Telegram Web Link
Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida, yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida umumta’lim maktablarida "Kasb markazlari" faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun mazkur markazlar o‘z faoliyatini boshladi.

Xususan, Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan "Kasb markazi"da o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar, kurs va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali hududlardagi yana 15 ta markaz faoliyatiga rasman start berildi.

"Kasb markazlari"da quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan:

hunarmandchilik, kulolchilik, yog‘och va metall o‘ymakorligi;
sartaroshlik, robototexnika, oshpazlik va qandolatchilik;
karving san’ati, tikuvchilik va kiyim dizayni;
fotografiya, videotasvirga olish, grafik dizayn va gulchilik;
duradgorlik, avtotrinajyor, kibersport va ot sporti;
SMM (Social Media Marketing) — Instagram, TikTok, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, reklama va targ‘ibot strategiyalari.

Viloyat hokimi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi hamda o‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garaklar sonini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
MILLIY LIBOSLAR KUNI – MILLIY QADRIYATLAR IFODASI

⚜️“Milliy liboslar kuni” milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni hurmat qilish va yosh avlodga ulug‘ ajdodlarimiz merosini yetkazish kabi muhim maqsadlarga ham xizmat qilmoqda.

◼️Shu boisdan, ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar ham ushbu tashabbusda faol ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI

📊 Yuqoridagi infografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-997-sonli Qonuni ahamiyati, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

⚡️ Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish holatlarining kamayishiga xizmat qiladi.


#Kadastr #infografika #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumotlar

📃 Yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan ushbu qonunning ustuvor yo‘nalishlari haqida infografika orqali tanishing!

➡️ O‘RQ-1061-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣️ Axborot siyosati – ochiqlik va ishonch kafolati

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Kadastr tizimida axborot siyosatini samarali olib borish bo‘yicha muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

⭐️ Kadastr agentligining Axborot xizmati rahbari N.Atamuratov hududiy boshqarmalarda bo‘lib, axborot siyosatini takomillashtirish, jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tadbirda boshqarma rahbarlari, tuman va shahar bo‘limlari hamda filial vakillari ZOOM platformasi orqali faol ishtirok etdi.

💬 Muhokama etilgan asosiy yo'nalishlar:
⭕️ Jamoatchilik, OAV va blogerlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
⭕️ Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiluvchi kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
⭕️ Salbiy xabarlarga tezkor va asosli javob berish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
⭕️ Kadastr tizimidagi islohot va yangiliklarni aholiga tez va to‘g‘ri yetkazishda axborot xizmatlarining rolini kuchaytirish.

Uchrashuvlar davomida mavjud tajriba almashinuvi amalga oshirildi, muammolar tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.

📢 Axborot siyosati – bu faqat matbuot emas, bu ochiqlik, ishonch va jamoatchilik bilan muloqotning samarali ko‘rinishidir.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizdan halollik va masʼuliyat talab etadi !

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari tomonidan Boysun tumanidagi Kadastr boʻlim(filial)i xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📃Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:

◼️ 2025 yil 21 aprelda qabul qilingan PF-71-sonli Prezident Farmoni ijrosi – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar.
◼️ PQ-147-sonli Prezident Qarori – davlat organlaridagi ichki nazorat bo‘limlarining mustaqilligini taʼminlash va samaradorligini oshirish.
◼️ 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonun – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va qurilmalarga huquqni rasmiylashtirish ishlarining borishi.

▶️Tadbirda xodimlarga:

korrupsion xavflarning oldini olish,
halollik tamoyillariga rioya qilish,
fuqarolar murojaatlariga qonuniy va samarali yechim topish muhimligi tushuntirildi.

▪️ Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

🗣 Xodimlarga o‘z faoliyatida qonunchilik, halollik va shaffoflik mezonlariga qatʼiy amal qilish lozimligi taʼkidlandi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 330 ta yer uchastkalarini е-auksion elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

🔷Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 5 187 ta (ko'rish)
🔷Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 18 ta (ko'rish)
🔷Yoshlar sanoat zonalari uchun 2 ta (ko'rish)
🔷O‘rmon fondi yer uchastkalari 33 ta (ko'rish)
🔷Kichik sanoat zonalari uchun 55 ta (ko'rish)
🔷Turistik zona uchun 32 ta (ko'rish)
🔷Yangi O‘zbekiston massivlarida xizmat ko‘rsatish joylari 10 ta (ko'rish)
🔷Nodavlat umumta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalari uchun 3 ta (ko'rish)
🔷Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlar 43 ta (ko'rish)

Mazkur yer uchastkalarida мuddatli bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏡 Xonadonlar uchun yangi imkoniyat!

⭐️ Kadastr agentligi tasdiqlagan reja-grafikka asosan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Bu jarayon orqali aholining mulk huquqi kafolatlanib, huquqiy muammolar bartaraf etilmoqda.

➡️ Video lavhada Farg‘ona viloyatidagi jarayonlar bayon etilgan.

🔎 Qachon xatlov boshlanishini etirof.kadastr.uz sayti orqali bilib oling.


#Etirof #Kadastr #937_Qonun

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazish tartibi qanday va nimalarga e‘tibor qaratish lozim?

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hikmatli so‘zlar xazinasi

🗣️ Yoshlar – millatning ertangi kuni. Ularni haqiqat yo‘lida tarbiyalamasang, kelajak qorong‘ulikda qoladi.


✍️ Abdulla Qodiriy.

#Hikmatli_so_zlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 15:30:52
Back to Top
HTML Embed Code: