxiri yo‘q.
Qaytsam, dil unamaydi,
Ichsam, g‘am chog‘iri yo‘q.

Bitsam, yarim ko‘ngilning
Kemtiklari bitmaydi.
Ketsam, o‘zim ketarman,
Ko'nglim undan ketmaydi.

Qolsam, ohim simillar,
Borsam, birov yov deydi.
Kulsam, yoshim jimillar,
O‘lsam, o‘lim g‘ov deydi.

Yonsam, muzlar chirsillar,
Kuysam, kuydim jonimdan.
Gulga boshim eggandim,
Itlar o‘tdi yonimdan.

Unsam, kuzak chaqirgay,
So‘lsam, bahor jilmaydi.
Qorlar yog‘di yurakka,
Nigohlarim bilmaydi.

Ayting, qancha qonun bor
Bu savdoning yo‘lida?
O‘zi bitta jonim bor,
U ham Xudo qo‘lida.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
👍11👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#хотира

Бугун, Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев таваллуд куни.

Ўзбекистон Қаҳрамони, халқ шоири Абдулла Орипов дўсти, Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев ҳақида хотираларини сўзлайди.

https://www.tg-me.com/qashqadaryo_adabiyoti
👍51
Forwarded from Farrux Jabborbek
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing 🙏

🗄Farrux Jabborbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🕊21
QUTLOV

Na bo‘lg‘ay yashashni sal oson qilsang,
Qil sig‘magan ko‘ngling
Shu’laga to‘lsin.
Har namoz orasin Ramazon bilsang,
Bir kunda besh hayit
Muborak bo‘lsin!

A’zam O‘ktam

@suhrob_ziyo1
👏8🕊4🙏2🔥1
Bu yildan "Yoshlik" jurnalining rasman obunachisiga aylangandim. Birinchi son qo‘lga tegdi🔥🔥🔥
🔥82
Qizimga

Daryo qizim, turonko‘z qizim,
Nigohlaring oppoq xarita.
Men ularga bir surat chizdim
Sen bilmagan dunyo haqida.

Unda hamma manzillar ayri,
Unda hamma yo‘llar chuqurli,
Unda hamma hammaga g‘ayri,
Unda hamma hammasi sirli.

Unda bitta Vatan bor,
unda...
sen bor,
men bor,
ayang bor,
xalq bor.
Ertaklar bor — ishonma bunga.
Shiorlar bor — hammasi yolg‘on...

Yo‘q, bu surat senga arzimas,
Hayf u jajji dudoqlaringga.
Shunga uni sidirib otdim,
Sening oppoq nigohlaringdan.

Daryojonim, tushungin meni,
Og‘ir olma dilchalaringga.
Bu Vatanni shu ahvolida
Tutgim kelmas qo‘lchalaringga.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
5👍5🕊5😢2
2025/07/09 20:37:20
Back to Top
HTML Embed Code: