Telegram Web Link
#fauna #фауна

🕸Do‘lma argiopa fotokamerada

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida noodatiy o‘rgimchak — do‘lma argiopa (argiope lobata) ni kameraga muhrlashdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/64991

🕸Аргиопа дольчатая в объективе

Сотрудники Национального природного парка «Юкори Тупаланг» при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата в ходе планового экологического мониторинга зафиксировали на камеру необычного паука — аргиопу дольчатую (argiope lobata).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/64991

🕸Lobed Argiope Spider Captured on Camera

During routine environmental monitoring, staff at Yukori Tupalang National Nature Park, under the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change of the Republic of Uzbekistan, captured a rare lobed argiope spider (Argiope lobata) on camera.
https://gov.uz/en/eco/news/view/64991

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumani hududidagi mavjud bog’ yonib ketganligi bo’yicha e’lon qilingan xabarlar bo’yicha Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Denov tuman bo‘limi tomonidan tumanning Mustaqillik SIU "Katta Qarshi" mahallasida faoliyat yuritayotgan “Boboev Sherzod omadli bog‘i” fermer xo‘jaligida o’rganish ishlari olib borildi

🔍 O‘tkazilgan tekshiruv davomida ushbu xo‘jalik hududida barg xazon va o‘simlik qoldiqlari noqonuniy ravishda yoqilganligi holati aniqlandi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi.

📄 Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, fermer xo‘jaligi rahbariga belgilangan tartibda majburiy ko‘rsatma berildi. Unga ko‘ra, kelgusida chiqindilarni noqonuniy yoqish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik sharti qo‘yildi.
Fermer xo’jaligi rahbariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
♻️ Esingizda bo‘lsin: chiqindilarni noqonuniy yoqish nafaqat tabiatga zarar yetkazadi, balki inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko\
💬Ekologiya vazirligi yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar qatoridan o‘rin oldi

Yurtimizda yoshlar siyosatini amalga oshirish, ularning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqarish borasida samarali faoliyat olib borayotgan tashkilotlar ro‘yxati ma'lum qilindi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasida saralangan eng yaxshi 30 ta tashkilot qatoridan o‘rin oldi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/65038

💬Министерство экологии вошло в число образцовых организаций по работе с молодежью

Обнародован список организаций, эффективно реализующих молодежную политику в стране, раскрывающих потенциал и способности молодежи. Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата вошло в топ-30 лучших организаций среди более чем 150 министерств и ведомств.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/65038

💬Ministry of Ecology Recognized Among Top Institutions for Youth Development

A national ranking of organizations that are effectively implementing youth policy and fostering the potential of young people in Uzbekistan has been published. Out of more than 150 ministries and agencies evaluated, the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change of the Republic of Uzbekistan was recognized as one of the top 30 institutions setting a positive example.
https://gov.uz/en/eco/news/view/65038

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩 RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda To‘palang daryosidan noqonuniy qum-shag‘al olinayotgani haqidagi murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Hududga chiqilib, holat joyida o‘rganildi.
🔍 Natijada, To‘palang daryosi qirg‘og‘ida noqonuniy ravishda tosh va shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi.

Ulardan biri Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro B.A.,Ikkinchisi esa Uzun tumanida yashovchi fuqaro M.D. tomonidan sodir etilgan.
🛑 Qonunbuzarlik holatlari yuzasidan, mazkur fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70¹-moddasi 1-qismiga asosan Bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
4
Bandixon tumanida joriy yil davomida ekologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan briffing tashkil etildi. Unda Bandixon tuman Ekologiya bo'limi rahbari Umid Narmanov jamoatchilikka bajarilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.


📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
Surxondaryoda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda: yozgi jaziramada ekilgan daraxtlar sug‘orilmoqda

Surxondaryo viloyatida obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayni paytda yozning jazirama kunlarida yangi ekilgan daraxtlarni saqlab qolish va ularning sog‘lom o‘sishini ta'minlash maqsadida muntazam sug‘orish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida ko‘plab mahallalarda, jamoat joylarida va yo‘l yoqalarida ekilgan daraxtlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududiy obodonlashtirish xizmatlari tomonidan har kuni belgilangan jadval asosida sug‘orish texnikalari jalb etilib, daraxtlarga yetarli miqdorda suv berilishi ta'minlanmoqda.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu chora-tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirishga, balki iqlim o‘zgarishlari ta’sirini yumshatishga ham xizmat qiladi.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
Surxondaryoda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda: yozgi jaziramada ekilgan daraxtlar sug‘orilmoqda

Mazkur tadbirlar viloyat Ekologiya,atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan tashkil qilinmoqda.


📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
2025/07/14 00:28:57
Back to Top
HTML Embed Code: