Telegram Web Link
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston bo‘ylab ko‘p yillik daraxtzorlar 454 852 gektarga yetdi!

🇺🇿 Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida ko‘p yillik daraxtzorlar maydonlari yildan-yilga kengayib bormoqda.

📊 Bugungi kunda respublika bo‘ylab jami 454 852 gektar yer quyidagi ko‘p yillik ekinlar bilan band:

◼️ Bog‘lar – mevali daraxtlar yetishtiriladigan hududlar
◼️ Uzumzorlar – eksportbop va mahalliy ehtiyojlar uchun muhim bo‘lgan tokzorlar
◼️ Tutzorlar – ipakchilik sanoatining asosiy manbai
◼️ Boshqa ko‘p yillik mevali ko‘chatzorlar – yong‘oq, bodom, behi, anor va boshqa daraxtlar

🌱Bu daraxtzorlar faqatgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan cheklanib qolmay, balki:

✔️ Yer unumdorligini oshiradi
✔️ Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytiradi
✔️ Havoni kislorod bilan boyitadi
✔️ Atrof-muhitni yashillantiradi
✔️ Aholi uchun ish o‘rinlarini yaratadi

🔍 O‘zbekistonning har bir hududida, iqlim va yer sharoitlariga mos ravishda, ko‘p yillik ekinlar barpo etilmoqda. Bu esa qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirib, eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida #daraxtzorlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya — jamiyatimiz taraqqiyotiga, xalqimizning farovon turmushiga va davlatimiz nufuziga jiddiy xavf soladigan illatdir.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassisi XAMRAYEV O`KTAM MAMAYUSUPOVICHning aholiga MUROJAATNOMASI

🇺🇿 Qonunga hurmat va halollik — korrupsiyasiz jamiyatning kafolati. Birgalikda pok va adolatli tizimni yarataylik!


📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YER NAZORATI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Gulchinor" mahallasida yashovchi fuqaro T.K tomonidan tumandagi 16-sonli Maktabga tutash bo'lgan davlat zaxirasidagi qishloq xo'jaligi xaritasining 264q-dala konturidan 106.0 kv.metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, savdo do'koni binosi qurib olganligi holati aniqlangan.

🗣 Aniqlangan holat yuzasidan, tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro T.K. ning o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer maydonida qurilgan qurilishlariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatma ham berilgan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli Qonuniga muvofiq, faqat 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda qurilgan va o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar, bino hamda inshootlar ko‘rib chiqilishi mumkin.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida temir yo‘l stansiyalari oralari topografik suratga olinmoqda!

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, viloyatimizda temir yo‘l stansiyalari hududlarini aniqlash va raqamli xaritalar yaratish bo‘yicha keng qamrovli topografik ishlar olib borilmoqda.

Jumladan;

Umumiy maydon — 346.81 kilometr temir yo‘l hududlari.

Angor tumanida 12.8 km
Bandixon tumanida 11.26 km
Boysun tumanida 67.5 km
Denov tumanida 23.31 km
Jarqo'rg'on tumanida 37.36 km
Qumqo'rg'on tumanida 31.53 km
Muzrabot tumanida 45.09 km
Termiz tumanida 72.66 km
Uzun tumanida 6.05 km
Sho'rchi tumanida 24.25 km
Termiz shahrida 15 km


◼️Ushbu zamonaviy topografik ishlar natijasida yaratilayotgan elektron raqamli xaritalar temir yo‘l sohasini rivojlantirishda, hududlarni aniq va samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

◼️ Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yanada mustahkamlash va kelajakdagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun poydevor yaratishda ushbu ishlarning o‘rni beqiyos.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SURXONDARYO KADASTR
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini xususiylashtirish mumkinmi ?
Anonymous Quiz
20%
Xa albatta mumkin
73%
Yo'q mumkin emas
7%
Bilmayman
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni hamda ⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sho‘rchi tumani  filiali mutaxassislari tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY MA'LUMOT

📃 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

◼️ fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

◼️ mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yish tartibi belgilandi.


🇺🇿Hukumat qarori (613-son, 30.09.2025-y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

💠 Nizomga ko‘ra, ijaraga oluvchi faqat qonunchilikda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.

Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga olgan holda kredit berish tartibi kredit tashkiloti tomonidan ichki qoidalarga muvofiq mustaqil belgilanadi.

Kredit tashkiloti tomonidan kredit taʼminoti sifatida ijara huquqi yer uchastkasining ijaraga berish muddati va yer uchastkasining bozor qiymatidan kelib chiqib garovga olinadi.

Bunda garovga qo‘yilayotgan yer uchastkasining ijara huquqi muddati kreditni qaytarish muddatidan kamida 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.

Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qo‘yuvchi tugatilganda, garovga oluvchi garov narsasiga muddatidan oldin undiruv qaratish huquqiga ega.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda murojaatlar statistikasi


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ochiqligiga alohida e’tibor qaratadi. Murojaatlar bilan ishlash — faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

📊 Ushbu infografika orqali 2025-yil yanvar-sentabr oyida yoqiri turuvchi tashkilotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlar statistikasi bilan tanishing. Fotoinfografikamizda bu boradagi asosiy ko‘rsatkichlar aks ettirilgan.

Savollaringiz bo‘lsa:
📞 1097 — Yagona aloqa markazi
💬 @Dkpuz_bot — Telegram bot orqali murojaat qoldiring.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 11:09:27
Back to Top
HTML Embed Code: