Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂

TELEEFIRDA QONUN TARG‘IBOTI


🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi bosh mutaxassisi X.Umirov , Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassis-ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi B.Buriyev hamda Shoʻrchi tumani filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi Sh.Shaymardonova “Surxondaryo” telekanalining MUNAVVAR KUN tonggi dasturida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan ko‘plab savollar yuzasidan ma’lumot berdilar.

#SurxonKadastr #oav_biz_haqimizda #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан Остона шаҳрига келди. Давлатимиз раҳбарини Қозоғистон Бош вазири Олжас Бектенов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева прибыл в город Астану. Главу нашего государства встретили Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📍 Surxondaryo va Buxoro viloyatlarining jamoatchilik bilan aloqalar masalalari muhokama qilindi

🌟Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari N.Atamuratov boshchiligida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo va Buxoro viloyatlari boshqarmalari rahbarlari, sho‘ba mudirlari, shahar va tuman bo‘limlari, filiallari rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗣 Yig‘ilish davomida:
🔹 Kadastr xizmatlarini aholiga yetkazishda jamoatchilik bilan aloqalarni samarali yo‘lga qo‘yish,
🔹 OAV va blogerlar bilan hamkorlikni kuchaytirish,
🔹 Aholi va tadbirkorlar uchun sohaga oid yangiliklarni tezkor va aniq yetkazish masalalari muhokama qilindi.


📌 Shuningdek, yer nazorati tadbirlarini, xatlov ishlarini yoritish va rasmiy izohlar berishda matbuot xizmati bilan hamkorlikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.

📊 Yig‘ilishda soha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor rejalar belgilab olindi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yer maydonlaridan foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

📍 Jumladan, Bandixon tumani “Polvontosh” mahallasida yashovchi fuqaro X.R. tomonidan Muzrabot–Dushanbe magistral gaz quvuri muhofaza hududidan o‘zboshimchalik bilan 600,0 kv.metr yer maydoni egallab olinib, 250,0 kv.metr hajmdagi uy-joy qurilgani aniqlangan.

📍 Shuningdek, Sho‘rchi tumani “Xushchekka” mahallasida yashovchi fuqaro A.J. tomonidan davlat zaxirasidagi o‘rmon fondi yer maydonidan 200,0 kv.metr yer noqonuniy egallab olinib, 183,0 kv.metr poydevor (fundament) binolari qurilgani holati aniqlangan.

📄 Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan, inspektorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima qarorlari qabul qilindi va bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli Qonuniga muvofiq, faqat 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda qurilgan va o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar, bino hamda inshootlar ko‘rib chiqilishi mumkin.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 13:29:09
Back to Top
HTML Embed Code: