Forwarded from soʻz!
Suhrob Ziyoning “Ulkan xayollar”idan bahraman boʻlishga nima deysiz?
https://youtu.be/bN5dahKrcks?si=DUmcdgLjzbq3Q48U
@soz_loyihasi
https://youtu.be/bN5dahKrcks?si=DUmcdgLjzbq3Q48U
@soz_loyihasi
YouTube
“Ulkan xayollar”. Suhrob Ziyo she’ri
ULKAN XAYOLLAR
Xoinlar millatni qilganda talosh,
Haqgo‘ylar zulmga bo‘lganda duchor.
Xolislar sukutga g‘arq bo‘lsa nochor,
Men xayol suraman.
Itlar ohularni talab tolmasa,
Ko‘rlar oydinlarni solsa zulmatga,
Jonimni tikolmay ulug‘ millatga,
Men xayol suraman.…
Xoinlar millatni qilganda talosh,
Haqgo‘ylar zulmga bo‘lganda duchor.
Xolislar sukutga g‘arq bo‘lsa nochor,
Men xayol suraman.
Itlar ohularni talab tolmasa,
Ko‘rlar oydinlarni solsa zulmatga,
Jonimni tikolmay ulug‘ millatga,
Men xayol suraman.…
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
I J O D I Y B A H S
HAKAMLAR:
1. Bahodir Karim
2. Shodiqul Hamro
3. Aziz Said
4. Behzod Fazliddin
ISHTIROKCHILAR
NASRda:
Shavkat Do'stmuhammad
Bahodir Turg'unov
NAZMda:
Nurmuhammad Abduzoir
Ahror Abdumannon
Layli Muzaffarzoda
Shohista Ergasheva
Mohigul Hasan qizi
Mahfuza Begaliyeva
(26-iyun kuni soat 17:00)
Manzil: Adiblar xiyoboni
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

BAYRAM MUBORAK, DO'STLAR!😊
______________________
*
Tinglaysan – naqadar shallaqi karnay,
Ochasan – ro‘znoma to‘ladir yolg‘on.
Shubha-yu gumonlar kelar paydar-pay,
Sharmandalik qilar oynayi jahon.
Ular so‘zga chechan – yolg‘on arzondir,
Puch gap og‘ir qilar yengil havoni.
Nahot bilmas, nahot shuncha nodondir,
Asli kimga aytish kerak sanoni.
Ko‘ngil nimadandir yorishar bir oz,
Tiniq torta boshlar tuman bosgan ong.
Yaxshiyam, buyruq-la qichqirmas xo‘roz,
Yaxshiyam, o‘zicha otaverar tong.
© Azam O‘ktam
______________________
*
Tinglaysan – naqadar shallaqi karnay,
Ochasan – ro‘znoma to‘ladir yolg‘on.
Shubha-yu gumonlar kelar paydar-pay,
Sharmandalik qilar oynayi jahon.
Ular so‘zga chechan – yolg‘on arzondir,
Puch gap og‘ir qilar yengil havoni.
Nahot bilmas, nahot shuncha nodondir,
Asli kimga aytish kerak sanoni.
Ko‘ngil nimadandir yorishar bir oz,
Tiniq torta boshlar tuman bosgan ong.
Yaxshiyam, buyruq-la qichqirmas xo‘roz,
Yaxshiyam, o‘zicha otaverar tong.
© Azam O‘ktam
"Kichik ishlar"
Hamid Sodiqning bir paytlar "Subyektiv"da aytgan "kichik, ammo sifatli ishlar" haqidagi fikrni doim xayolimdan o'tadi.
MTRKda tizimiga kirib kelganimga 1 yil bo'libdi. Hozir "Mahalla" telekanalida "Umr so'qmoqlari" telenovellasida muharrirman.
Oxirgi kunlarda telekanalga uyushtirilgan "heyt"lar fonida o'sha "kichik ishlar" haqida o'yladim. Shu yerda ham, misol uchun, adabiyotga xizmat qilish mumkin-ku. Shunday qilib, jamoamiz bilan har bir telenovellada uning mazmunidan kelib chiqib, badiiy adabiyot targ'ibotini olib boryapmiz.
Bu ba'zida 25-kadr ko'rinishida bo'lsa, ba'zan asar asosida telenovellalar olamiz. Masalan, "O'tkan kunlar" obrazlari asosida suratga olingan "Qodiriy aybdor" yoki Muhammad Yusuf she'ri asosida yaratilgan "Otauy" telenovellalari har holda yomon chiqmagan.
Faqat shuginami, dersiz. Cheklangan budjet bilan, atigi bir kunda tasvirga olinadigan kino formatidagi dastur uchun, insof bilan aytsa, bu yomon emas, shekilli. Siz nima deysiz?
Suhrob ZIYO
@suhrob_ziyo1

#eski_daftardan
QARSHI QARSHISIDA
Harorat Selsiyda ellik daraja.
Bosh kiyimni tashla, ko‘zoynakni ot.
Yarimta joningga buncha xarajat,
Senga mehrim kamlik qilyapti, nahot?
Tashnang qonmadimi iliq suvimga?
Quruq sovuqlardan bezdimi joning?
Kecha she’rlar bitib yurib o‘zimga,
Endi jannatlardan aytar dostoning.
Soya bermadimi yoki tutlarim,
Yoki qamishlarim naylar tutmadi?
Shuncha kuy kammidi senga, bilmadim.
Mendan nima o‘tdi? Nima o‘tmadi?
Bug‘doyrang yuzingni ko‘zguga tutma,
Bu yuz quyoshimga siyrat bo‘ladi.
Soyabon ko‘tarib yonimdan o‘tma,
O‘zimning bolamsan, uyat bo‘ladi.
Bag‘rimdagi gullar o‘gay bolamday:
Qancha sevsam hamki o‘zimnikimas.
Sen – yantoq. Iborat bag‘ring tikandan,
Tomiring tomiri jonimga payvast.
O‘zingni unutma, meni qilma xor,
Yot kuyning avjini nolam demasdan.
Qayga borsang faqat yantoq bo‘lib bor,
Gulga taqlid qilsang, bolam emassan.
Harorat
Selsiyda ellik daraja…
S.Z.
@suhrob_ziyo1
QARSHI QARSHISIDA
Harorat Selsiyda ellik daraja.
Bosh kiyimni tashla, ko‘zoynakni ot.
Yarimta joningga buncha xarajat,
Senga mehrim kamlik qilyapti, nahot?
Tashnang qonmadimi iliq suvimga?
Quruq sovuqlardan bezdimi joning?
Kecha she’rlar bitib yurib o‘zimga,
Endi jannatlardan aytar dostoning.
Soya bermadimi yoki tutlarim,
Yoki qamishlarim naylar tutmadi?
Shuncha kuy kammidi senga, bilmadim.
Mendan nima o‘tdi? Nima o‘tmadi?
Bug‘doyrang yuzingni ko‘zguga tutma,
Bu yuz quyoshimga siyrat bo‘ladi.
Soyabon ko‘tarib yonimdan o‘tma,
O‘zimning bolamsan, uyat bo‘ladi.
Bag‘rimdagi gullar o‘gay bolamday:
Qancha sevsam hamki o‘zimnikimas.
Sen – yantoq. Iborat bag‘ring tikandan,
Tomiring tomiri jonimga payvast.
O‘zingni unutma, meni qilma xor,
Yot kuyning avjini nolam demasdan.
Qayga borsang faqat yantoq bo‘lib bor,
Gulga taqlid qilsang, bolam emassan.
Harorat
Selsiyda ellik daraja…
S.Z.
@suhrob_ziyo1