Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YERLARDAN FOYDALANISHDA QONUNIYLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANMOQDA.


⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Yangi avlod'" mahallasida yashovchi fuqaro A.A tomonidan tumandagi davlat zaxirasida bo'lgan yer maydonidan o'zboshimchalik bilan 77.0 kv.metr egallab olib, uy-joy uchun poydevor (fundament) binosi qurib olganligi holati aniqlangan.

⭕️ Aniqlangan holat yuzasidan, Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro A.A.ning o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer maydonida qurilgan poydevor (fundament) binosiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatma ham berilgan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli Qonuniga muvofiq, faqat 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda qurilgan va o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar, bino hamda inshootlar ko‘rib chiqilishi mumkin.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Quyida hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 70 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 400 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🗣 Shuningdek, 60¹-moddasi bilan Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining — 20 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📑📑📑📑

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi takomillashtiriladi


🇺🇿 “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–172-son, 12.09.2025 y.) qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilangan, jumladan:

tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va realizatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.

📃 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachilariga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.

▪️Mazkur yerlar egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga bo‘lgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

▪️Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi:
💬 O‘zbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30 yil;
💬 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25 yil.


#Kadastr #huquqiy_asos #PF_172

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tadbirkorlarga mavsumiy faoliyat uchun yer uchastkalari ijaraga beriladi!


➡️ Joriy yil 1-oktabrdan boshlab tadbirkorlar o‘z bino va yerlariga tutash bo‘lgan umumiy foydalanishdagi hududlarda (maktab, bog‘cha, shifoxonalardan tashqari) umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda ijara asosida foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Barcha ijara shartnomalari maxsus elektron tizim orqali Soliq qo‘mitasining axborot bazasida ro‘yxatdan o‘tadi va Kadastr ma’lumotlari asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.

⚠️ Yangi tartib – yerdan foydalanish jarayonida aniqlik, tartib va samaradorlikni ta’minlaydi. Ushbu tizim tadbirkorlar, mahalliy hokimiyat va davlat organlari o‘rtasida muvofiqlikni oshiradi, shu bilan birga yer resurslarini ehtiyotkorlik bilan boshqarishga yordam beradi.


❗️Esda tuting: Qonuniy faoliyat – bu barqaror daromad va ishonchli biznes!

#Surxonkadastr #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sohaga doir atamalar

◼️Boshlang‘ich ma’lumotlar (datalar) — geodezik ma’lumotlar, balandliklar ma’lumotlari va mahalliy ma’lumotlarni (mahalliy koordinatalar tizimini o‘rnatish uchun ma’lumotlarni) umumlashtiruvchi atama. Boshlang‘ich ma’lumotlar koordinatalar tizimi o‘qlarining Yer jismidagi boshlanish holatini, masshtabini va yo‘naltirilganligini belgilaydi.

💬 Izoh: Mahalliy koordinatalar tizimlarini o‘rnatishdagi boshlang‘ich ma’lumotlar (datalar).

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — yangi imkoniyatlar poydevori


📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7735323.pdf
8.9 MB
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–173-son, 19.09.2025 y.) qabul qilindi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qizil maydonga qurilish qila olamanmi?

Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?

Javob:

🇺🇿Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 08:53:20
Back to Top
HTML Embed Code: