Telegram Web Link
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
Assalomu alaykum, xayrli kun!

To‘g‘risi kechadan beri asablarim charchadi. “Til bilimdonlari” tanlovi testlari xato tuzilgan, to‘g‘ri javobni belgilasam ham ball bermayabdi deb rosa ko‘pchilik yozdi. Shu bo‘yicha umumiy fikr beraman va boshqa bu mavzuga to‘xtalmayman.

↪️1-dan testlarni o‘zimiz emas, oliygohlarda dars beradigan (dotsent, PhD darajasiga ega) ustozlar tuzgan va qayta tekshirilgan;
↪️2-dan bu test, savolga 4 tadan variant berib qo‘ygandan keyin tavakkal bilan ham ball olsa bo‘ladi. Shu sababli savollarda chalg‘ituvchi, ko‘z ilg‘ashi qiyin variantlar mavjud. Shunday qilmasak, hamma 100% test ishlab qo‘ysa, g‘olibni qanday aniqlaymiz?
↪️3-dan siz testni to‘g‘ri yecholmasangiz bu doim savol xato degani emas, siz adashgan yoki shoshgan bo‘lishingiz mumkin-ku. E’tirozlar bo‘lsa yozinglar, savoldagi xatoni isbotlab bersangiz ball qo‘shib beraman deb shaxsiy profilimni ham qoldirdim (tez orada yozganlarga javob beraman).
↪️4-dan kommentda tashkilotchilarning shaxsiyatiga ham o‘tib ketayotganlar “ba’zilar” aslida 40 ta testdan 18-22 ta to‘g‘ri topgan. Natijasi 34 balldan yuqori bo‘lsa ham mayli edi, 40 ta testdan 10-15 tasi xato bo‘lmasa kerak! Aytmoqchi bo‘lganim o‘zi testlarning 50 foiziga bazo‘r to‘g‘ri topadigan bilimi borda, tag‘in savoldan xato topishadi.
↪️5-dan istalgan savolga, hattoki 2+2=5 bo‘ladiku deb e’tiroz qilish mumkin, lekin bu asosli bo‘lmaydi. Bir, ikki kishini gapini ko‘rib, “Haa, testlar xato, shunga past ball oldim” deb o‘ylayotganlar ham bor. Bunga 2+2=5 deyayotganlar sababchi...
↪️6-dan hammani xato qilgan testini muhokama qilib, isbotlab berish ko‘p vaqt oladi, bunga jismonan ham ulgurmaymiz. Qo‘shimchasiga hammaga xatosini aytib, izoh berishga ham majbur emasmiz!

Tan olaman, hammamiz insonmiz ustozlar ham adashishi, darsdan keyin charchab test tuzayotganda xato qilishi mumkin. Buni yechimi sifatida murojaat qiling, ball qo‘shib beramiz deb, xatolarimizni imkon qadar tuzatyabmiz.
‼️Menimcha mehnatimiz qadrlashga arziydi va sizdan ham vijdonan yondashishni so‘rab qolgan bo‘lardim. 80 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashadigan tanlovni tashkil qilib, hammani ko‘nglini olish mushkul masala...

Gaplarim tegib ketgan bo‘lsa oldindan uzr, gap egasini topadi. Hurmat bilan tanlov bosh tashkilotchisi @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3215❤‍🔥12💯10
🗣Keling, ko‘pchilik xato deyayotgan savollardan birini ko‘rib chiqamiz. Testda berilgan so‘zlar ichidan nechtasi noto‘g‘ri ekanligini topish kerak. Quyidagilarga hech kimda e’tiroz yo‘q menimcha:

huquq, daromad, xattot, taxlit
badqavoq, taziya, xushvaxt, tafofut, axil
(5 ta)

‼️Bu esa chalg‘ituvchi joyi: qisim — qism, adip — adib
Shunday o‘ylash mumkin, lekin aslida ikkalasi ham to‘g‘ri va boshqa ma’no anglatadigan so‘zlar.

Shu savolga ko‘pchilik 6 ta variantini belgilab, testni xatoga chiqarishyapti, aslida esa o‘zlari adashishgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23
Osmonlarda yurganlar, Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar, Bolaga kitob bering!.


📚To‘g‘ri bolaga kitob bering, talabaga esa pul...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣175😁77💯2524🥰4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📅 Kundalik yumushni Alisaga topshiring – u taymer va uygʻotgich qoʻyadi, muhim uchrashuvni eslatadi va osh qilishni oʻrgatadi: “Alisa, bosqichma‑bosqich osh retseptini ayt
23🔥10🥰7🤔1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bundan buyog‘iga hayot faqat qiyinlashib boradi – Xitoylik mutaxassis

Ayni damda Xitoyda skuterda dostavka bilan shug‘illanayotganlarning 30 foizi oliy ma’lumotli, 5 foizi salkam doktor nauk ekan


Talabalarga yuborib qo‘yamiz, diplom bir oddiy qog‘ozga aylanyapti, o‘zingiz harakat qilmasangiz och qolasiz, diplom yordam bermaydi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯25😢1613👍10🔥5
📌 Hayotda 6 ta muhim qoidani unutmang!

1️⃣ Do‘stlaringiz bilan bo‘lganingizda, tilingizni boshqaring.

2️⃣ Muammoga duch kelganingizda, his-tuyg‘ularingizni boshqaring.

3️⃣ G‘azablanganingizda, xatti-harakatlaringizga e’tibor bering.

4️⃣ Guruhda bo‘lganinigizda, odatlaringizga e’tibor bering.

5️⃣ Omadingiz kelganda, g‘ururlanmang.

6️⃣ Yolg‘iz bo‘lganingizda, fikrlaringizni boshqaring.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
61👍25🔥14🏆11
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
“Til bilimdonlari” respublika tanlovida Toshkent shahri hududidan ishtirok etayotgan talabalar uchun zo‘r yangilik bor!

🔥 bosib turing tez orada aytaman
🔥16431👍10🥰7
Izzatxo‘ja | Blog
“Til bilimdonlari” respublika tanlovida Toshkent shahri hududidan ishtirok etayotgan talabalar uchun zo‘r yangilik bor! 🔥 bosib turing tez orada aytaman
🗣“Til bilimdonlari” tanlovining saralash bosqichi testlari bugun soat 20:00 da yakunlanadi!

So‘ngra har bir hudud bo‘yicha TOP-20 o‘rinni egallaganlar final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Hududiy bosqichga o‘tganlarga test ishlangan bot orqali xabar yuboriladi. Siz test natijalarini @tiluzbot dagi “Natijalar” tugmachasini bosib, hududingizni tanlab, doimiy ko‘rib borishingiz mumkin.


↪️Natijalar reytingidan talaba (bakalavr va magistr) hamda kasbiy ta’lim o‘quvchisi (kollej, litsey, texnikum) bo‘lmaganlar chiqariladi va ularning o‘rniga pastki o‘rinlar ko‘tariladi.
🎁Toshkent shahridan qatnashayotgan ishtirokchilar uchun (Toshkentda ta’lim muassasalari va talabalar soni ko‘p bo‘lganligi sababli) hududiy bosqich yo‘llanmalari 2 barobar oshiriladi va 2-bosqichda 40 kishi ishtirok etadi. Hududiy bosqichda esa 1-, 2-, 3-o‘rinlar 3 nafardan aniqlanib, respublika bosqichiga 9 nafar ishtirokchi o‘tadi.
↪️Qolgan barcha hududlarda 20 nafardan ishtirokchi hududiy bosqichda qatnashib, 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan 3 kishi final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

✔️Testda qatnashib, kamida 50 ball yig‘a olgan barcha ishtirokchilarga 21-oktabr kuni elektron sertifikat beriladi. Sertifikatni @tiluzbot ni o‘zidan yuklab olasiz, tartibini o‘sha kuni tushuntiraman.


✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20🔥9👍7😢7👎4
Tanlovning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lib, finalga o‘tgan ishtirokchilar qanday taqdirlanishidan xabaringiz bormi?

‼️Xabaringiz bo‘lmasa, demak tanlov nizomini o‘qimagansiz. Quyidagi havola orqali kirib, nizom bilan batafsil tanishib chiqing.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

🗣Aytgancha, tanlovda 2 yoki 3 tadan profil orqali test yechganlarning natijalari bekor qilinadi. Bizni botda buni aniqlashning imkoni bor. Shu sabab nega chetlatildim deb hayron bo‘lib qolmanglar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3118🔥9👍1👏1
🎓 Talaba – kostyum shimda o‘tirib, qo‘liga ayfon ovolib, o‘zi pirashka, gumma yo rolton yeydigan mavjudot... To‘g‘rimi?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣391😁134💯7131🔥9
🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining saralash bosqichi testlarini ishlash jarayonlari yakunlandi.

Endi ishtirokchilarning natijalari tekshirilib, hududiy bosqichga o‘tganlarga @tiluzbot orqali tez orada xabar yuboriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3319😢12😱7❤‍🔥4
Izzatxo‘ja | Blog
Assalomu alaykum, xayrli kun! To‘g‘risi kechadan beri asablarim charchadi. “Til bilimdonlari” tanlovi testlari xato tuzilgan, to‘g‘ri javobni belgilasam ham ball bermayabdi deb rosa ko‘pchilik yozdi. Shu bo‘yicha umumiy fikr beraman va boshqa bu mavzuga to‘xtalmayman.…
Savollar xato deb e’tiroz qilayotganlar shu havoladagi postlarni o‘qib chiqsin, bu mavzuga qaytmayman:
➡️https://www.tg-me.com/talabayoshlar/7899
➡️https://www.tg-me.com/talabayoshlar/7900

Hududiyga o‘tganlarga nasib qilsa bugun xabar yuboriladi, iltimos besabr bo‘lmang, profilimga minutiga xabar yozyabsizlar. Hamma ma’lumotni kanalda yozganman va bundan keyin ham shunday qilaman. Hammaga birma-bir nechta odam saralashdan o‘tadi, hududiy bosqich qachon, final qayerda bo‘ladi, kimga sertifikat beriladi, qachon sertifikat beriladi yozib chiqolmayman.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

‼️Hududiyga o‘tganlarni ham tekshirishim kerak, ro‘yxatdan nizomga to‘g‘ri kelmaydiganlarni chiqaraman, bu vaqt oladi. Shunga sabr qilinglar, hozir ham ishda, ofisdaman. Qancha tez tugatsam, shuncha vaqtliroq ketaman, siz ham tezroq natijalarni bilasiz....
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39🔥11👍1
‼️Natijalarni tekshirishni boshladim va muhim holatga duch keldim. Shu sabab izoh berib ketmoqchiman. Ba’zi ishtirokchilar hudud tanlayotganda o‘qish joyi bo‘yicha emas, yashash joyi bo‘yicha hududni tanlagan ekan. Masalan, o‘zi NamDUda o‘qiydi lekin hududga Andijonni kiritgan. Bu holatda ishtirokchining hududi Andijon bo‘yicha emas, o‘qish joyi Namanganda bo‘lgani uchun Namangan bo‘yicha olinadi.

😅 Toshkentda raqobat katta bo‘lganiga, ba’zi Toshkentda o‘qiydiganlar yashash joyini belgilashibdi, bu to‘g‘ri kelmaydi, hammani o‘qish joyi bo‘yicha hududga ajratib, natijalarni olamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42😁31🤣15👍12🔥7
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🇺🇿 “Til bilimdonlari” tanlovining hududiy bosqichiga o‘tganlarga @tiluzbot orqali xabar yuborildi. Iltimos xabardagi har bir so‘zga e'tiborli bo‘ling, so‘ralgan ma'lumotlarni to‘liq bitta xabarda yuboring. Navbatma-navbat javob berib, hududiy bosqich uchun alohida guruhga qo‘shamiz.

☑️O‘qish joyidan ma'lumotnomani hemis tizimi yoki my.gov.uz orqali elektron olasiz. Hujjat 2025-yil sentabr yoki oktabr oyida olingan bo‘lishi kerak!


Sabrli bo‘ling, siz yozishingiz bilanoq javob berilmasligi mumkin. Hududiy bosqichga 314 kishi o‘tdi, shuncha ishtirokchini qabul qilishimiz kerak.

🔖 Hududiy bosqichga o‘ta olmagan, ammo testdan kamida 50 ball to‘plagan ishtirokchilarga 21-oktabr kuni elektron sertifikat beriladi. Sertifikatni @tiluzbot ni o‘zidan yuklab olasiz. Qanday qilishni o‘sha kuni tushuntiraman.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥7🥰3
Aytgancha sizlarga 8-oktabr kuni tanlov tugashi bilan hamma qatnashishi mumkin bo‘lgan o‘zbek tili bo‘yicha yana bir tanlov tashkil qilaman deb va’da bergandim. Agar shu postga reaksiyalar juda ko‘p bosilsa, ertagayoq yangi tanlovga start beraman.

🤩 Premium, yulduzchali reaksiyalar bosilsa, Telegram gift sovg‘alari yuborilsa yanayam kayfiyatim ko‘tarilib qo‘shimcha syurprizlaram qo‘shib yuborishim mumkin. Ana ko‘rdingizmi hammasi sizlarga bog‘liq ekan-aaa 😉

Hurmat bilan, kanal muallifi va tanlov bosh tashkilotchisi @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍299133🔥80🎉61👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📈 Hayotda istagan odam uchun imkoniyat doim topiladi. Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, chin niyatli inson bahona emas, yo‘l qidiradi.

‼️Unutmang: orzularni amalga oshiradigan narsa – sharoit emas, balki sizning qat’iyatingizdir.

Sizdachi harakat qilmaslik uchun qanday bahona bor?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36🔥30👍13😢7🥰3
🗣Stipendiya tushdimi?

Bundan 8 kun oldin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanalida ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘layotgan stipendiya kechikishi masalasi yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, barcha oliygohlar talabalariga hafta yakuniga qadar stipendiyalar berilishi belgilangandi.

Oradan 9 kun o‘tdi. Sentyabr oyi stipendiyasi tushdimi?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4420😢16👎7🔥2
💥Kunlik o‘rgangan bilimlaringizni ulashib pul ishlang.

Foydalanish BEPUL.
Yetkazib berish BEPUL.

➡️ boqiy.uz

BILIM – BOQIY BOYLIK

📞 Tel: 33-770-9095

Do‘stlaringiz bilan ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍3🔥3
2025/10/21 14:00:54
Back to Top
HTML Embed Code: