Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP STATISTIKASI

⭐️ 🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2025-yil 1-iyul holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 302 342 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Matbuot anjumani

🗓 2025-yil 10-iyul kuni soat 15:00 da Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi 📍binosida bo‘lib o‘tadi.

Mavzu:⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lib o‘tadi.

◼️ Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdiraxmanov Menglimamat Abdishukurovich;
◼️ Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shaymardanov Sobir Xo'shboqovich

Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Kadastr agentligi tizimida xotin-qizlar masalalari e’tibor markazida

🗓 2025-yilning birinchi yarmida 🌟 Kadastr agentligi tizimida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

🌟 Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ularni rag‘batlantirish va muammolarini o‘rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar, seminar-treninglar va ijtimoiy o‘rganishlar tashkil etildi.

🌟 “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida xotin-qizlar uchun madaniy-ma’naviy tadbirlar, sport musobaqalari va bayramlar uyushtirildi.

🌟 "Yashil makon" umumxalq loyihasi doirasida tizim xotin-qizlari tomonidan 822 tup mevali va manzarali daraxtlar ekilib, atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo‘shildi.

🌟 Tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayollar uchun masofaviy o‘quv kurslari tashkil etilib, ularning kasbiy malakasi oshirildi.

🌟 Moliya imkoniyatlaridan kelib chiqib, xotin-qizlarga moddiy rag‘bat, mukofot pullari, ustamalar va kontrakt to‘lovlari ko‘rinishida ko‘mak ko‘rsatildi.

🗣 Agentlik xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, salohiyati va mehnatini yuksak qadrlaydi. Ularning hayotdan rozi, oilaviy baxtli va kasbiy jihatdan faol bo‘lishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratishda davom etadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari


🇺🇿 Hudud xaritasi – mahalladagi inventarizatsiya hududi chegarasidagi yopiq maydon (poligon)da joylashgan ko‘chmas mulklar uchun Internet tarmog‘idagi ochiq xaritalar va shu kabi boshqa tizimlardan nusxa olingan fotosurat, ushbu xaritada inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida shakllangan abris raqamlari joylashtiriladi hamda hududiy ko‘rinish sifatida foydalaniladi.

#Surxon #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Halollik – har bir xodimning asosiy mezoni bo‘lishi shart !

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari tomonidan Muzrabod tumanidagi Kadastr boʻlim (filiali) xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📃Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:

◼️ 2025 yil 21 aprelda qabul qilingan PF-71-sonli Prezident Farmoni ijrosi – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar.
◼️ PQ-147-sonli Prezident Qarori – davlat organlaridagi ichki nazorat bo‘limlarining mustaqilligini taʼminlash va samaradorligini oshirish.
◼️ 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonun – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va qurilmalarga huquqni rasmiylashtirish ishlarining borishi.

▶️Tadbirda xodimlarga:

korrupsion xavflarning oldini olish,
halollik tamoyillariga rioya qilish,
fuqarolar murojaatlariga qonuniy va samarali yechim topish muhimligi tushuntirildi.

▪️ Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

🗣 Xodimlarga o‘z faoliyatida qonunchilik, halollik va shaffoflik mezonlariga qatʼiy amal qilish lozimligi taʼkidlandi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hududlarda xatlov ishlari davom etmoqda

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hududlarda xatlov ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Qashqadaryo viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri

📊 2025-yilning 10-iyul holatiga 452 911 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazildi.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:21:13
Back to Top
HTML Embed Code: