Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘rgazma maydonida Surxondaryo viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiya o‘zining jo‘shqin surxoncha folklor kuy-qo‘shiqlari bilan har bir mehmonning qalbiga quvonch va iliqlik bag‘ishlamoqda. Milliy torlar sadolari, do‘mbira ohanglari va sho‘x raqslar muhitga bayramona ruh, o‘ziga xos milliy kolorit olib kirmoqda.

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tg-me.com/surxoneko
📍 #Eco_Expo_Central_Asia_2025
Toshkent shahridagi “Central Asian Expo” (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” nomli ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

🌱 Ushbu nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati o‘zining boy milliy qadriyatlari va madaniy merosi bilan faol ishtirok etib, tashrif buyurganlarning e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Mahalliy hunarmandchilik, ekologik toza mahsulotlar, urf-odatlar va zamonaviy “yashil” texnologiyalar uyg‘unligi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

🇺🇿 Bu kabi ko‘rgazmalar O‘zbekistonning ekologik barqarorlikka bo‘lgan e’tiborini namoyish etib, hududlar salohiyatini ochib beradi.


🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tg-me.com/surxoneko
👍1
📍 #Eco_Expo_Central_Asia_2025
🌍 Toshkent shahridagi “Central Asian Expo” (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida bugun “Eco Expo Central Asia 2025” ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.


🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati


Kanalga ulanish :https://www.tg-me.com/surxoneko
📍 #Eco_Expo_Central_Asia_2025
🌱 Ushbu nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati o‘zining boy milliy qadriyatlari, madaniy merosi, hunarmandchiligi, va ekologik toza mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Mehmonlar “yashil” texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan an'anaviy urf-odatlar, mahalliy mahsulotlar va tabiatga do‘stona yondashuvga katta qiziqish bildirmoqda.

🌪 Surxondaryo viloyatining iqlim xususiyatlari, xususan, chang bo‘ronlari va qurg‘oqchilik xavfiga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan ekologik startap loyihalar ham ko‘rgazmaning diqqat markazida. Bu borada innovatsion yondashuvlar, xususan changni filtrlovchi tizimlar, yashil zonalarni kengaytirish va biofiltrlar bo‘yicha ilg‘or takliflar taqdim etilmoqda.

🔬 Ayniqsa, Termiz davlat universitetining yosh olimlari tomonidan taqdim etilgan zamonaviy havo filtrlash texnologiyalari – ekologik xavfsizlikni oshirishga qaratilgan loyihalar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirmoqda. Bu filtrlar chang va zararli moddalarning havoga tarqalishini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, tabiiy resurslardan foydalanilganligi bilan ajralib turadi.

🌿 Ko‘rgazma doirasida ekologiya, innovatsiya va milliy qadriyatlar bir makonda uyg‘unlashib, kelajak avlod uchun barqaror yashash muhitini yaratish yo‘lida amaliy qadamlar tashlanmoqda.


🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tg-me.com/surxoneko
♻️ Surxondaryo delegatsiyasi “Blue Carbon” bilan ekologik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi

📅 “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakillari Xitoyning “Blue Carbon” MCHJ kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🌍 “Blue Carbon” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan texnologiyalar – karbonsizlashtirish, quyosh va bioenergiya asosidagi yechimlar, va ekologik toza ishlab chiqarish tizimlari bilan tanishtirildi.

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tg-me.com/surxoneko
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

“Eco Expo” birinchi xalqaro ekologik ko‘rgazma o‘z ishini boshladi

Toshkentda “Eco Expo Central Asia 2025” birinchi xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi boshlandi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan keng koʻlamli tadbir 30 dan ortiq davlatni birlashtirib, 19–21-iyun kunlari "Central Asian Expo" (CAEx) koʻrgazmalar majmuasini muloqot, ilgʻor tajriba almashish va “yashil” transformatsiyani ilgari surish uchun yetakchi platformaga aylantirmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/62683

Первая международная экологическая выставка Eco Expo начала свою работу

В Ташкенте стартовала первая международная выставка экологических технологий Eco Expo Central Asia 2025. Масштабное мероприятие, не имеющее аналогов в Центрально-Азиатском регионе, объединило более 30 стран и трансформирует выставочный комплекс Central Asian Expo (CAEx) с 19 по 21 июня в ведущую платформу для диалога, обмена передовыми практиками и продвижения «зелёной» трансформации.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/62683

The First International Environmental Exhibition — Eco Expo — kicks off in Tashkent

The first international exhibition of environmental technologies — Eco Expo Central Asia 2025 — has officially opened in Tashkent. This large-scale event, the first of its kind in the Central Asian region, has brought together participants from more than 30 countries. From June 19 to 21, the Central Asian Expo (CAEx) exhibition centre will be transformed into a leading platform for dialogue, knowledge exchange and the promotion of green transformation.
https://gov.uz/en/eco/news/view/62683

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 22:24:09
Back to Top
HTML Embed Code: