Telegram Web Link
💫Hozirgi kundagi yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarning turlari

Yuridik shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

Jismoniy shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar - yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin

Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi

#bilasizmi #huquq

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xodimlar bilimlari mustahkamlanmoqda

🫥 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Kadastr agentligi tasarrufidagi "Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya, kadastr yo‘nalishida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari tashkil etilmoqda.

◼️Xususan, joriy yilning 23-27-iyun kunlari o‘tkazilgan navbatdagi o'quv kurslari davomida "Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish" yo'nalishi bo‘yicha xodimlarning bilimlari mustahkamlandi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

#kadastr #ijtimoiy_rolik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

💠O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1️⃣) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;

2️⃣) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;

3️⃣) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4️⃣) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 30-iyun - Yoshlar kuni

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30-iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilish taklifi bilan chiqdi va shundan buyon mazkur sana yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari jamoasi bugungi bayram munosabati bilan Respublikamizdagi barcha oʻgʻil-qizlarni, shuningdek sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarini samimiy qutlaydi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2025 yil 20-27 Iyun kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

💬 Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 152 ta

◼️Yer maydoni ajratish bo‘yicha 23 ta

◼️Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 26 ta

◼️Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 17 ta

◼️ Nizoli holatlar bo‘yicha 16 ta

◼️So‘rovnomalar 30 ta

◼️Boshqa masalalar bo`yicha 40 ta

🗣Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 152 ta murojaatdan 48 ta ijobiy hal qilingan, 64 ta jarayonda, 40 ta huquqiy tushuncha berilgan, 88 ta murojaat muddatida yopilgan .

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚖️Kadastr agentligining da’vosi qanoatlantirildi

⚖️Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaroga nisbatan kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.

📑 Mazkur sud qarori Agentlik tomonidan qonuniylikni ta’minlash va yer munosabatlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning muhim natijasidir.

➡️Batafsil "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida.

#Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Surxondaryoda yana 59 nafar fuqarolarning uy-joylariga egalik huquqlari e’tirof etildi!

◼️Kuni kecha bo‘lib o‘tgan, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 59 nafar fuqarolarning uy-joylariga nisbatan mulk va ijara huquqlari qonuniy tarzda e’tirof etildi.

◼️ Ushbu qaror fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, uy-joy masalalarini hal etish va ularni mulkdor sifatida huquqiy jihatdan tan olish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan aholi mulkiy huquqlarini belgilash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🏠 Uy-joy – daxlsizlik kafolati!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

⭕️ Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

⭕️ Yaqinda butun yurtimizda barchamiz uzoq kutgan katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Xalqimizning 34 yillik orzusi ushaldi – milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

⭕️ Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

⭕️ Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar ko‘pligi ta’kidlandi.

⭕️ Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

⭕️ Mahallalarimizda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.

⭕️ Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi a’zolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor o‘zlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

⭕️ Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.

⭕️ Joriy yil fevral oyida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.

⭕️ “Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.

⭕️ “Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

⭕️ Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

⭕️ Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor.

⭕️ Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

⭕️ Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.

⭕️ O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

⭕️ So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

⭕️ Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.

⭕️ Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi

⭕️ Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

937-Qonun ijrosi rahbariyat nazoratida


⭐️ Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Surxondaryo viloyati, Termiz shahar "Namuna" mahallasida olib borilayotgan xatlov jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

◼️ Jarayon davomida kadastr xodimlari tomonidan aniqlangan o‘lchov natijalaridagi ayrim xato va kamchiliklar bevosita joyning o‘zida bartaraf etilmoqda.

▶️ Nazorat tadbirlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 00:53:57
Back to Top
HTML Embed Code: