Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hududlarda xatlov ishlari davom etmoqda

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hududlarda xatlov ishlari olib borilmoqda.

➡️ Andijon viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Navoiy viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Xorazm viloyati

📊 2025-yilning 28-oktyabr holatiga 817 243 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kitobxon kadastrchi” tanlovi o‘tkazildi.

▪️Tanlov Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarni o‘qishga kengroq jalb etish maqsadida tashkil etildi.

◼️Tadbirda ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan kitoblar asosida hakamlar hayʼati tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

◼️Oktabr oyi kitobxoni sifatida📍 Surxondaryo viloyati boshqarmalari mas'ul hodimlari g‘olib deb topildi. Tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

#Kitobxon #Kadastrchi #Surxondaryo #tanlov

Telegram Facebook Instagram YouTube
⚡️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

🔵 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

🔵 qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;

🔵 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

🔵 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

🔵 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

🔵 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;

🔵 yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;

🔵 sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari

▶️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA TARAQQYOT KUSHANDASI

◾️ Maʼlumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning maʼnaviy ahloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassislari tomonidan Qumqo'rg'oni tumanidagi Kadastr agentligi boʻlim (filial)lari xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni, Vazirlar Mahkamasining 829-son qarori hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

◼️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

◼️Muloqot davomida xodimlarning ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YER NAZORATI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA


⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Markaz" mahallasida yashovchi fuqaro O.J tomonidan tumandagi mahalliy ishki yo'lning muhofaza hududidan 200.0 kv.metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy uchun poydevor (fundament) binosi qurib olganligi holati aniqlangan.

🗣 Aniqlangan holat yuzasidan, Angor tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro O.J. ning o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer maydonida qurilgan poydevor (fundament) binosiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatma ham berilgan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli Qonuniga muvofiq, faqat 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda qurilgan va o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar, bino hamda inshootlar ko‘rib chiqilishi mumkin.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: - Kimlar yer solig‘i to‘lamaydi?

Javob:
- Yer solig‘idan quyidagi shaxslar ozod qilinadi:

🔹«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹Yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

🔹Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar;

🔹Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;

🔹Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 03:26:43
Back to Top
HTML Embed Code: