💡 Koʻproq kitob oʻqib, koʻproq bilim oling. Bu sizni yangi gʻoyalar va imkoniyatlar bilan boyitadi.
💡 Kamtarlik bilan muvaffaqiyatning kaliti shundaki, oʻzingizni boshqa odamlar bilan taqqoslashni bas qiling va oʻz yoʻlingizda davom eting.
💡 Hamma narsa faqat sizning qoʻlingizda, shunday ekan, jasoratli boʻling.
💡 Muvaffaqiyat — bu yomon oʻqituvchi. U aqlli insonlarni hech qachon yutqazmaydigan kabi his qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥9👏2🤩1
Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz?!
Koʻz yosh toʻkkanlarimiz?!
Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari?!
Bilim olish talaba boʻlgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir!
Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor....
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥24❤🔥11🏆3👏2
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda boʻlur, Ishonmasang ertalab qoʻllaringni duoga och.
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini oʻzingda koʻrasan.
Oʻta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va oʻrganish sustlashtiradi, oʻrgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun doʻstim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars ogʻirlik qiladi,
Ertangi ogʻirlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38❤🔥11🔥2👏1
#yaxshi_kayfiyat
🗓 Talabaning haftaligi:
✅ Dushanba — bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
✅ Seshanba — og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
✅ Chorshanba — Gagarinning oyga uchganini nishonlaymiz.
✅ Payshanba — haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
✅ Juma — shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
✅ Shanba — kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
✅ Yakshanba — iyee, hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi?😄
✈️ TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁47🤣27👍8🏆5🔥1
‼️“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ta’lim olishning quyidagi turlari mavjud:
➡️ Maktabgacha ta’lim va tarbiya – maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim;
➡️ Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim – umumiy o‘rta maktablardagi ta’lim;
➡️ Professional ta’lim – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardagi ta’lim;
➡️ Oliy ta’lim – bakalavriat, magistratura;
➡️ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – tayanch doktorantura, doktorantura;
➡️ Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
➡️ Maktabdan tashqari ta’lim – bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablaridagi ta’lim.
❔ Siz qaysi taʼlim turida tahsil olasiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✈️ TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥3👏2
Rivojlanmoqchilar uchun xushxabar! | Yangi loyiha
🔹Atigi 1 graduslik o‘zgarish dastlab sezilmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan u hayotingizda katta natijalarga olib keladi – xuddi kemaning yo‘nalishini ozgina burishdek.
☝️Loyihada sizni jamiyatda katta taʼsirga ega spikerlardan master-klasslar va unutilmas taassurotlar kutmoqda! Shuningdek loyiha ishtirokchilari uchun 50 ta kitoblar hamda qiymati 18 mln. so‘mlik kurs va konsultatsiyalar tayyorlab qo‘yilgan
⏳Faqat 2000 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va har biriga sertifikat ham beriladi! Shoshiling va o‘z imkoniyatingizni boy bermang!
Loyihada ishtirok etish👇
https://www.tg-me.com/birgradusbot?start=6495300076
🔹Atigi 1 graduslik o‘zgarish dastlab sezilmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan u hayotingizda katta natijalarga olib keladi – xuddi kemaning yo‘nalishini ozgina burishdek.
☝️Loyihada sizni jamiyatda katta taʼsirga ega spikerlardan master-klasslar va unutilmas taassurotlar kutmoqda! Shuningdek loyiha ishtirokchilari uchun 50 ta kitoblar hamda qiymati 18 mln. so‘mlik kurs va konsultatsiyalar tayyorlab qo‘yilgan
⏳Faqat 2000 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va har biriga sertifikat ham beriladi! Shoshiling va o‘z imkoniyatingizni boy bermang!
Loyihada ishtirok etish👇
https://www.tg-me.com/birgradusbot?start=6495300076
👍11
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁35👍10👏2🥰1🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥13👍7🔥4😁2👏1
Boʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍14👏3🥰2🎉1
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏11❤8🔥5
YANGI KUN – YANGI IMKONIYAT!
✔️ Har tongda quyosh yangi umid bilan chiqadi. Har tong sen uchun yangi imkoniyatlar, yangi muvaffaqiyatlar eshigini ochadi. O‘tgan kunlarda xatolar bo‘lishi mumkin, lekin bugun ularni to‘g‘rilash imkoniyating bor!
🔺 Erta tur – g‘alaba qozon! Tongni erinchoqlik bilan emas, katta maqsadlar bilan kutib ol.
🔺 Rejalaringni yoz! Kunni maqsadsiz o‘tkazma. Erishmoqchi bo‘lgan narsalaringni aniq belgilab ol.
🔺 Sog‘lig‘ingga e’tibor ber! Oddiy badantarbiya va bir stakan suv ham kuningni energiyaga to‘ldirishi mumkin.
🔺 O‘zingga ishon! Sen aqlli, kuchlisan va orzularingni ro‘yobga chiqarishga loyiqsan!
❗️ Bugun o‘z ustingda ishlashni boshlash uchun eng yaxshi kun!
✈️ TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥6❤3🥰2👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤🔥7🎉3🔥2👏2
#lirik_chekinish
TALABALAR MADHIYASI
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasi bu koʻhna Turon,
Qalqonlari,qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.
Tarixdan tushganda ham otdan tushmagan,
Ajdodingiz uy qurmagan – davlat qurgan
Yurti uchun yelkasida togʻlar surgan
Rustamlari, Farhodlari ilm istang.
Koʻz ochgandan kezib yetti bagʻri ummon,
Yetti tilda soʻzlashgan biz tili biyron,
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton –
Boburlari, Behzodlari ilm istang.
Haq yoʻlida siz ilmning ummatlari,
Xalq yoʻlida hidoyati, himmatlari,
Madad boʻlsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
Ilm istang, izingizdan ibrat yogʻsin,
Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin,
Ortingizdan magʻrur-magʻrur millat yoqsin
Mulki Turon najotlari, ilm istang.
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasidir Oʻzbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
© Muhamad Yusuf
✈️ TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
TALABALAR MADHIYASI
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasi bu koʻhna Turon,
Qalqonlari,qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.
Tarixdan tushganda ham otdan tushmagan,
Ajdodingiz uy qurmagan – davlat qurgan
Yurti uchun yelkasida togʻlar surgan
Rustamlari, Farhodlari ilm istang.
Koʻz ochgandan kezib yetti bagʻri ummon,
Yetti tilda soʻzlashgan biz tili biyron,
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton –
Boburlari, Behzodlari ilm istang.
Haq yoʻlida siz ilmning ummatlari,
Xalq yoʻlida hidoyati, himmatlari,
Madad boʻlsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
Ilm istang, izingizdan ibrat yogʻsin,
Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin,
Ortingizdan magʻrur-magʻrur millat yoqsin
Mulki Turon najotlari, ilm istang.
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasidir Oʻzbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤8👏3🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥12👏4😢4🤬1
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
#matonat #iroda #qahramonlik
⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni!
🏆 Uch karra Jahon chempioni bo‘lgan vakillarimiz Bangladeshda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, chempion bo‘lishdi. Natijalarni qarang:
🇺🇿 O‘zbekiston – 8:1 – 🇮🇩 Indoneziya
🇺🇿 O‘zbekiston – 13:0 –🇳🇵Nepal
🇺🇿 O‘zbekiston – 3:0 – 🇧🇩Bangladesh
🇺🇿 O‘zbekiston – 3:0 – 🇮🇶Iroq
#final🇺🇿 O‘zbekiston – 6:0 – 🇮🇩 Indoneziya
Ular o‘z ishini qiladi katta pullar kutmay,
Ularni ishlari ko‘rinmaydi, to‘plamaydi like,
O‘z burchini o‘ylab o‘zini hecham o‘ylamaydilar,
Ular haqida qo‘shiqlar ham juda kam aytilar.
👉 @izzatxoja_asomiddinov
#final
Vakillarimiz 14-fevral, juma kuni soat 01:05 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishadi. Qahramonlarni munosib kutib olish kerak.
Ular o‘z ishini qiladi katta pullar kutmay,
Ularni ishlari ko‘rinmaydi, to‘plamaydi like,
O‘z burchini o‘ylab o‘zini hecham o‘ylamaydilar,
Ular haqida qo‘shiqlar ham juda kam aytilar.
👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥16👏8🏆2
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥14👏2😁2🤪2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥8
Anonymous Poll
53%
21%
16%
10%
👍8🔥5👏2
Anonymous Poll
22%
28%
23%
15%
13%
🔥15👍6🏆1
Anonymous Poll
40%
12%
9%
38%
🤣21👍9🔥4🏆4👎1