Telegram Web Link
📢 “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari”

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining 2025-yil IV-chorak uchun ishlab chiqilgan ish rejasi 12-bandiga asosan “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” shiori ostida targ‘ibot materiallari ishlab chiqish hamda sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan onlayn (Zoom) profilaktika yig‘ilishi tashkil etildi.

🔗 Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning tahlili haqida ma’lumotlar taqdim etilib, har qanday maishiy korrupsiya holatlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.

📈 Shuningdek, xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelib-ketishlarini nazorat qilish, funksional vazifalarni to‘liq bajarish hamda ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY MA'LUMOT

⚖️ YER TUZISH LOYIHALARIDAN O'ZBOSHIMCHALIK BILAN CHETGA CHIQISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

📃
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqqan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda, 1-qismi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) barovari, mansabdor shaxslarga esa 5 (besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

Telegram Facebook Instagram YouTube
HUQUQIY MA'LUMOT

Yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarliklar kuchaytirilganligidan habardormisiz.

📱
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalari o'zboshimchalik egallab olingan taqdirda🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-moddasi, 2-qismi bilan "Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish" Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 (o'ttiz) baravari, mansabdor shaxslarga esa 70 (yetmish) baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿 Asos: O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-sonli Qonuni.


Telegram Facebook Instagram YouTube
⚡️Yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarliklar kuchaytirilganligidan habardormisiz.

📃 Unda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

◼️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari,;

◼️ Mansabdor shaxslarga esato‘rt yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

🇺🇿 Asos: O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-sonli Qonuni.

Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

HUQUQIY MA'LUMOT.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish shart!

🌏 Qonunchilikka ko'ra Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.

📃 Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi 803-son Qonunining 43-moddasiga asosan:

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatning hisobi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran boshlanadi, agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan boʻlsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin boʻlgan yoki qoʻshimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud boʻlganda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uch ish kuniga toʻxtatib turilishi mumkin. Bunday holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida vositachini va (yoki) arizachini bir ish kuni ichida xabardor qiladi.


#Kadastr_agentligi #etirof #803_qonun

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR SOHASIGA OID BRIFING

Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 12-sentyabrdagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–172-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan brifing.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 243 284 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 35 252 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 7 901 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 20 395 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 13 801 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ona_tilim_faxrim #chorlov
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

🫥 Til – xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.

Zero, Ona tili – millatning ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi degani. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barchamiz namuna bo‘laylik!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol; Qanday ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va cheklovlar davlat ro'yxatidan o'tkaziladi ?

Javob:
📃 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▪️Mulk huquqi;
▪️Doimiy egalik qilish huquqi;
▪️Doimiy foydalanish huquqi;
▪️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
▪️Ijara huquqi, shu jumladan ijaraga olingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) natijasida yuzaga keladigan ijara huquqi;
▪️Ikkilamchi ijara huquqi;
▪️Xo‘jalik yuritish huquqi;
▪️Operativ boshqarish huquqi;
▪️Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
▪️Bepul foydalanish huquqi;
▪️Renta;
▪️Ipoteka;
▪️Servitut;

💬Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.


Asos; 🇺🇿
O'zbekison Respublikasining 28.11.2022-yildagi "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida"gi O'RQ-803-sonli Qonuni.


📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Ko'chmas mulk sotib olishdan oldin
nimalarga e'tibor qilish kerak?

➡️ Ko'chmas mulk (uy, xonadon, yer uchastkasi) sotib olish — bu katta sarmoyadir. Pul yo'qotmaslik uchun faqatgina notarius tasdiqlagan hujjatga ishonib qolmang.

Ko'chmas mulkning kadastr hujjati borligi uni muammosiz mulk degani emas. Sotib olishdan avval quyidagi 3 ta muhim jihatni tekshirish shart:

😏Mulkka qo'yilgan taqiqlarni: Bunda mulk garovda yoki garovda emasligi, sud yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hujjatlari bilan ta'qiq qo‘yilgan yoki boshqa majburiyatlar belgilanganligini aniqlash lozim! Ko‘chmas mulk obyektida ta'qiq yoki cheklovlar mavjud bo‘lsa, xarid bitimi keyinchalik bekor qilinishi mumkin.

😞Ko'chmas mulkning haqiqiy chegara nuqtalari hududini: Agar yer uchastkasi sotib olayotgan bo‘lsangiz, kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan yer uchastkasi chegara hududi o‘lchovlarga mos kelishiga shuningdek, kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan bino va inshootlarning o‘lchov ma’lumotlari amaldagi o‘lchamlarga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Aks holda, qo‘shnilar bilan ko‘chmas mulk mansubligi masalasida nizolar kelib chiqishi mumkin.

😟Hujjatdagi foydalanish maqsadning mos kelishi: Agar siz ishlab chiqarish (biznes) yoki turar joy uchun ko‘chmas mulk olayotgan bo‘lsangiz, kadastr hujjatlarida ko‘chmas mulkdan foydalanish maqsadi qanday ko‘rsatilganiga ya’ni "noturar yoki turar joy" yoxud "ishlab chiqarish" deb ko‘rsatilganiga e’tiborli bo‘ling. Agar ko‘chmas mulkdan hujjatda ko‘rsatilgan foydalanish maqsadidan boshqa maqsadda foydalansangiz Sizga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi mumkin.


#DavKadastrPalata #Bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dachalarga 937-son qonun bo’yicha hujjat qilib beriladimi yoki yo’q?

🏡 Dacha bog’dorchilik va uzumchilik shirkati yer maydonida joylashgan ko’chmas mulk.

Videoda ushbu savolga javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr agentligining da’vosi qanoatlantirildi


⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmiga ko‘ra, Kadastr agentligining Uzun tuman bo'limi tomonidan fuqaroga nisbatan kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.

📑 Mazkur sud qarori Agentlik tomonidan qonuniylikni ta’minlash va yer munosabatlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning muhim natijasidir.

➡️ Batafsil "M5" telekanalining "Millar" informatsion dasturida.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

KADASTR SOHASIGA OID RADIO ESHITTIRSH

Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 12-sentyabrdagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–172-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan radio eshittirish tashkil etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 02:20:18
Back to Top
HTML Embed Code: