#kadastr_xizmati #bilasizmi
🏠 Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
⏩ Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
‼️ Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.
Asos:O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi
803-sonli qonuniga ko'ra
📩 Telegram 📩 Facebook 📩 Instagram 📩 YouTube
Asos:O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi
803-sonli qonuniga ko'ra
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday hollarda rad etiladi?
◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shu jumladan vositachilar orqali axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanilgan holda beriladi.
◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga vositachilar ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaganidan keyin yuboriladi.
▶️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
✅ ariza vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
✅ hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan bo‘lsa;
✅ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa;
✅ noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa (bundan texnik xatolar mustasno);
✅ vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa;
✅ davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lsa;
✅ arizada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun bilan taqiqlangan bo‘lsa.
🗣 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi rad etgan taqdirda, ular rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda vositachilarga qaytariladi.
◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir keyingi harakatlar ham ushbu ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan amalga oshiradi.
💬 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining qaroriga ko‘ra almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
✅ Manba: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son (42-modda)
📩 Telegram 📩 Facebook 📩 Instagram 📩 YouTube
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday hollarda rad etiladi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
