Telegram Web Link
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2025 yil 20-27 Iyun kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

💬 Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 152 ta

◼️Yer maydoni ajratish bo‘yicha 23 ta

◼️Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 26 ta

◼️Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 17 ta

◼️ Nizoli holatlar bo‘yicha 16 ta

◼️So‘rovnomalar 30 ta

◼️Boshqa masalalar bo`yicha 40 ta

🗣Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 152 ta murojaatdan 48 ta ijobiy hal qilingan, 64 ta jarayonda, 40 ta huquqiy tushuncha berilgan, 88 ta murojaat muddatida yopilgan .

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚖️Kadastr agentligining da’vosi qanoatlantirildi

⚖️Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaroga nisbatan kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.

📑 Mazkur sud qarori Agentlik tomonidan qonuniylikni ta’minlash va yer munosabatlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning muhim natijasidir.

➡️Batafsil "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida.

#Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Surxondaryoda yana 59 nafar fuqarolarning uy-joylariga egalik huquqlari e’tirof etildi!

◼️Kuni kecha bo‘lib o‘tgan, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 59 nafar fuqarolarning uy-joylariga nisbatan mulk va ijara huquqlari qonuniy tarzda e’tirof etildi.

◼️ Ushbu qaror fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, uy-joy masalalarini hal etish va ularni mulkdor sifatida huquqiy jihatdan tan olish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan aholi mulkiy huquqlarini belgilash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🏠 Uy-joy – daxlsizlik kafolati!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

⭕️ Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

⭕️ Yaqinda butun yurtimizda barchamiz uzoq kutgan katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Xalqimizning 34 yillik orzusi ushaldi – milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

⭕️ Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

⭕️ Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar ko‘pligi ta’kidlandi.

⭕️ Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

⭕️ Mahallalarimizda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.

⭕️ Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi a’zolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor o‘zlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

⭕️ Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.

⭕️ Joriy yil fevral oyida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.

⭕️ “Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.

⭕️ “Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

⭕️ Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

⭕️ Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor.

⭕️ Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

⭕️ Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.

⭕️ O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

⭕️ So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

⭕️ Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.

⭕️ Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi

⭕️ Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

937-Qonun ijrosi rahbariyat nazoratida


⭐️ Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Surxondaryo viloyati, Termiz shahar "Namuna" mahallasida olib borilayotgan xatlov jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

◼️ Jarayon davomida kadastr xodimlari tomonidan aniqlangan o‘lchov natijalaridagi ayrim xato va kamchiliklar bevosita joyning o‘zida bartaraf etilmoqda.

▶️ Nazorat tadbirlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy
hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun😄Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🪙 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-iyul.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


➡️ 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

➡️ Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

➡️ 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga imtiyozlar beriladi.

➡️ Pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi.

➡️ Respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi.

➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasi 1 ish kunida qaytariladi.

➡️ Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

➡️ “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr agentligi | Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilot qatorida e’tirof etildi

Agentlikning Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasi yuqori baholandi.

150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 tashkilot saralandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xatlov natijalari

🗣 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan Surxondaryo viloyati hududlarida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra,

Xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni - 31 082 ta;
“Eʼtirof” dasturiga kiritilgan obyektlar soni - 16 147 ta;

Shundan

◼️Eʼlonga chiqarilganlar - 2 411 ta;
◼️Muhokamada turganlar - 12 593 ta;
◼️Adliya oʼrganishida - 185 ta;
◼️Tahrirlash jarayonida - 465 ta;
◼️Toʼlov kutilmoqda - 287 ta;
◼️Huquqi eʼtirof etilganlar - 170 ta.

❗️Shuningdek, mazkur jarayon va natijalarni quyidagi havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati mavjud: 🌱 etirof.kadastr.uz

🗓 01.07.2025 yil holatiga

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyul oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

📃 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kengash qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qayerga murojaat qilish lozim?

Javob:
- Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga huquqni etirof etish yuzasidan qabul qilgan qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 141 086 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 15 162 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 830 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 8 160 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 1268 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Halollik – har bir xodimning asosiy mezoni bo‘lishi shart !

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari tomonidan Denov tumanidagi Kadastr boʻlim(filial)i xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📃Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:

◼️ 2025 yil 21 aprelda qabul qilingan PF-71-sonli Prezident Farmoni ijrosi – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar.
◼️ PQ-147-sonli Prezident Qarori – davlat organlaridagi ichki nazorat bo‘limlarining mustaqilligini taʼminlash va samaradorligini oshirish.
◼️ 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonun – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va qurilmalarga huquqni rasmiylashtirish ishlarining borishi.

▶️Tadbirda xodimlarga:

korrupsion xavflarning oldini olish,
halollik tamoyillariga rioya qilish,
fuqarolar murojaatlariga qonuniy va samarali yechim topish muhimligi tushuntirildi.

▪️ Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

🗣 Xodimlarga o‘z faoliyatida qonunchilik, halollik va shaffoflik mezonlariga qatʼiy amal qilish lozimligi taʼkidlandi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 04:59:51
Back to Top
HTML Embed Code: