Telegram Web Link
Audio
Surxondaryo radiokanalining "Maxsus Reportaj" eshittirishida viloyatda yozning issiq kunlarida daraxtlarni saqlab qolish, yashil hududlarni parvarishlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🎙 Eshittirishda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi "Yashil makon" sho‘basi boshlig‘i Rustam Abdurahmonov ishtirok etdi.

📌 Eshittirish tafsilotlarini Surxondaryo radiokanali orqali tinglashingiz mumkin.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
Audio
Surxondaryo radiokanali hamda Viloyat ekologiya boshqarmasi hamkorligida efirga uzatilayotgan "Inson va tabiat" eshittirishining navbatdagi sonida Surxon davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muhiddin Mamatqulov ishtirok etdi.

🎙️ Suhbat davomida: 🌿 Qo‘riqxonalarning tabiatni muhofaza qilishdagi roli
🌱 Aholining ekologik madaniyatini oshirish yo‘llari haqida so'z boradi.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | “Surxon” davlat qo‘riqxonasida hayvonot va o‘simliklar dunyosini asrash va ko‘paytirish ishlari bo‘yicha reportaj


📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
👍1
🐿️ OLMAXON – tabiat bog‘ida ilk ko‘rinish berdi! 🐿️

"Yuqori To‘palang"milliy tabiat bog‘ida quvnoq va chaqqon jonivor — olmaxon ilk bor ko‘zga tashlandi!

🌿 Tabiat bog'ining "Tamshush" bo‘limida o‘tkazilayotgan nazorat-reyd tadbirlari chog‘ida, qo‘riqlash xodimlari turgan joyga to‘satdan olmaxon yaqinlashdi. Uni nazoratchi M. Rōziboyev mobil qurilmasiga tasvirga olishga ulgurdi. 📱

📌 Qiziqarli ma’lumotlar: ▪️Olmaxonning tanasining uzunligi: 40 sm
▪️ May oyida 3-6 tagacha bolalaydi

▪️ Oziqlanishi: o‘rmon yong‘oqlari, mevalar, danaklar, hasharotlar

📍 Olmaxon "Yuqori To‘palang" milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostida.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
2👍1
RASMIY BAYONOT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va jamoatchilikning e’tiborini tortgan videoyozuvda Sariosiyo tumanining Chosh qishlogʻida ov holati tasvirga olingani va unda "Qizil kitob"ga kiritilgan hayvon oʻldirilgani da’vo qilingan.



Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
1
Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganish olib borildi.

O’rganish natijasiga koʻra, videodagi ov 2023-yil dekabr oyida qonuniy asosda amalga oshirilgan.
Unga ko'ra ov ruxsatnomasi Oʻzbekiston Ovchilar va Baliqchilar sport birlashmasi tomonidan rasmiy ravishda berilgan. Hujjatlar bo‘yicha ovchilar S. S, S.M hamda T.M. bo‘lib, ular №000132 raqamli ruxsatnoma asosida, 2023-yil 12-dekabr kuni ov qilgan. Ma'lumot o'rnda aytish joizki, Sibir tog' echkisi noyob hayvonlar safiha kirmaydi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan.
Ov turi: Sibir tog‘ echkisi (Capra sibirica) — bu tur 2023-yil uchun tasdiqlangan ruxsat etilgan ovlanadigan hayvonlar roʻyxatida mavjud, buning isboti sifatida rasmiy tarif jadvallari mavjud.

Ruxsatnoma "Erkin hudud"da ov qilishga tegishli boʻlgan va ovchilar 1 bosh Sibir tog' echkisini ovlagan.

Ovchilardan har biri uchun belgilangan to'lovlar amalga oshirilgan va bu moliyaviy hujjatlar bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, ruxsatnoma viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan berilgan №58-sonli ruxsat bilan ham tasdiqlangan.

📌 Shunday qilib, ov holati amaldagi qonunlarga,ekologik nazorat va tartiblarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Ovchilik toʻgʻrisida”gi qonuniga toʻliq mos ravishda amalga oshirilgan.

Shu sababli videodagi holat noqonuniy emas, balki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ov jarayoni boʻlganini ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
4
🔴Surxon” davlat qo’riqxonasida noqonuniy morxo’r ovlanishi bilan bog’liq huquqbuzarlik fosh etildi: Ko’ngilxushlik va nafs yetaklagan fuqarolarning qilmishi qimmatga tushdi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/surxoneko
👍2
2025/07/14 21:52:28
Back to Top
HTML Embed Code: