Telegram Web Link
Boysunda qizil konyon hududi bo‘ylab havo sharlari uchirilmoqda

Surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbirlari boshlandi.

Yillar davomida tuproq hamda qoyalarning suv va shamol tufayli yemirilishidan hosil bo‘lgan tabiat mo‘jizasiqizil konyon hududining o‘ziga manzaralari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etilgan bo‘lib, hududning turizm salohiyati va imkoniyatlari mahalliy hamda xorijiy nashrlar, sayt va bloglarda keng yoritiladi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirlar 18-19 yanvar kunlari, ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erta tongdan Termiz shahridan yo‘lga chiqqan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar jamoasi tog‘lar bag‘rida joylashgan Boysun tumani tomon borishdi.
Unda ishtirokchilar surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbirlarida ishtirok etishdi.
Joriy yil 18-19 yanvar kunlari  havo sharlarini uchirish tadbirida jurnalistlar bilan bir qatorda qiziquvchi yurtdoshlarimi ham Boysun etaklariga jam bo‘lishdi.

Yillar davomida tuproq hamda qoyalarning suv va shamol tufayli yemirilishidan hosil bo‘lgan tabiat mo‘jizasi – qizil konyon hududining o‘ziga manzaralari havo shariga chiqib  va bevosita tasvirlarga muhrlagan ijdokorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🤯1
Yaponiya delagatsiyasi Surxondaryoda

Surxondaryo viloyati bilan tanishish hamda kelgusida savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish uchun Termiz shahriga Yaponiya tadbirkorlari delegatsiyasi keldi. Ishbilarmonlar o‘‘z safarini viloyatdagi ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish korxonalari bilan tanishish va qadimiy arxeologik yodgorliklarni tomosha qilish bilan boshladi.
👍1
Москвадаги ҳайдовчилар диққатига!

Транспорт департаментининг хабар беришича, Москвада пуллик парковка зоналари кенгайтирилмоқда – 50 та кўча участкаларида парковка пуллик бўлди. 22 февралдан яна 31 та кўча участкалари рўйхатга киритилади.
Барча пуллик парковкалар билан манзилларни 👉🏻 бу ерда (https://transport.mos.ru/parking/areas#collapse4) кўриш мумкин.
2025/10/28 02:31:33
Back to Top
HTML Embed Code: