Telegram Web Link
⚡️Talabalarga kontrakt puli 50%gacha qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan muayyan toifadagi talabalarga kontrakt to‘lovining 50 foizigacha (lekin eng ko‘pi bilan BHMning 50 baravarigacha) miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi?
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar

Bu yordam quyidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi
Davlat oliy ta’lim muassasalari
Xususiy oliy ta’lim muassasalari
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari

Moliyaviy chegara qancha?

2025-yil 1-avgustdan boshlab, BHM (bazaviy hisoblash miqdori) 412 000 so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, yordam miqdorining yuqori chegarasi 50 × 412 000 = 20 600 000 so‘m

Ya’ni, talaba kontrakti bundan kam bo‘lsa, 50%gacha to‘lanadi. Agar kontrakt miqdori yuqori bo‘lsa ham, maksimal 20,6 million so‘migacha yordam ko‘rsatiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏2👍1
#Bilasizmi

Talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

📃 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarining ijara toʻlovi qoplab beriladi.

Bunda:

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (412.000 so’m), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (206,000 so’m) oshmasligi lozim;

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
❗️Bu hayotda insonga hech qachon do‘st
bo‘lmaydigan to‘rtta narsa:

🟢1. Pul – bugun menda, ertaga boshqalarda.
🟢2. Mansab – bugun men o‘tiraman, ertaga birovlar.
🟢3. Jazman – bugun men bilan, ertaga boshqasi bilan.
🟢4. Tobut – bugun meni oborsa, ertaga birovni olib keladi.

🟥Shunday ekan pulga ishonib do‘stdan, mansabga ishonib tanish-bilish birodarlardan, jazmanga ishonib halol juftingizdan aslo voz kechmang.

Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin, aziz talaba-yoshlar. Ilm olish, bilmaganlaringizni o‘rganish yo‘lida hecham charchamang. Tonggi tilaklarni kommentda yozishingiz mumkin...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117🔥4👏2
#qabul2025 #imkoniyat

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi


Unga ko‘ra:


↪️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

↪️kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;

↪️respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

↪️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🗣Yevropada ta'lim olish va sayohat qilishni istaysizmi? Unda sizga Ab & As consulting barcha ishonchli va qonuniy imkoniyatlarni taqdim etadi!

Ab & As consulting kompaniyasi 15.09.2025 sanadan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda onlayn formatda ish faoliyatini olib boradi va tez kunlarda offlayn formatga ham o‘tadi.

Kompaniya taklif qiladigan xizmatlar:

🎓1. Xorij universitetlarida talaba bo‘lish imkoniyati 🏫2. Nufuzli kollejlarda ta’lim olish imkoniyati 🇩🇪3. Germaniyada Ausbildung yo’nalishida o’qish imkoniyati

Nega aynan bizni tanlash kerak?

Chunki biz sizga kelajak uchun to‘g‘ri qaror qabul qilishda ko‘maklashamiz.
Hujjat ishlarida yordam beramiz! Barcha ish jarayonlarini qonuniy va ishonchli bo’lishini ta’minlaymiz! Yevropa davlatlarida ishonchli va xavfsiz o‘qish uchun yordam beramiz!
Siznig ishingizni har doim oxirigacha olib boramiz!

🗣Sizlarga orzularingizni ro’yobga chiqarishga yordam beramiz. Bizni tanladingizmi? Demak aniq to‘g‘ri yo‘ldasiz.

➡️ Batafsil ma’lumot olish

🕊Admin bilan aloqa: @Consultingsuccessadmin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#bazaviy_kontrakt2025

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣2025/2026-o‘quv yili super-kontrakt miqdori endi OTM rektorlari tomonidan belgilanadi

☑️Asosiy tartib: Qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun to‘lov miqdori Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan tartib asosida belgilanadi.

✔️Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmaganlar uchun esa rektorlar miqdorni o‘zlari belgilaydi, ammo bazaviy kontraktning kamida 3 barobari bo‘lishi shart.

25-sentyabrga qadar — barcha OTMlar tabaqalashtirilgan kontraktning minimal miqdorini e’lon qiladi.

31-oktyabrgacha — abituriyentlar bir yillik kontrakt summasining 50% qismini to‘lashlari mumkin.

Tanlovda boshqa yo‘nalish bo‘yicha grant yoki kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra birinchi tanlagan yo‘nalishida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishlari mumkin (maqsadli qabuldagilar bundan mustasno).

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#imkoniyat #kontrakt

🗣1-kurslar kontrakt to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha to‘lashi mumkin

☑️Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

♦️Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga! Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat…
#magistratura #imkoniyat

❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🧑🏻‍🏫 “Ustoznoma” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!

↪️Viktorina 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladi.
↪️Viktorinada barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
↪️Viktorina testlari maktab darsliklari asosida tuzilgan testlar beriladi. Bilimingizni sinab ko‘ring.

G‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (3 nafar) –Y9 Smartwatch & Airpods
🥇1-o‘rin (3 nafar) – RGB karaoke kalonka S6;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smart ochki XG88 Pro;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Quloqchin P9 Pro Max.

☑️G‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 24 kishi taqdirlanadi.
☑️Viktorinada qatnashgan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🏆1
Bugundan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Unga ko’ra, 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 TELEGRAM GURUHLARINI SOTIB OLAMIZ!

Eski yoki keraksiz guruhingiz bormi? Uni tashlab yubormang — pulga sotib olamiz! 💸

💰 Narxlar (yiliga qarab):
• 2024 (yanvar–mart) — 40 ming so‘m
• 2023 — 70 ming so‘m
• 2022 — 100 ming so‘m
• 2021 — 100 ming so‘m
• 2019/2018/2017 — 100 ming so‘m

⚠️ Shartlar:
– Guruh tarixi ko‘rinishi kerak
– Akkauntda 2 bosqichli parol kamida 1 hafta oldin yoqilgan bo‘lishi kerak
– Guruhingizda kamida 10ta xabar bo’lsin, xabar bo’lmasa va guruh ochilgan sana ko’rinib tursa boshqa narxda kelishamiz

📢 Faqat bizda: eng qimmat va adolatli narxlar!

Tezkor va ishonchli kelishuv
Halollik kafolatlanadi

👉 Bog‘lanish: @SHukurulloMadina2609
2👍1🔥1
🗣Endi OTMda kim grant yutsa, stipendiyani ham oʻsha oladi

🔹“Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi.

☑️Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi.

↪️Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi.

↪️Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥54👍2
🟦🟦🟦 “Yuksak ilm fidoiysi” Respublika ko‘rik-tanlovida qatnashib, g‘olib bo‘ling va biz kontraktizni to‘lab beramiz!

KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
📚 Talabalar, magistrlar, doktorantlar
👨‍🏫 O‘qituvchilar, professorlar
🧑‍⚕️ Shifokorlar, harbiylar
💼 Tadbirkorlar, bloggerlar, ijtimoiy faollar
✍️ Shoirlar, yozuvchilar, publitsistlar, ijodkorlar
🧒 Iqtidorli maktab o‘quvchilari
…va ilm-fan yo‘lida izlanayotgan BARCHA!


📂 Qanday hujjatlar kerak?
➡️ Hech qayerda chop etilmagan ilmiy maqola, she’r yoki hikoya (istalgan tilda)
➡️ Pasport nusxasi (orqa-oldi)
➡️ Shaxsiy ma’lumotlar va ilmiy rahbar F.I.Sh.

🗣 Eng yaxshi maqola mualliflari uchun:
🥇 1-o‘rin – Kontrakt puli to‘lab beriladi (Xohishiga koʻra 13 mln so‘m pu)
🥈 2-o‘rin – 1 million so‘m
🥉 3-o‘rin – 500 ming so‘m

Har bir ishtirokchiga:
🎖 “Yuksak ilm fidoyisi” ko‘krak nishoni
↪️Diplom, sertifikat, guvohnoma
↪️Ilmiy maqolalar to‘plami (PDF)
↪️Ota-ona va ilmiy rahbarga tashakkurnoma
↪️Brend sumka, blaknot, ruchka
↪️Elektron qabul xati


AFZALLIKLAR:
↪️Davlat mukofotlari (“Yil talabasi”, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon”) uchun ball
↪️O‘qituvchilarga ustama
↪️Unversitetdagi grantingizni saqlab qolish imkoniyat
↪️Davlat stipendiyalari (Ibn Sino, Beruniy, Navoiy, Ulug‘bek, Prezident va b.) olishda ustunlik
↪️Magistrlik dissertatsiyasi, mustaqil izlanuvchilik, PhD bosqichiga tayyorgarlik
↪️Xalqaro grant va konferensiyalarda qatnashish imkoniyati
↪️Resumega qo‘shiladigan rasmiy hujjatlar


🎉 TAQDIRLASH MAROSIMI – Toshkent shahrida!
🎙 San’atkorlar, faxriy mehmonlar, OAV va professional boshlovchilar ishtirokida.
📌 Faxriy mehmonlar orasida:
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi – Iroda Bersiyeva
"Kelajak bunyodkori" respublika tanlovi g‘olibi – Shahnoza Abdatova
"Ilhom" mukofoti sovrindori – Javohir Bafoyev
Davlat stipendiyantlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari
Yoshlar ishlari agentligi vakillari


📲 Ro‘yxatdan o‘tish: @IlmiyTadqiqotMarkaz
Tashkilot rahbari: Go‘zal Yusupova
@GuzalYusupova0313 +998930520313

🕊Telegram |📱Instagram

Bugun ariza topshiring – ertaga sahnada mukofotlaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2👏2👎1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz korrupsiyaga qarshimiz, lekin faqatgina tilda!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥32😁2
Куришни 7 кун ичида тикланг!
Буни қул-лаган инсон очки тақмайди...😍

"Зрение" си паст дўстларга юборамиз

🔔БАТАФСИЛ: 👇👇👇👇👇👇
https://dexpress-uz.shop/kristall/14
https://dexpress-uz.shop/kristall/14

(Батафсил малумот олиш учун юкоридаги хавола устига босинг)
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
▫️Aдминлар ўчириб ташламасидан олдин ёзиб олинг😏
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6-yo‘nalishga hujjat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan hamda yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

↪️Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha (shu kuni ham).
↪️Tanlovda ishtirok etish tartibi: Abituriyentlar “my.uzbmb.uz” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
↪️Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

📌 Muhim eslatma: Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
2025/09/29 00:36:37
Back to Top
HTML Embed Code: