Telegram Web Link
“Yoshlar oyligi” doirasida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi yosh xodimlari bilan Al-Hakim at-Termiziy maqbarasiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida xodimlar at-Termiziy qabrini ziyorat qilishib, buyuk hadisshunos olimning bosib o‘tgan hayot yo‘li va bizga qoldirgan ulkan merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
----
“Ёшлар ойлиги” доирасида Термиз шаҳар Ички ишлар бошқармаси ёш ходимлари билан Ал-Ҳаким ат-Термизий мақбарасига саёҳат уюштирилди. Саёҳат давомида ходимлар ат-Термизий қабрини зиёрат қилишиб, буюк ҳадисшунос олимнинг босиб ўтган ҳаёт йўли ва бизга қолдирган улкан мероси ҳақида батафсил маълумотларга эга бўлишди.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Turizm ob’ektlarida sanitariya va xavfsizlik holatlari o‘rganilmoqda.

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, turizm jozibadorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish va sanitariya holatlari bo‘yicha sayyohlar tashrif buyuruvchi turizm ob’ektlari, tarixiy, diqqatga sazovor qadamjolarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi mas’ullarga tegishli tavsiya va tushunchalar berilmoqda.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul post xizmati xodimlari tomonidan, Termiz shahrida joylashgan kafe, bar, restoran, yirik savdo majmualarini texnik qo'riqqa olish hamda "Qalqon" tizimiga integratsiya qilish yuzasidan targ'ibot ishlari olib bormoqda.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Muzrabot tumani hokimligida Qaror ijrosi muhokama qilindi

Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Saʼdulla Xolniyozov, tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi doirasida mahallalarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar oyligi doirasida, muhtasham san’at saroyida ichki ishlar organlari xodimlari e’tiboriga “Egizaklar” nomli spektakl namoyish etildi.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IIV Akademiyasi kursantlari uchun Surxondaryo viloyati IIBda o‘quv tanishuv va ish o‘rganish amaliyoti boshlandi.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish jarayonlari zamonaviy “E-nomzod” va “E-psixologiya” axborot tizimlari orqali amalga oshirilmoqda

Xususan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlarning individual-psixologik va psixofiziologik holatini o‘rganish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologik taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan dastlabki psixologik test sinovlari “E-psixologiya” axborot tizimi orqali o‘tkazilmoqda.
Jarayon davomida mutaxassis-psixologlar tomonidan nomzodlarga psixologik test sinovlardan o’tish tartibi va qoidalari batafsil tushuntirilib, tanlovga oid zaruriy maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
Bu yondashuv tanlov jarayonlarini yana-da shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
2025/06/28 10:20:34
Back to Top
HTML Embed Code: