Telegram Web Link
📍 Green University – Central Asian University bilan akademik hamkorlik memorandumi imzolandi

🎓 “Green University” (Central Asian University) bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ekologik ta’limni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida ekologik ongni oshirish hamda ilmiy startaplarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📚 Uchrashuvda yosh olimlar uchun amaliyot dasturlari, tajriba almashinuvi va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlar hamkorlikning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.

🌿 Ushbu tashabbus Surxondaryo viloyatida ilm-fan va ekologiya integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
📍 Xitoy – China Everbright International bilan ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi

🌐Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida China Everbright International Limited kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

💰 Loyihaning dastlabki qiymati 100 million AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Tashabbus ekologik barqarorlik tamoyillariga asoslangan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni samarali qayta ishlash orqali iqtisodiy va ekologik samaradorlikka erishishni maqsad qilgan.

📅 Korxonalarining to‘liq quvvatda faoliyat yuritishi 2025–2027-yillar oralig‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan..

📄 Muzokatalar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
📍 “Yashil makon” loyihasi – loyihalash ishlari bo‘yicha kelishuv bitimi imzolandi

🌳Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Toshkent shahrida joylashgan “Yashil loyiha – loyihalash instituti” o‘rtasida loyihalash ishlarini olib borish bo‘yicha kelishuv bitimi imzolandi.

📐 Kelishuvga ko‘ra, hududda amalga oshiriladigan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, turli ekoloyihalarni ilmiy-amaliy asosda loyihalash, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

🌱 Mazkur hamkorlik “Yashil makon” tashabbusining maqsad va vazifalarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
2025/07/13 11:56:58
Back to Top
HTML Embed Code: