Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Eshitdingizmi? Toshkentdagi OTM rektorlari 3 ta sport turi bo‘yicha Vazir kubogi uchun kurashishdi.

Qaysi OTM rektori g‘olib bo‘lganini bilasizmi? Qani videoni ko‘ring-chi, siz o‘qiydigan OTM rektori balki shohsupada turgandir...

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Bugungi kunda oliygohlarda talabalarning 782 mingini (52,5%) xotin-qizlar tashkil etadi

🔝 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 2.385 nafar xotin-qiz to‘liq davlat granti asosida o‘qishni boshladi.

🔝 Magistratura bosqichida o‘qishini davom ettirayotgan jami talabalar 37.839 nafar bo‘lib, shundan talaba-qizlar soni 23.628 nafar (62,44 foiz)ni tashkil qiladi.

🔝 2023/2024-o‘quv yilida 5.991 nafar magistr talaba xotin-qizlarga 60,3 mlrd. so‘m mablag‘ Davlat byudjeti hisobidan to‘lab berildi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112👎1🔥1👏1
#Abituriyent2025 #JavoblarVaraqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

💾 Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni

☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida:
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
#noyob_hodisa

🌖 Bugun osmonda “Qonli oy” kuzatiladi

Aytishlaricha, bu oy odatdagidan qizilroq bo‘ladi shu sababli nomi shunaqa!

☑️To‘liq oy tutilishi vaqtida Yer yo‘ldoshi yorqin qizil tusga kiradi. Bu hodisa quyosh nurlarining Yer atmosferasida singani sababli yuzaga keladi.

Osmondagi ushbu hayratlanarli manzarani o‘tkazib yubormang!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤔5🔥2
#qonunchilik_yangiliklari

O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


➡️Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

➡️Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

↪️Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

◀️Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

▶️Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

❗️Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2👎1
Bankomatdan naqd pul yechayotganimizda nega 1 foiz komissiya to‘laymiz?

Kartangizdagi 1 mln. so‘mni bankomat orqali naqdlashtirsangiz, yechib olingan komissiya 1 foiz, ya’ni 10 ming so‘mning hammasi bank foydasi emas.


↪️10 ming so‘mning 10 foizi, ya’ni 1000 so‘m to‘lov tizimlariga amaliyotni prosessing qilgani uchun;

↪️10 ming so‘mning 40 foizi, ya’ni 4000 so‘m bankomatlar va qurilmalar amortizatsiyasi uchun;

↪️10 ming so‘mning 30 foizi, ya’ni 3000 so‘m inkassatsiya, naqd pullarni qayta sanash xarajatlari;

↪️10 ming so‘mning 10 foizi, ya’ni 1000 so‘m kommunikatsiya, elektr energiyasi, sug‘urta, ehtiyot qismlari va ijara to‘lovlariga oid xarajatlar;

↪️10 ming so‘mning 10 foizi, ya’ni 1000 so‘m bank foydasi tashkil etadi.

Demak, biz naqdlashtirayotgan 1 mln. so‘mning atigi 1000 so‘mi bankning sof foydasi bo‘lar ekan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😁14🔥5👎1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Grantdagi talabalarni kontraktga, kontraktdagilarni grantga o’tkazish tartibi

1. Bu tartib qanday ishlaydi?
2. Nechanchi kurslarga taalluqli?
3. Magistrlarga taalluqlimi?
4. Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
5. Maqsadli qabul bilan kirganlargachi?


📹 Batafsil videoda bilib oling!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👎6🔥2
#diqqat_elon

🗣Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

✔️Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda:

🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yoʻllanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar www.muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

💾 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️"Open byudjet"da ovoz berish tartibi o‘zgardi!

Endi ovoz berish jarayoni avvalgidek amalga oshiriladi — har bir ovoz bermoqchi bo‘lgan fuqaroga sms-xabar keladi.

Barchaga ushbu muhim ma’lumotni yetkazing! Videoni to‘liq tomosha qilib, tushunib oling.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😁1
⚡️ Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

— Maktablarda bahorgi ta’til qachon boshlanadi? Rasman tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, ta’til sanasi va IV chorak boshlanish kunini bilib oling!

Talabalar esa Navro‘rz bayramida qancha dam olishi haqida hali rasmiy xabar chiqqani yo‘rq!


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8🔥21👍1
📃 Qisqa lug'at

📌Abituriyent urushga otlangan, lekin uning dahshatini hali his qilmagan ko'ngilli;

📌Talaba – nima uchun jang qilayotganini bilmagan askar;

📌Guruh sardori (starsta) – omon qolishni istaganlardan sigaret puli yig'ib, orqa safga qo'yuvchi serjant;

📌Guruh nazoratchisi (kurator) – urush ketayotganini yashirmoqchi bo'lgan musiqachi leytenant;

📌Kafedra mudiri – askarga tanksiz bir ish chiqarolmasligini tushuntiruvchi mayor;

📌Dekan – tanklar yo'nalishini boshqaruvchi polkovnik;

📌Prorektor – qo'lga olingan tanklarni hisobdan chiqaruvchi general

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43😁9👍6🔥3🥰1
#Bilasizmi

Talaba va o‘quvchilar ta’lim muassasasida telefon quvvatlashi ta'qiqlanadi

“Huquqiy axborot” kanali ma’lumot berishicha, ta’lim muassasasi hududida uyali aloqa vositasi bilan bog‘liq quyidagi narsalar taqiqlanadi:

🚫Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida saqlash;
😀Telefon akkumulyatorini quvvatlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
😀Telefoni yordamida atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
😀Ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
😀O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
😀Telefonni stol ustiga qo‘yish;
😀Musiqa tinglash,


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎12👍10😁4🤬2🔥1
Navro’z bayrami uchun qo’shimcha dam olish kuni beriladimi?

Javob: hozircha Navro’z bayramiga qo’shimcha dam olish kuni berilishi haqida hech qanday rasmiy hujjat yo’q.

Rasmiy hujjat yo’qligini hisobga olsak, demak, joriy yilda bayramlarda ketma-ket dam olish kunlari bo’lmaydi.

Navro’z bayramida dam olish kunlari quyidagicha bo’lishi kutilmoqda:

21-mart (juma) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
22-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish.
23-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.

Ya’ni faqat Navro’z kuni hammaga dam olish bo’ladi, qolgan kunlarda hech narsa o’zgarmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
#Jamoatchilik_muhokamasi

Chirchiq davlat universiteti va Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi


🌐 Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan “Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini xalqaro talablar asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilmoqda.

💬Unga ko‘ra:

➡️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti negizida Chirchiq davlat universiteti;
➡️ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

◀️2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
🟢malaka talablari va o‘quv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi va o‘quv jarayoniga joriy etiladi;
🟢tanlov asosida ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovka hamda malaka oshirishga yuboriladi;
🟢o‘zaro kelishuvlar asosida akademik mobillik yo‘lga qo‘yiladi;
🟢muassasalarning soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallari tashkil etiladi;
🟢Institutda “spin-off” korxonasi yo‘lga qo‘yiladi;
🟢bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalari ish beruvchi korxona va tashkilotlarda o‘tkaziladi;
🟢ularda darslarni xorijiy tillarda o‘qitadigan alohida guruhlar tashkil etiladi.


🔔2027-yil 1-sentyabrga qadar Universitetda o‘quv ustaxona va “Biotexnologiya”, “Sun’iy intellekt”, “Ekologiya xavfsizligi” o‘quv laboratoriyalari tashkil etiladi.

☑️Universitet huzurida Turizm tadqiqotlari markazi hamda Transformatsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

☑️Universitet hamda Institutning yuqori kurs talabalarini haq to‘lanadigan ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

✔️Institutda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi.

✔️2026-yil 1-yanvardan boshlab Universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
#yaxshi_kayfiyat

🗓Talabaning haftaligi:

Dushanba — bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
Seshanba — og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
Chorshanba — Gagarinning oyga uchganini nishonlaymiz.
Payshanba — haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
Juma — shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
Shanba — kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
Yakshanba — iyee, hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi?😄

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣59😁11👍10👏4
⚡️Ertaga barcha davlat tashkilotlarida «svet» bir soatga o‘chadi

Bu 25 mart – «Yer soati» kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan maxsus aksiya hisoblanadi. Maqsad – tabiiy resurslarni asrash va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

«Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz», deyiladi Ekologiya vazirligi bayonotida.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😁12🤣12❤‍🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 #bugun_futbol

🌍 JCh-2026 saralash| 8-tur| 20:00
🇮🇷 ERON vs O’ZBEKISTON 🇺🇿

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Milliy jamoamizni qoʻllab-quvvatlash uchun Tehronga yetib keldi.

Bugungi o‘yindan qanday natija kutyapsiz?
🔥 Yutamiz | 🤝 Durang
👎 Yutqazsak kerak

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥67🤝14👍4👎3
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🌙Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuni nishonlanadi. 31-mart, dushanba – barcha uchun dam olish kuni.

Bugun esa Qadr kechasi munosabati bilan yurtimizdagi 1700 dan ortiq masjidda Qur’oni karim xatmonalari bo‘lib o‘tadi.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍135👏2
2025/07/13 21:11:46
Back to Top
HTML Embed Code: