#haqida
Suhrob ZIYO,
"Yo'q, bu depressiya emas..." (Tillaniso ijodi haqida). "Yoshlik" jurnali, 6-son, 2021-yil.
@suhrob_ziyo1
Tillanisoning uslubi haqida Xurshid Davron 2015-yilda shunday yozgan edi: “...shoira o‘z izlanishlarida namoyon bo‘layotgan rostgo‘ylik va tirishqoqlikni davom ettirsa, kelgusida o‘ziga xos olamini yarata olishiga ishongim keldi…”
E’tibor bering, ustoz shoir muallifning ikki xislatiga to‘xtaladi: rostgo‘ylik va tirishqoqlik. U payt bu ikki xislat shoiraga:
Darvesh-u, xirqamas hayotning oti,
May-u gulob ham emas bu hayot.
Odatiy bo‘lgandek quyoshning nuri
Hayot ham bir odat,
yashash shart bo‘lgan odat , – kabi satrlarni bergan.
Bu misralarda shoiraning qarashlari tiniq aks etib turibdi. U yozar ekan, borgan sari ichkarilab boraveradi.
Avval-boshda:
Ichimga yutaman mudrab botayotgan shu ma’yus shomni,
Ichimda yig‘lar shomlar.
Ichimga yutaman yillarni.
(Qo‘limdan kelmas boshqasi), – degan bo‘lsa;
bugun u:
Ichimga haydadingiz meni hayotdan
Ichingga qamalib o‘l dedingiz.
O‘ldim ichimda-ichimda o‘ldim deb shivirladim
O‘chir dedingiz: boshqacha ko‘rsatma o‘zingni
dedingiz, – deya yozg‘iradi.
Bu misralar orasida bog‘liqlik va farqlar bor. Lirik qahramon muttasil ichiga biqinib boradi. Boraveradi, boraveradi. Avval dunyoni anglash, uni o‘ziga singdirish bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, bugun u o‘z borlig‘ini ichiga mahkum etish bilan shug‘ullanadi. Insonning o‘z ichiga safari Yaratguvchiga yaqinlashishga sabab bo‘ladi. Bunday bo‘lmasa, ichga safar uchun tanlangan yo‘l yanglish bo‘lishi mumkin.
Suhrob ZIYO,
"Yo'q, bu depressiya emas..." (Tillaniso ijodi haqida). "Yoshlik" jurnali, 6-son, 2021-yil.
@suhrob_ziyo1
"Kichik ishlar"
Hamid Sodiqning bir paytlar "Subyektiv"da aytgan "kichik, ammo sifatli ishlar" haqidagi fikrni doim xayolimdan o'tadi.
MTRKda tizimiga kirib kelganimga 1 yil bo'libdi. Hozir "Mahalla" telekanalida "Umr so'qmoqlari" telenovellasida muharrirman.
Oxirgi kunlarda telekanalga uyushtirilgan "heyt"lar fonida o'sha "kichik ishlar" haqida o'yladim. Shu yerda ham, misol uchun, adabiyotga xizmat qilish mumkin-ku. Shunday qilib, jamoamiz bilan har bir telenovellada uning mazmunidan kelib chiqib, badiiy adabiyot targ'ibotini olib boryapmiz.
Bu ba'zida 25-kadr ko'rinishida bo'lsa, ba'zan asar asosida telenovellalar olamiz. Masalan, "O'tkan kunlar" obrazlari asosida suratga olingan "Qodiriy aybdor" yoki Muhammad Yusuf she'ri asosida yaratilgan "Otauy" telenovellalari har holda yomon chiqmagan.
Faqat shuginami, dersiz. Cheklangan budjet bilan, atigi bir kunda tasvirga olinadigan kino formatidagi dastur uchun, insof bilan aytsa, bu yomon emas, shekilli. Siz nima deysiz?
Suhrob ZIYO

🔥9👍4
#haqida
"Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir"
XXI asr o‘zbek yoshlari ijodida millat mavzusi boshqacha yangrayapti. Endi hurlikka erishganiga shukrona bilan she’rlar bitishni bu avlod o‘ziga ep ko‘rmaydi. Bugun o‘zbek yosh ziyolilarini mustaqillik qoniqtirmaydi. Ular dunyo bilan bo‘ylashishni, millatning shonli o‘tmishi bugun qaytadan bo‘y ko‘rsatishini istaydi. Aytish mumkinki, yoshlar she’riyatida bugungi o‘zbek farzandlarining ayni shu jasorati ko‘zga tashlanadi.
— deb yozadi Najmiddin Ermatov bir she’rida.
U millatni oh-voh tortib, ahvolidan nolib yashashini istamaydi. Uning istagi boshqa asarida yaqqolroq ko‘zga talashadi:
Shoir millatdan ko‘k bo‘rilar kezgan Turon sarhadlarida qaytadan davron surishni kutadi. Bu bugun siyosiy jihatdan mushkul bir ish bo‘lsa-da, shoirlar mumkin bo‘lmagan narsalarni istashda mohir. Shoir davom etadi:
Qilich tutishni unutib, qorin g‘amida qoshiq tutishga usta bo‘lib borayotgan xalqni shoiri malomat qiladi. Haqqi bor. Millat uniki, u millatniki. Uyg‘otish — uning vazifasi.
👉 Suhrob Ziyo: "O'zbek yoshlar she'riyatida Turon mavzusining aks etishi"

Hayronman, erkini qanday taniydi,
Yig‘i dovushiga o‘rgangan millat,
— deb yozadi Najmiddin Ermatov bir she’rida.
U millatni oh-voh tortib, ahvolidan nolib yashashini istamaydi. Uning istagi boshqa asarida yaqqolroq ko‘zga talashadi:
Ko‘k bo‘ri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Ko‘tarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan ko‘zlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir…
Shoir millatdan ko‘k bo‘rilar kezgan Turon sarhadlarida qaytadan davron surishni kutadi. Bu bugun siyosiy jihatdan mushkul bir ish bo‘lsa-da, shoirlar mumkin bo‘lmagan narsalarni istashda mohir. Shoir davom etadi:
Burgut uchgan zovlarda quzg‘un bazm etmoqda,
Ildizingni kavshabon to‘ng‘iz hazm etmoqda,
Ertangni belgilashga yotlar jazm etmoqda,
Qoshiq butun, qiliching singanga o‘xshayotir.
Qilich tutishni unutib, qorin g‘amida qoshiq tutishga usta bo‘lib borayotgan xalqni shoiri malomat qiladi. Haqqi bor. Millat uniki, u millatniki. Uyg‘otish — uning vazifasi.
👉 Suhrob Ziyo: "O'zbek yoshlar she'riyatida Turon mavzusining aks etishi"
@suhrob_ziyo1
👍7❤5
#eski_daftardan
QARSHI QARSHISIDA
Harorat Selsiyda ellik daraja.
Bosh kiyimni tashla, ko‘zoynakni ot.
Yarimta joningga buncha xarajat,
Senga mehrim kamlik qilyapti, nahot?
Tashnang qonmadimi iliq suvimga?
Quruq sovuqlardan bezdimi joning?
Kecha she’rlar bitib yurib o‘zimga,
Endi jannatlardan aytar dostoning.
Soya bermadimi yoki tutlarim,
Yoki qamishlarim naylar tutmadi?
Shuncha kuy kammidi senga, bilmadim.
Mendan nima o‘tdi? Nima o‘tmadi?
Bug‘doyrang yuzingni ko‘zguga tutma,
Bu yuz quyoshimga siyrat bo‘ladi.
Soyabon ko‘tarib yonimdan o‘tma,
O‘zimning bolamsan, uyat bo‘ladi.
Bag‘rimdagi gullar o‘gay bolamday:
Qancha sevsam hamki o‘zimnikimas.
Sen – yantoq. Iborat bag‘ring tikandan,
Tomiring tomiri jonimga payvast.
O‘zingni unutma, meni qilma xor,
Yot kuyning avjini nolam demasdan.
Qayga borsang faqat yantoq bo‘lib bor,
Gulga taqlid qilsang, bolam emassan.
Harorat
Selsiyda ellik daraja…
S.Z.
@suhrob_ziyo1
QARSHI QARSHISIDA
Harorat Selsiyda ellik daraja.
Bosh kiyimni tashla, ko‘zoynakni ot.
Yarimta joningga buncha xarajat,
Senga mehrim kamlik qilyapti, nahot?
Tashnang qonmadimi iliq suvimga?
Quruq sovuqlardan bezdimi joning?
Kecha she’rlar bitib yurib o‘zimga,
Endi jannatlardan aytar dostoning.
Soya bermadimi yoki tutlarim,
Yoki qamishlarim naylar tutmadi?
Shuncha kuy kammidi senga, bilmadim.
Mendan nima o‘tdi? Nima o‘tmadi?
Bug‘doyrang yuzingni ko‘zguga tutma,
Bu yuz quyoshimga siyrat bo‘ladi.
Soyabon ko‘tarib yonimdan o‘tma,
O‘zimning bolamsan, uyat bo‘ladi.
Bag‘rimdagi gullar o‘gay bolamday:
Qancha sevsam hamki o‘zimnikimas.
Sen – yantoq. Iborat bag‘ring tikandan,
Tomiring tomiri jonimga payvast.
O‘zingni unutma, meni qilma xor,
Yot kuyning avjini nolam demasdan.
Qayga borsang faqat yantoq bo‘lib bor,
Gulga taqlid qilsang, bolam emassan.
Harorat
Selsiyda ellik daraja…
S.Z.
@suhrob_ziyo1
🔥5
USMON AZIM VA GARRINCHA
Suhrob ZIYO
Manba: https://oyina.uz/uz/article/3886
@suhrob_ziyo1
Garrincha Braziliya futbol tarixida Peledan keyingi o‘ringa qo‘yiladigan iste’dod edi. Uning ishqibozlarni larzaga solgan taqdiri o‘zbek she’riyatining Usmon Azimi ijodida bo‘y ko‘rsatgan.
Shoir futbol dahosi kezib yurgan stadion tasvirini chizadi:
Raqib yecholmagay xayolida ham
Mening aldashlarim kalavalarin.
Dahoning o‘yini hamisha ulkan,
San’atdir dahoning g‘alabalari…
Usmon Azimning bu she’rida futbol butkul metaforaga aylanadi. Shoir uchun she’r nima bo'lsa, Garrincha uchun futbol shunday ma’noga ega.
“Garrincha – futbol” birikmasini “shoir – adabiyot” yoki “inson - hayot” deya talqin qilish mumkin va she’rning har bir bandida bu o‘zini to‘la oqlaydi.
Usmon Azim mansub adabiy avlod ham o‘zbek adabiyotida ayni futbolda Pele va Garrinchalar porlagan paytlarda kirib kelgan. Bu avlodning ham o‘z Pele va Garrinchalari bo‘lgan. Shu sabab ham shoir “futbol va adabiyot” bog‘lamini muvaffaqiyatli tasvirlaydi.
Suhrob ZIYO
Manba: https://oyina.uz/uz/article/3886
@suhrob_ziyo1
❤1❤🔥1
***
Aytsam, so‘z tugamaydi,
Kelsam, yo‘l oxiri yo‘q.
Qaytsam, dil unamaydi,
Ichsam, g‘am chog‘iri yo‘q.
Bitsam, yarim ko‘ngilning
Kemtiklari bitmaydi.
Ketsam, o‘zim ketarman,
Ko'nglim undan ketmaydi.
Qolsam, ohim simillar,
Borsam, birov yov deydi.
Kulsam, yoshim jimillar,
O‘lsam, o‘lim g‘ov deydi.
Yonsam, muzlar chirsillar,
Kuysam, kuydim jonimdan.
Gulga boshim eggandim,
Itlar o‘tdi yonimdan.
Unsam, kuzak chaqirgay,
So‘lsam, bahor jilmaydi.
Qorlar yog‘di yurakka,
Nigohlarim bilmaydi.
Ayting, qancha qonun bor
Bu savdoning yo‘lida?
O‘zi bitta jonim bor,
U ham Xudo qo‘lida.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Aytsam, so‘z tugamaydi,
Kelsam, yo‘l oxiri yo‘q.
Qaytsam, dil unamaydi,
Ichsam, g‘am chog‘iri yo‘q.
Bitsam, yarim ko‘ngilning
Kemtiklari bitmaydi.
Ketsam, o‘zim ketarman,
Ko'nglim undan ketmaydi.
Qolsam, ohim simillar,
Borsam, birov yov deydi.
Kulsam, yoshim jimillar,
O‘lsam, o‘lim g‘ov deydi.
Yonsam, muzlar chirsillar,
Kuysam, kuydim jonimdan.
Gulga boshim eggandim,
Itlar o‘tdi yonimdan.
Unsam, kuzak chaqirgay,
So‘lsam, bahor jilmaydi.
Qorlar yog‘di yurakka,
Nigohlarim bilmaydi.
Ayting, qancha qonun bor
Bu savdoning yo‘lida?
O‘zi bitta jonim bor,
U ham Xudo qo‘lida.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
👍4❤1
ABDULLA ORIPOVNING BAHORI
Abdulla Oripovning “Bahor” she’ri o‘zbek she’riyatining durdona asarlaridan. Bu she’rda shoir bahorga konseptual yondashadi. Shoirning badiiy tafakkuri uning barcha jihatlarini qamrab olishga jiddu jahd qiladi. Avval bahorning uyg‘onish sifatiga to‘xtaladi: yellar, oftob, tog‘lar, maysalar, tarnov bo‘g‘zidagi lola, terak uchlaridagi mavjudotlar, hattoki chirik xazonlar, jilg‘alar, qushlar – hamma-hammasi uyg‘onishga yuz buradi. Axir bahor keldi — “yig‘lagan ko‘zlarga tushgan kabi nur”. Ammo… dunyodan ko‘z yumgan insonlar-chi?
Uyg‘onish haqida xayol surib turgan lirik qahramon birdan zavol haqida o‘ylay boshlaydi. Dunyoni tark etgan ulug‘ salaflarini yodga olarkan, Chig‘atoy tomonlarda paydo bo‘ladi, bahor bu yerlarda ham o‘z ishini qilgan edi, demak, u har bir qabrni ziyorat etar ekan:
Shoir bahorga yetolmagan ona haqida, qabrini farzandi emas, bahor ziyorat qilayotgan ona haqida, butun tabiatni uyg‘otib kelgan ko‘klam uyg‘ota olmaydigan ONA haqida o‘ylaydi. Ammo bu “soqov daho”ga ming yolborsang ham birigina uni — shoirga hayot baxsh etgan onani qaytib berolmaydi..!
Ona xotirasidan boshlangan mangu hayot haqidagi o‘ylar esa bevosita yangi hayot haqidagi xayollarga ulanib ketadi:
“Bahor” she’rida Abdulla Oripov faqat bir lirik kayfiyatni chizish bilan cheklanmaydi. Shoir tuyg‘ular tizginini ushlagan holda lirik qahramonning bir ruhiy holatdan boshqa bir ruhiy holatga o‘tishini, lirik kayfiyat tadrijini ko‘rsatib bera olgan. Bu shoirning badiiy mahoratining eng yorqin jihatlaridan hisoblanadi.
Shoir yana hayot haqida, undagi insonlar, ularning g‘am-tashvishlari haqida o‘ylay boshlaydi va shuning o‘zi tiriklikning, bahorning ma’nosi ekanini anglab qoladi. Ammo bu oxiri emas, xulosadan keyin undan ham baland bir xulosa taqdim etish Abdulla Orif iste’dodining “tashrif qog‘ozi”dir:
Shoirning qalbidan g‘amni aritgan, unga toshqinlar olib kirgan tuyg‘u – Vatan! Axir bu bahor — yurtning bahori. Ana shu kechinmalarga sabab bo‘lgan bahor ham shu yurt uzra gilam yozgan-ku. Eng muhimi, hatto bahor ham o‘tib ketadi, lekin bu dilbar Vatan qoladi! Faqatgina u shoirning “charchagan ruhi”ga ilhom baxsh etadi oladi:
Vatansiz bahor ham, uyg‘onish ham yo‘q. Bahor shu yurtning bir qiyofasini chizib berdi xolos. Bahorda uyg‘ongan neki bor, hammasi shu yurtda mujassam. Asl bahor – ana shu!
Suhrob ZIYO,
"She'riyatning navro'zi..." maqolasidan.
Manba: "Yangi O'zbekiston" gazetasi, 2025-yil, 21-mart soni.

Azaliy hukmini o‘qidi hayot –
Necha bor samo ham ko‘mdi quyoshin.
Iqboli sajdagoh bo‘lganlar, hayhot,
O‘zlari tuproqqa qo‘ydilar boshin…
Uyg‘onish haqida xayol surib turgan lirik qahramon birdan zavol haqida o‘ylay boshlaydi. Dunyoni tark etgan ulug‘ salaflarini yodga olarkan, Chig‘atoy tomonlarda paydo bo‘ladi, bahor bu yerlarda ham o‘z ishini qilgan edi, demak, u har bir qabrni ziyorat etar ekan:
Kimningdir ko‘ksiga engashgancha gul,
Marmar sag‘anadan o‘qib turar bayt.
Bahor, qatra yoshim aylagil qabul,
Onam boshiga ham bordingmikan, ayt…
Shoir bahorga yetolmagan ona haqida, qabrini farzandi emas, bahor ziyorat qilayotgan ona haqida, butun tabiatni uyg‘otib kelgan ko‘klam uyg‘ota olmaydigan ONA haqida o‘ylaydi. Ammo bu “soqov daho”ga ming yolborsang ham birigina uni — shoirga hayot baxsh etgan onani qaytib berolmaydi..!
Ona xotirasidan boshlangan mangu hayot haqidagi o‘ylar esa bevosita yangi hayot haqidagi xayollarga ulanib ketadi:
Dilbar kelinchakning ko‘ksida g‘ulu,
Zardolu shoxiga tashlar ko‘z qirin.
Barg aro shu’lalar kaftlarmikan u…
Bahor tetapoya go‘dakday shirin.
“Bahor” she’rida Abdulla Oripov faqat bir lirik kayfiyatni chizish bilan cheklanmaydi. Shoir tuyg‘ular tizginini ushlagan holda lirik qahramonning bir ruhiy holatdan boshqa bir ruhiy holatga o‘tishini, lirik kayfiyat tadrijini ko‘rsatib bera olgan. Bu shoirning badiiy mahoratining eng yorqin jihatlaridan hisoblanadi.
Shoir yana hayot haqida, undagi insonlar, ularning g‘am-tashvishlari haqida o‘ylay boshlaydi va shuning o‘zi tiriklikning, bahorning ma’nosi ekanini anglab qoladi. Ammo bu oxiri emas, xulosadan keyin undan ham baland bir xulosa taqdim etish Abdulla Orif iste’dodining “tashrif qog‘ozi”dir:
Qizg‘aldoq bargiday uchra dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim.
Bahoring muborak bo‘lsin ushbu dam,
Mening O‘zbekiston – dilbar Vatanim.
Shoirning qalbidan g‘amni aritgan, unga toshqinlar olib kirgan tuyg‘u – Vatan! Axir bu bahor — yurtning bahori. Ana shu kechinmalarga sabab bo‘lgan bahor ham shu yurt uzra gilam yozgan-ku. Eng muhimi, hatto bahor ham o‘tib ketadi, lekin bu dilbar Vatan qoladi! Faqatgina u shoirning “charchagan ruhi”ga ilhom baxsh etadi oladi:
Bahor ham, umr ham o‘tar ehtimol,
Faqat sen dunyoda mangu qolursan.
Vatansiz bahor ham, uyg‘onish ham yo‘q. Bahor shu yurtning bir qiyofasini chizib berdi xolos. Bahorda uyg‘ongan neki bor, hammasi shu yurtda mujassam. Asl bahor – ana shu!
Suhrob ZIYO,
"She'riyatning navro'zi..." maqolasidan.
Manba: "Yangi O'zbekiston" gazetasi, 2025-yil, 21-mart soni.
@suhrob_ziyo1
❤1👍1
Turkiy dunyo yana bir umidli iste'dodidan ayrildi. Ozarbayjonda u bilan bir muddat suhbatda bo'lgandik. Xayolchan, dunyodan ayri yigit edi. Qorabog' uchun janglarda ishtirok etgan jangchi shoir edi. Oxirati obod bo'lsin!
________________________
Hasan KUR
Ozarbayjon
(1996 – 2025)
***
Qaydadir adashar bu yo'l, ko'rasan,
Qayerga eltar bu oyoqlar meni.
Onajon, duo et, agar etmasang,
Allohgacha quvar gunohlar meni.
Men o'lsam, baxtimning baxti ochilar,
Tilimning ostida necha so'z o'lar.
Faqat men qolaman, onam tez o'lar,
Tanimas ko'zgular, taroqlar meni.
Yo'q ona, sen o'lma, sen abadiy qol,
Ber o'z kafaningni mening egnimga,
Orada nafas ol mening o'rnimga
O'ldi deb bilmasin butoqlar meni.
Ey, xudosiz falak, qo'llaring sinsin,
Surma bu qadarni asl o'rnidan.
Olsang ol, men to'ydim, endi men to'qman,
Men bugun bor bo'lsam, saharda yo'qman,
Eslab tursalar bas go'daklar meni.
Suhrob Ziyo o'zbekchalashtirdi.

😢20💔3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men bilgan Xurshid Davron
"Mahalla" telekanali,
"O‘shal damlar" ko‘rsatuvidan.
@suhrob_ziyo1
Xurshid Davronning onlayn adabiy faoliyati adabiyot targ‘iboti bo‘yicha alohida maktab bo‘ldi...
kh-davron.uz — yoshlar orasida respublika darajasidagi adabiy nashrlardan ham mashhur edi...
Xurshid Davron publitstikasi yolg‘on tarix bilan kurashib kelgan publitsistika...
"Buxoro tarixi" kitobining "Anorbooks"da chop etilishi tarixi...
"Mahalla" telekanali,
"O‘shal damlar" ko‘rsatuvidan.
@suhrob_ziyo1
🔥6❤1👏1
"So‘z" loyihasidagi navbatdagi chiqishimizni qo‘llab-quvvatlang.
Maʼlumot uchun, qo‘llov layk 👍 va izohlar 💬 ko‘rinishida bo‘lishi mumkin😁
Instagram:
https://www.instagram.com/reel/DL7oRGAtrqY/?igsh=MW95bW1yMmY4eDBtag==
Youtube:
https://youtu.be/fHxDx-fIiJU?si=IGfV-de-7zzd0Wgg

YouTube
"Renessans" - Suhrob Ziyo she'ri
Shoir: Suhrob Ziyo
Loyiha rahbari: Sitora Barliboyeva
Loyiha menejeri: Feruza Xayrullayeva
Sahnalashtiruvchi operator: Sarvar Sadikov
Operator: Doniyor Sharifboyev
Ovoz rejissori: Zuhriddin Ostonov
Montaj ustasi: Farrux Almamatov
Bastakor: Saidmirzozade…

🔥7👍3👏3❤🔥1❤1
50 000 kitobi bo‘lgan italyan yozuvchisi Umberto Eko uy kutubxonasi haqida shunday degan edi:
Manba: Karim Bahriyevning Facebook sahifasi.
@suhrob_ziyo1
“Sotib olingan har bir kitobni o‘qib chiqish kerak deb o‘ylash ham, o‘qiy oladiganidan ko‘proq kitob sotib olganlarni tanqid qilish ham ahmoqlikdir. Bu yangi idish-tovoq, stakan sotib olishdan oldin borlarini ishlatib bo‘lish kerak, degan fikrga o‘xshaydi.
Hayotda shunday narsalar borki, ularning bir qismidangina foydalansak-da, doimo ko‘p zaxiramiz bo‘lishi kerak.
Kitoblarni dori deb tasavvur qilsak, uyda bir necha emas, ko‘p kitob bo‘lishi ma’qulligini tushunamiz: o‘zingizni yaxshi his qilmoqchi bo‘lganingizda, “dori javoni” yoniga borib, kitob tanlaysiz. Shuning uchun doimo tanlash imkoniyatingiz bo‘lishi lozim!
Faqat bitta kitob sotib olib, o‘qib chiqib, so‘ng undan qutuluvchilar kitobga shunchaki iste’molchi nuqtai nazaridan yondashadi, ya’ni uni iste’mol mahsuloti deb biladi... ”
Manba: Karim Bahriyevning Facebook sahifasi.
@suhrob_ziyo1
❤🔥3❤3👍1