Telegram Web Link
Izzatxo‘ja | Blog
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 Smartwatch, quloqchin, airpods va kitoblar to‘plamini yutib oling! 💠Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan “Amir Temur” onlayn viktorinasiga start berildi! 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar…
🗣Bugun soat 19:00 da mana shu tanlovning final bosqichi o‘tkaziladi. Ko‘pchilikning sharoitini inobatga olib, kechroqqa tashkil qildik. Nasib qilsa bugun kechgi vaqtlarda g‘oliblar kimligini e’lon qilaman.

Test ishlashda qatnashgan barcha ishtirokchilarga elektron sertifikatlar ertaga beriladi.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
Izzatxo‘ja | Blog
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 Smartwatch, quloqchin, airpods va kitoblar to‘plamini yutib oling! 💠Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan “Amir Temur” onlayn viktorinasiga start berildi! 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar…
🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢

🗣“Sohibqiron” onlayn viktorinasi g‘oliblari bilan tanishing:


🔴1-o‘rin: Ulug‘bek Hasanov – Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani 71-maktab o‘qituvchisi;
🟢2-o‘rin: Muminjon Salayev – Ma’mun universiteti o‘qituvchisi
🟢2-o‘rin: Azamat Fayzullayev – Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi
🔵3-o‘rin: Iroda Quchqorova – O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
🔵3-o‘rin: Inayatulla Rametullayev – IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchisi
🔵3-o‘rin: Akbarjon Raxmatov – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:


↪️1-o‘rin: Islom Fayzullayev – Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi;
➡️2-o‘rin: Muhsinjon Turg‘unov – “Kitobdan” Telegram kanali muallifi, savdogar
➡️2-o‘rin: Azimjon Jo‘rayev – Toshkent davlat transport universiteti magistranti;
↪️3-o‘rin: Mohinur Toshpo‘latova – Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi;
↪️3-o‘rin: Abdulaziz Xuvaydullayev – Namangan davlat pedagogika instituti talabasi;
↪️3-o‘rin: Mahmudjon Mahkamov – Namangan davlat pedagogika instituti talabasi.

↪️ Nizomga ko‘ra, tanlov g‘oliblari diplom va quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

🔹1-o‘rin – Smartwatch + Quloqchin + Airpods;
🔹2-o‘rinlar – Smartwatch + Airpods;
🔹3-o‘rinlar – Quloqchin;
♦️Test bo‘yicha g‘olib bo‘lganlar 3 tadan kitoblar to‘plami bilan ham taqdirlanadi.

Viktorinada test ishlash jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilar 24-aprel kuni elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥81
7488105.pdf
1.4 MB
❗️O‘zbek tili – barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanga aylandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘iga asosan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflarning bitiruvchilari ham o‘zbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36👏105👎2🥰1
☑️Xabar berishlaricha: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi — Prezident qarori

Qarorga ko‘ra:

↪️Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi.
↪️Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi.

Endi barcha bitiruvchilarga universitet diplomi beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍11👎2
#Xalqaro_reyting #natija

⚡️Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi


🌐 Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Osiyo universitetlarining 2025-yil uchun reyting natijalari THE Asia University Rankings – 2025 e’lon qilindi.

📈Joriy yilda e’lon qilingan ushbu nufuzli reytingda O‘zbekistonning 3 ta universiteti ilk bor yuqori o‘rinlarni egallab, xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

↪️“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 201–250-o‘rinlar;
↪️O‘zbekiston milliy universiteti — 501–600-o‘rinlar;
↪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 601+ o‘rinlarda qayd etildi.

⭐️ Reytingning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu baholashda qatnashish uchun oliygohlar THE agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qat’iy mezonlarga javob berishi lozim. Xususan, talabgor universitetlar so‘nggi besh yillik faoliyati davomida innovatsion yondashuvlar, ilmiy natijalar, xalqaro hamkorliklar va barqaror rivojlanish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan holda dunyo universitetlari orasida TOP-1000+ ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak.


✔️ Bu natija O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy islohotlar va o‘zgarishlarning samarali natijasi ekanini ko‘rsatadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥8👎2👏2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ham tanish-bilishchilikmi?

Ayni paytda maktab o‘qituvchilari malaka toifalari uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonida turli qiyinchiliklar ham bo‘layotgani, X variantlar tanish-bilishlarga berilayotgani aytilmoqda.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣14🤬9👍4🔥3🤪1
Talaba-yoshlar | Rasmiy
🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢 🗣“Sohibqiron” onlayn viktorinasi g‘oliblari bilan tanishing: 🔴1-o‘rin: Ulug‘bek Hasanov – Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani 71-maktab o‘qituvchisi; 🟢2-o‘rin: Muminjon Salayev – Ma’mun universiteti o‘qituvchisi 🟢2-o‘rin: Azamat Fayzullayev – Guliston…
🔖 Diqqat “Sohibqiron” onlayn viktorinasida test ishlagan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

🔵Sertifikatni olish uchun @bilimtanlovbot manziliga kirasiz;
🔵Botga /start buyrug‘ini berasiz;
🔵“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz;
🔵Kanalga ulanmagan bo‘lsangiz, obuna bo‘lib, qaytadan “Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz.

🔴Eslatma! Siz tanlov uchun qaysi ism-familiya bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sertifikat o‘sha ism-familiyaga beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥3
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🗣Tanlov g‘oliblarini taqdirlash uchun hamma narsa tayyor, nasib qilsa kelasi hafta sovg‘alarni egalariga topshiramiz.

📚“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining navbatdagi mavsumi may oyi oxirlarida boshlanadi. Ungacha yana qandaydir kichikroq (xuddi “Sohibqiron” viktorinasiga o‘xshash) tanlov qilsak bo‘ladi.

9-may munosabati bilan qilsakmikin, lekin savollar nima haqida bo‘ladi? Takliflar bo‘lsa kutaman...

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍432🔥2😁1
#reyting #Ochiqlik_indeksi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ochiqlik indeksida birinchi!


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi.

📊Unga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyati 88,1 bilan baholanib, vazirliklar ichida 1-o‘rin, barcha davlat organlari va tashkilotlar ichida esa 7-o‘rinda qayd etildi.

Vazirlik 2023-yil yakunlari bo‘yicha mazkur indeksda 67,4 ball bilan 42-o‘rin (sariq)da
bo‘lgan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sening faqat gapga o‘qigan kursdoshing imtihonda ...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁40👍4🤣31
📌 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘nlab bino va inshootlari sotuvga qo‘yilar ekan.

Bu ushbu universitet Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilayotgani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Nafaqat TDPU balki barcha Vazirliklar, davlat tashkilotlari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chirilishidan xabaringiz bormi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
#qonunchilik_yangiliklari

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

☑️Farmonga ko‘ra:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;
Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🥰1
🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi AOKA reytingida birinchi o‘rinni egalladi!

☑️Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotiblari ish samaradorligi baholandi. Bu Ochiqlik indeksining birinchi indikatori hisoblanadi.

👏Baholash natijalariga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida 91,0 ball bilan 1-o‘rin, respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida 2-o‘ringa sazovor boʻldi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Bahor – yangilanish, yorqin tadbirlar va ezgu ishlar fasli!

🌸 Sizlarni 1-maydan 3-maygacha o‘tkaziladigan Toshkent gullar festivaliga taklif etamiz. Festivalda ishtirok etish uchun ekologik dizayn, barqaror taraqqiyot va "yashil iqtisodiyot" sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Milliy kutubxona maydoni.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4
Endi yana bir toifadagi talabalarga maxsus stipendiya to‘lanadi

Xabarga koʻra, kambagʻal oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qoʻllab-quvvatlash taklif qilingan. Taʼkidlanishicha, bunday oilalarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etiladi.

☑️Kambagʻal oila farzandlarining taʼlim olishi uchun ham bir qator moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi. Jumladan, bunday oiladan chiqqan bolalar maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Aʼlo bahoga oʻqiganlari esa oromgohlarda bepul dam olishi mumkin boʻladi.

☑️Kambagʻal oiladan chiqqan aʼlochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya toʻlanadi.

❗️Nogironligi bor insonlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berish, bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish, tadbirkorlarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish kabi ragʻbatlar ham koʻzda tutilmoqda.

❗️Shuningdek, elektron savdo maydonchasi orqali nogironligi bor shaxslarga tegishli tovar va xizmatlarni xarid qilish miqdori oshiriladi. Ularga kasb-hunar oʻrgatish uchun texnikumlarda inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🤝21
📌 Yuqoridagi ro'yxatda keltirilgan 13ta oliygoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

Shu vaqtga qadar faqat Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufida edi. Qolgan ro‘yxatdagi oliygohlar oliy ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
2025/10/02 21:24:04
Back to Top
HTML Embed Code: