Telegram Web Link
📍 Cho‘l hududlarida ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi

🚰 Cho‘l hududlarida aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Rossiyaning “Aquagenica” MChJ kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik (kelishuv) bitimi imzolandi.

🤝 Kelishuv doirasida suv ta’minoti bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, cho‘l zonalarida ekologik xavfsiz va barqaror ichimlik suvi tizimlarini yaratish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.

🌿 Ushbu tashabbus aholining hayot sifatini oshirish, cho‘l hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan Surxondaryo viloyati paviloni bilan tanishdi

🟢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda vazir o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan Surxondaryo paviloni bilan tanishdi

Tashrif chog‘ida mehmonlarga viloyatning ekologik tashabbuslari, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi amaliy ishlari, hududiy turizm salohiyati hamda iqlim o‘zgarishiga moslashuv yo‘nalishidagi loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Ayniqsa, vazir o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinovning e’tiborini Surxondaryoga xos kuy-qo‘shiqlar, milliy qadriyatlar va madaniy an’analar o‘ziga tortdi. U ushbu jihatlarning hudud ekologiyasi va turizm bilan uyg‘unlashgan holda namoyish etilayotganini alohida e’tirof etdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati


📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
1
Qoraqalpog‘iston – ekologik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

🌿 “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi doirasida Surxondaryo viloyati Ekologiya, etrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan ekologik yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📌 Muzokaralar ochiq, konstruktiv ruhda o‘tib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.


Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
2025/07/12 10:51:33
Back to Top
HTML Embed Code: