Telegram Web Link
📄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

💠yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

💠binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

💠ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

💠qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

📃Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartirishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

😄Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Asos: 👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida👔gi 803-sonli Qonun.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 33yil to'ldi

🌏 “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

🇺🇿Davlat gerbining soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

#Surxonkadastr #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayi harakatlar davom etmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠 Xususan, Qo‘mqo‘rg‘on filiali xodimlari tomonidan tumanning bir nechta mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️2025-yilning 1-Iyul holatiga Surxondaryo viloyatida 607 479 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud.

SHUNDAN:
🏠Turar joylar -559 909 ta

🏡 Aholi turar-joylar soni -456 828 ta
🏬 Ko‘p qavatli uydagi xonadon - 52 217 ta
🧊 Bo‘sh yer maydon - 50 679 ta
🏘 Xizmat uylari - 185 ta

🏢 Noturar joylar- 47 570 ta

👬 Jismoniy shaxslar - 21 790 ta
🤵‍♂️ Yuridik shaxslar -25 780 ta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:      
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

937-Qonun ijrosi rahbariyat nazoratida


⭐️ Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Surxondaryo viloyati, Termiz tumanining "Navro‘z" mahallasida olib borilayotgan xatlov jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

◼️ Jarayon davomida kadastr xodimlari tomonidan aniqlangan o‘lchov natijalaridagi ayrim xato va kamchiliklar bevosita joyning o‘zida bartaraf etilmoqda.

🗣 Nazorat tadbirlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV |Noqonuniy ish keltirar tashvish

⚖️ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati, Forish tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaroga nisbatan kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.

🌟 Batafsil "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бокуда Озарбайжонга давлат ташрифини амалга ошираётган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В Баку прошла церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, совершающего государственный визит в Азербайджан.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Shaxsiy turar joy mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish tartibi

🌟 Sizning nomingizda shaxsiy turar joy mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotnoma kerakmi? Endi bu xizmatni onlayn olish juda oson!

🔹Xizmat tavsifi:
🌟Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🛠 Xizmat qanday ishlaydi?
🌟Ariza beruvchi YIDXP’da (my.gov.uz) ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi.

Natijani olish usuli:
🌟An’anaviy (qog‘ozda) yoki
🌟Elektron shaklda (PDF + QR-kod bilan)

Xizmat ko‘rsatilish muddati:
🌟Ariza yuborilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

💠 Talab qilinadigan hujjatlar:
🌟Hech qanday hujjat talab etilmaydi

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
🌟Jismoniy shaxslar

📞 Bog‘lanish:
🌟Ishonch telefoni – 1097, +998 (71) 207-00-03

📃 Huquqiy asos:
🌟O‘zbekiston Respublikasi VMning 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar

🔴Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimdir.

#термины в кадастровой сфере

🔵Геоинформационная система - для сбора, обработки, анализа, хранения, моделирования и отображения информации о географических объектах, а также информации государственного или сетевого значения с использованием картографической информации и учета. представляет собой автоматизированную систему, предназначенную для решения задач, связанных с книгой.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OLTI OYLIK MUROJAATLAR TAHLILI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga 6 oy davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili.

⚡️Jami kelib tushgan murojaatlar soni - 3 917 ta

◼️ Kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish bo’yicha – 1 768 ta
◼️ Yer maydonlarini ajratish bo’yicha – 826 ta
◼️ Noqonuniy qurilishlar bo’yicha –138 ta
◼️ Yer uchastkasini qaytarib berish bo‘yicha –29 ta
◼️ Yer maydonlarini o‘lchab berish bo‘yicha –110 ta
◼️ Ko‘chmas mulklar to‘g‘risida ma`lumotlar berish – 746 ta
◼️ Boshqa masalalar bo‘yicha– 300 ta

🗣 Shundan;

Ijobiy hal etilganlari soni - 2 362 ta Hu'quqiy ma'lumot berilganlari soni - 1217 ta
Rad etilganlar soni - 307 ta
O'rganish jarayonida - 31 ta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 05:17:36
Back to Top
HTML Embed Code: