Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurash – barchamizdan masʼuliyat talab etadi!

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari ishtirokida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi xodimlar uchun muhim yig‘ilish tashkil etildi.

▶️ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda Inson resurslarini boshqarish bo‘limi rahbarlari ham ishtirok etishdi. Unda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va fuqarolar bilan muloqotda ochiq-oshkora, xolis yondashuvni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

⚡️ Yig‘ilishda asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:

◼️ Davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaviy xati-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
◼️ Vositachilar orqali muloqot qilish holatlarini tubdan bartaraf etish;
◼️ Fuqarolarga to‘g‘ri, aniq va huquqiy tushunchalarni berish orqali ishonchni mustahkamlash;
◼️Davlat xizmatlarini adolatli va shaffof tarzda ko‘rsatish.

🗣 Yig‘ilish yakunida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashda shaxsiy masʼuliyati, qonuniylikka rioya etish va fuqarolar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligi alohida taʼkidlandi.

👔 Bunday uchrashuvlar, avvalo, tizimda shaffoflikni taʼminlash va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

#SurxonKadastr #Korrupsiya #

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerga nisbatan noqonuniy harakatlarga qarshi nazorat kuchaytirilmoqda


⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, tumanning “Qorabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro N.A. tomonidan davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 259q-dala konturidan 5500.0 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 300.0 kv.metrdan iborat yashash uyi binosi qurilganligi aniqlandi.

❄️ Ushbu holat yuzasidan fuqaro N.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi va qurilmani bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.

❄️ Xuddi shunday nazorat tadbiri Sariosiyo tumanida ham amalga oshirildi. Tumaning “Galabutta’” mahallasida yashovchi fuqaro R.Z. tomonidan davlat zaxirasidagi 10q-dala konturidan 1000.0 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 60.0 kv.metrdan iborat poydevor (fundament) qurilganligi holati qayd etildi.

🌀 Ushbu holat bo‘yicha ham fuqaro R.Z.ga nisbatan yuqoridagi kodeks moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi hamda buzish bo‘yicha ham yozma ko'rsatma berildi.

Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📊 2022–2025 yillarda “YERELEKTRON” AAT tizimiga kiritilgan va elektron onlayn-auksionga chiqarilgan yer uchastkalari bo‘yicha ma’lumot:

📥 Tizimga kiritilgan jami yer uchastkalari:
🔹 241 794 ta (umumiy maydoni 18 039 ga)

🗓 2025-yil davomida kiritilgan:
🔸 24 802 ta (maydoni 5 810 ga)

Auksion savdolariga chiqarilganlar:
🔹 107 100 ta (maydoni 8 056 ga)

📆 2025-yilda auksionga chiqarilganlar:
🔸 14 984 ta (maydoni 1 102 ga)


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2025-yil boshidan 1-iyun kuniga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi.

28 774 kv.km. maydonda aero va kosmik suratga olish ishlari bajarildi;
1 605 dona suratlarni planli bog’lash ishlari bajarildi;
29 200 kv.km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi;
32 800 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
25 900 kv.km. maydonda topografik xaritalar yangilandi;
476,3 km. nivelirlash ishlari;
15 ta GNSS stansiyalarda ishchi markazlar qurildi;
1 081 ta geodeziya oʻlchovlarini bajarish;
41 100 nusxada topografik xaritalar chop qilindi;
90 625 nusxada umumgeografik va turli mavzuli xaritalar hamda boshqa poligrafik mahsulotlar nashr qilindi;
149 900 kv.km. maydonda Qoraqalpogʻiston Respublikasining ilmiy-maʼlumotnomaviy atlasi yaratildi;
67 000 kv.km. maydonda ochiq turdagi xaritalarni yaratildi;
47 378 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar ekspertizadan o‘tkazildi;
15 887 ta geografik obʻektlar nomlari davlat reyestriga kiritildi (bugungi kunda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri jami 228 372 ta nom mavjud).


➡️Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 299-son qaroriga asosan 14 ta tumanda yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va ushbu tumanlardagi 167 ta ma’muriy-hududiy birliklar (shaharcha, qishloq, ovul) chegaralarini belgilash yakuniga yetkazildi.

#Kadastr_agentligi #yerni_masofadan_zondlash

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Хalqaro iqtisodiy forumda Kadastrning ishtiroki


🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli tadbir – an’anaviy XXVIII Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi mas'ullaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forumda dunyoning 140 dan ortiq xorijiy davlatlaridan iqtisodiyot yo‘nalishidagi vazirlik, tashkilot va muassasalaridan vakillar qatnashib, forum doirasida mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning aniq vazifalari, iqtisodiyotga innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, jahon bozori talablari masshtabiga mos ravishda amaliy takliflarni ishlab chiqish singari yo‘nalishlar muhokama etilmoqda.

⭐️🌟 Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi vakillari xalqaro forumning “Земельные ресурсы страны: экономический потенциал” mavzusidagi panel sessiyada ishtirok etib, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon hamda Serbiya Respublikasi va boshqa davlatlarning mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha bergan ma’lumotlari asosida fikr almashdi.


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev ushbu forumda “Инновационные подходы по эффективному управлению земельными ресурсами в Республике Узбекистан” mavzusida maʼruza qilib, Respublikamizda yer va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

#DavKadastrPalata  #xalqaro_hamkorlik #Rossiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓️2025-yil 19-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 392 390 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 16:11:44
Back to Top
HTML Embed Code: