Telegram Web Link
Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Aziz vohadoshlar va yurtimiz mehmonlari!
19-mart kuni Termiz shahrida Pahlavon Mahmud xotirasiga  bag‘ishlab bahodirlar musobaqasi o‘tkaziladi.
Turnir davomida sportchilar quyidagi musobaqalarda o'z kuchlarini sinab ko'rishadi:
- og'ir qoplarni aravaga ortish va uni malum masofaga olib borish;
- og'irligi 120 dan 160 kilogrammgacha bo'lgan "Sangijumon" toshlarini ko'tarish;
-obkachni kuch bilan ko'tarish;
- lokomotiv tortish;
- langar tortish;
-  Ustunlarni ushlab turish;
- qilichlarni vertikal ushlash.
Barchangizni ushbu katta sport musobaqasiga  taklif qilamiz.
Manzil  Termiz shahri, San'at saroyi
Murojaat uchun telefon:
+998 97 690 27 91
Aziz vohadoshlar va viloyatimiz mehmonlari!

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bugundan Termiz shahridagi "San’at saroyi" hududida bayram sayllari boshlandi. Ertaga, 19-mart kuni asosiy bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Viloyatning asosiy bayram dasturidan o‘rin olgan tadbirlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🕗 soat 08:00 dan 08:30 gacha – “Navro‘z” saylining karnay-surnay sadolari ostida rasmiy ochilishi (Termiz shahri At-Termiziy shoh ko‘chasida);

🕗 soat 08:00 dan 20:00 gacha – Har bir hududning xususiyatlari, qadriyatlari, an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari, sahnalashtirilgan badiiy chiqishlari hamda hunarmandlar va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyishi (San’at saroyi hududida);

🕗 soat 09:00 dan 18:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyishi (San’at saroyi hududida);

🕗 soat 09:00 dan 16:00 gacha – Viloyat musiqali drama va qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari, maqom ansambli, filarmoniya va “O‘zbekkonsert” estrada xonandalarining konsert dasturlari namoyishi (San’at saroyi old maydonida);

🕗 soat 09:00 dan 17:00 gacha – Harbiy orkestrlar, bolalar musiqa va san’at maktablari iqtidorli o‘quvchilarining konsert dasturlari namoyishi (“Vatanparvarlar” bog‘ida);

🕗 soat 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 16:00 gacha – Dorbozlik tomoshalari (San’at saroyi hududida va Termiz shahri qo‘rg‘onida);

🕗 soat 09:00 dan 17:00 gacha – “Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun” milliy kurash musobaqalari (San’at saroyi amfiteatrida);

🕗 soat 10:00 dan 12:00 gacha – “Bahodirlar o‘yini” musobaqalari (San’at saroyi hududidagi avtoturargohda);

🕗 soat 16:00 dan 17:00 gacha – Milliy taomlar sayli (San’at saroyi hududidagi avtoturargohda);

🕔 soat 17:00 dan 18:30 gacha – Toshkent shahridan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari namoyishi (San’at saroyi hududidagi mobil amfiteatrda).

Barchani bayram sayli, turli ko‘rgazmalar, konsert dasturlari va boshqa tadbirlarga hamda Milliy kurash musobaqalariga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍2
🏋️ Termizdao‘ilk bor “Bahodirlar o‘yini” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Termiz shahridagi “San’at saroyi"da bayram sayllari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish federatsiyasi, viloyat turizm va sport boshqarmasi hamkorligida Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Bahodirlar o‘yini” sport-turizm loyihasining milliy shakldagi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.Shiddatli bahslarda sportchilar og‘ir toshlarni dast ko‘tarish, belgilangan masofalarga olib borish, uzoq vaqt ushlab turish, transport vositasini tortishda kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Kattalar o‘rtasida;
🥇-o‘rinni Dilmurod Qurbonov, Surxondaryo, (Tuya);
🥈-o‘rinni Avazbek Haydarov, Toshkent shahri, (Ot);
🥉-o‘rinni Otabek Asqarov, Andijon viloyati, (Ho‘kiz).
Yoshlar o‘rtasida;
🥇-o‘rinni Nuriddin Ergashev, Toshkent shahri, (Tuya);
🥈-o‘rinni Shodilbek Ergashev, Toshkent viloyati (Ot);
🥉-o‘rinni Doniyor Mirzaqulov, Sirdaryo viloyati, (Ho‘kiz).
Gʻoliblarga sovrinlar tantanali topshirildi.
👍2
Forwarded from Rasmchi bola (Jonibek Qo'zimurodov)
Surxonda Navro‘z tantanalari

Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida viloyatning asosiy Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi.

#Navruz

👉 Rasmchi bola 📸
1👍1
2025/10/28 05:32:40
Back to Top
HTML Embed Code: