Telegram Web Link
Bunisiga nima deysiz?

🇦🇱 Albaniya sun’iy intellektni vazir etib tayinlagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi, deya xabar bermoqda Politico.

Virtual vazir Diyella deb nomlanadi, bu alban tilida “quyosh” degan ma’noni anglatadi va u barcha davlat xaridlari uchun javobgar bo‘ladi, dedi Bosh vazir Edi Rama.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯16😁10🔥32
Miyada majlis boshlaydigan savollar:

1. Avval tuxum paydo bo‘lganmi yoki tovuqmi?
2. Nega folbinlar 1xBet o‘ynamidi?
3. Sovun yerga tushib ketsa, kirsovun bo‘ladimi?
4. Agar kar odamni oldida esnasa, baqiryapti deb o‘ylidimi?
5. Nega oq kiyim bilan yerga o‘tirsa qora bo‘ladi-yu, qora kiyim bilan o‘tirsa oq bo‘ladi?
6. Soatni yaratgan odam uni nimaga qarab to‘g‘irlagan?

Balki davom ettirarsiz...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁31🤣117👎2👍1
Kanal egasidan shaxsiy eksperiment!

Meni Telegramda 4 ta kanalim bor va qaysi biri eng aktiv ekanligini o‘zim uchun bilmoqchiman. Shu sababli bir xil post yozib, bir xil vaqtda quyidagi hamma kanallarimga joylayman.

↪️@izzatxoja_asomiddinov
↪️@oddiyodamlar_uz
↪️@kitobxonyoshlar
↪️@talabayoshlar

Qaysi kanalda reaksiyalar ko‘p bo‘lsa o‘shanisi eng aktivi bo‘ladi. Soat 20:00 dagi natijalarni haqiqiy deb olamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏62🏆1812👍11😁9
#Qonunchilik_yangiliklari

🗣Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etildi

☑️Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.

➡️2025/2026-o‘quv yilidan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
➡️2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
➡️2027/2028-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.

✔️Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.
✔️2029/2030-o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

Hukumatning tegishli qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Xudoyqulov Adxam Yusupovich yangi tashkil etilgan “ToshTech” texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
⚡️Qaysi banklardan imtiyozli ta'lim krediti olsa bo'ladi?

Taʼlim krediti axborot tizimida (talim-krediti.mf.uz) taʼlim kreditini ushbu banklar orqali rasmiylashtirish mumkinligi koʻrsatilgan.

Kredit shartlari quyidagicha:
➡️Miqdori — Shartnoma asosida;
➡️Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil;
➡️Foiz stavkasi — 14% (xotin-qizlar uchun 0%);

Kredit miqdori:
↪️Birinchi kurs talabalari uchun to‘lov-shartnoma summasi;
↪️Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun: fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi.

Banklarning call-markaz raqamlari:

• SQB bank - 1180
• Hamkorbank - 1256
• Agrobank - 1216
• O‘zmilliybank - 1344
• Xalq banki - 1106
• BRB bank - 1254
• OFB bank - 4004

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
#yaxshi_kayfiyat #hazil

🎓
“Talaba xalq maqollari” turkumidan

🟢Mashinang yo‘q bo‘lsa ham, “Tankang” bo‘lsin;
🟢Talabani urma-so‘kma “Tankasiz” qoldir;
🟢Yuz marta iltimosdan, bir marta tanka surgan yaxshi;
🟢Bir “Tanka”ga yetti mahalla ota-ona;
🟢“Tanka”siga qarab, talabasini ol;
🟢Tankalaring zo‘r bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur;
🟢Talabani talaba qiladigan ham,
Abituriyent qiladigan ham “Tanka”;
🟢Bo‘ladigan talaba "Tankasi"dan ma’lum.
🟢Tanka sessiya paytida sinaladi;
🟢Tanka achitib gapirar, Talaba kuldirib;
🟢Bir tankani qirq talaba bo‘lib yer;
🟢Talaba egiladi, bukiladi lekin sinmaydi;
🟢Bahosini qo‘yib, Tankasini so‘rama...

Komentariyada davom ettirish sizdan, talaba-do'stlaringizga yuboring.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁9🤣64👍1
⚡️Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi faoliyati tartibga solindi

Prezident qarori (PQ–275-son, 08.09.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

📙 Agentlik o'rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:

🔹ta'lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;
🔹ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o'rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so'rovnomalar o'tkazish.

🏛 Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1
Smartfondan eng kam foydalanadigan davlatlar ro‘yxati tuzildi

Exploding Topics sayti tomonidan tuzilgan reytingda eng yaxshi uchlik quyidagicha:

↪️1) Yaponiya, kuniga o‘rtacha 1 soat 47 daqiqa;
↪️2) Daniya, kuniga o‘rtacha 2 soat 27 daqiqa;
↪️3) Belgiya, kuniga o‘rtacha 2 soat 32 daqiqa;

Eng yomon uchlik quyidagicha:

➡️1) Gana, kuniga o‘rtacha 5 soat 43 daqiqa;
➡️2) Filippin, kuniga o‘rtacha 5 soat 21 daqiqa;
➡️3) Braziliya, kuniga o‘rtacha 5 soat 12 daqiqa;

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bir odam kuniga o‘rtacha 4 soat 37 daqiqa vaqtini smartfoniga sarflaydi. Telefonga qarash kuniga o‘rtacha 58 marta sodir bo‘ladi.

🇺🇿 O‘zbekiston bu ro‘yxatga kiritilmagan. Nima deb o‘ylaysiz, o‘zimiznikilar kuniga o‘rtacha qancha vaqtini smartfonga sarflar ekan?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Oliygohlarga_o'qishga_qabul_qilish_nizomlari_VMQ_578_13_09_2025.pdf
4.4 MB
2025-yil 13-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:


↪️Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
↪️Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
↪️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
↪️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
👩‍🎓 Qizlar hafa bo‘lmang bu shunchaki hazil!

Ammo har bir hazilning ortida oz bo‘lsa-da haqiqat yashiringan bo‘ladi 😅

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣77😁149👎4🔥2
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

↪️o‘z xohishiga ko‘ra;
↪️o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
↪️oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;
↪️bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);
↪️o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);
↪️ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
↪️sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
↪️talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
↪️vafot etganligi sababli.


‼️Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ta’lim krediti qanday olinadi? Qo‘llanma

🌐Spot.uz sayti ta’lim krediti qanday olinishi, qanday hujjatlar kerakligi hamda qaysi banklar kredit ajratishi haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Batafsil ketma-ketlikni yuqoridagi rasmlar orqali ko‘rishingiz mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Davlatimiz prezidenti o‘qituvchi va murabbiylar bilan qilgan muloqotida pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar aytib o‘tildi.

Bu qanday imtiyozlar, deysizmi? Barchasi mazkur videoda

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
⚡️Magistratura mutaxassisliklariga qo'shimcha qabul bo'lishi mumkin, bu to'g'risida Vazirlar mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-qarorida aytib o'tilgan.

Qo‘shimcha qabul jarayoni qachon boshlanishi hozircha aniq emas. Avvalgi yillarda oktyabr oxiri noyabr boshlarida aniq bo‘lgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🗣Talaba qanday holatlarda akademik ta’til olishi mumkin?

☑️Akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra, qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’iy nazar akademik ta’til olish huquqiga ega. Ushbu ta’tilni olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

↪️harbiy xizmatni o‘tash uchun;
↪️salomatligini tiklash uchun;
↪️homiladorlik va tug‘ish uchun;
↪️bolalarni parvarish qilish uchun;
↪️oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

✔️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:
➡️harbiy xizmatni o‘tash uchun – qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
➡️homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun – qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;
➡️salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun – keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga.

♦️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Arizaga bu ta’tilni olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi yoki tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.
♦️Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
2025/10/02 23:58:55
Back to Top
HTML Embed Code: