Forwarded from O‘zJU Surxondaryo bo‘limi
Termiz moshina bozorida 45 nafar qo‘shni Qozog‘iston, Tojikistondan tashrif buyurgan sport avtomobillari ishtirokida Surxondaryo viloyat hokimligi, Turizm boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan «Drift show caravan» loyihasi tashkil etildi.
Sport tadbiri davomida DJ‘larning jonli chiqishlari, tyuning avtomobillar ko‘rgazmasi, test-drayv, driftlar va turli xildagi ko‘ngilochar dasturlar yig‘ilganlar eʼtiboriga havola qilindi.

👍2
Forwarded from O‘zJU Surxondaryo bo‘limi
#Boysun_bahori
#Matbuot_anjumani
Бугунги кунда хорижликлар эътиборида бўлган “Бойсун баҳори” халқаро фольклор фестивалини юқори бадиий савияда ўтказиш билан боғлиқ ташкилий ва ижодий ишларга бағишланган матбуот анжумани бўлиб ўтди.
Термиз шаҳридаги Матбуот уйида бўлиб ўтган анжуманда фестивал олди тайёрганлик жараёнлари, ташкил қилинган медиа-марказ, бўлиб ўтадиган тадбирлар ҳақида вилоят ҳокими ўринбосари, вилоят туризм бошқармаси бошлиғи Жўрабек Тўраев, вилоят ҳокимининг матбуот котиби Мурод Давлатов журналист ва блогерларга маълумот берди.
Фестивал дастури бўйича оммавий ахборот воситалари ходимлари ўзларини қизиқтирган саволларга матбуот анжумани давомида жавоб олишди.

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi turizm kompleksining markaziy amfiteatrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni xalqaro festival tantanalari bilan qutladi.
Viloyat rahbari o‘z so‘zida "Boysun bahori" festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Xalqaro festivalning rasmiy tantanalari ochiq deb e’lon qilindi. Ayni vaqtda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, vohamizning folklor jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, festival tadbirlari joriy yil 7-may kuniga qadar davom etadi.