Telegram Web Link
Talaba-yoshlar | Rasmiy
🔖 Diqqat “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida test ishlagan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi! 🔵Sertifikatni olish uchun @bilimtanlovbot manziliga kirasiz; 🔵Botga /start buyrug‘ini berasiz; 🔵“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz. 🔴Eslatma!…
Xavotir olmanglar, dasturchi bilan gaplashdim, 1-mavsumda sertifikat olishga ulgurmaganlar ertaga sertifikat olishini imkoni bor dedi, faqat biroz kutsangiz, bu masalani ham Dasturchimiz hal qilib beradi...
🔥41👏54🥰3🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Barcha oliygohlar tashkiliy va akademik jihatdan mustaqil bo‘ladi.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha kengaytirilganda ta'kidladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥9👍5🥰2
Viktorinaning 1-mavsumida test ishlab sertifikat olishga ulgurmaganlar uchun so‘nggi imkoniyat!

➡️ @bilimtanlovbot ga kirib, botga /start bosib, “Sertifikatni olish” tugmachasini bosing va sertifikatni oling. Sertifikatni olish bugun soat 20:00 da to‘xtatiladi.

‼️Eslatma! Sertifikat faqatgina 1-mavsumda test ishlaganlar uchun, 2-mavsumdagilarga viktorina tugagach boshqa sertifikat beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👏4🔥2🥰2😁1
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:


↪️kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti),
↪️kechki ta’limda – 2 250 ta,
↪️dual ta’lim shaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23
🇺🇿Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

➡️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 271 000 soʻm;
➡️bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 soʻm;
➡️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 soʻm;
➡️yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 soʻm;
➡️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 soʻm;
➡️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi  – 1 012 000 soʻm;
➡️yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 soʻmdan) 1 012 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 soʻm;
➡️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 soʻm;
➡️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 820 000 soʻm.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👍5😢3
🇺🇿O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

🥊Joriy yilning 1-11 avgust kunlari Tailandning Bangkok shahri yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bokschilar umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

☑️9-avgust kuni turnirning o‘smirlar (19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar) o‘rtasidagi musobaqalari yakunlandi va o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqqan holda umuman jamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Kecha, 11-avgust kuni yoshlar (22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar) o‘rtasidagi bellashuvlar ham o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston U-22 jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu ko‘rsatkich bilan jamoa yana bir bor qit’ada birinchi bo‘ldi. Shu tariqa ikki yosh toifasini o‘z ichiga olgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar jami 15 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


👏Ahamiyatlisi shundaki, tarixda ilk bor «World Boxing» tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga 38 nafar bokschi bilan borgan O‘zbekiston terma jamoasi 31 ta medal bilan ortga qaytdi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👏16👍10❤‍🔥5😁2
⚡️Nega 56,7 ball davlat OTMlariga topshirganlar uchun ahamiyatli?
 
Sababi hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetsa ham, 56,7 dan kam ball to'plagan abituriyent talaba bo‘lolmaydi.

Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %); 
 
To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan. 

Demak, 56,7 balldan kam to‘plaganlarda faqatgina super-kontrak orqali talaba bo‘lish imkoni bor.
 
✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👏4🔥3🥰2👍1
⚡️ 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥4👍3
Bakalavrga hujjat topshirganlar uchun mandat qachon chiqadi?

✔️ JAVOB: qoidaga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

‼️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 8-avgust kuni to‘liq yakunlangan. Demak, mandat natijalari 15-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🤯8😭1
🗣Xayrli tong! Yarim kechasi mandat e’lon qilinibdi.
To‘g‘rida kunduz kuni e'lon qilsa hamma birdan tekshirsa platformalar qotib qolishi mumkin.

📌Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.


1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
➡️my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
➡️mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
➡️test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍5😁3🥰2👏1
🗣Qayerdadir katta bayram, qayerdadir xursandchilik, qayerdadir xafagarchilik, qayerdadir shukrona, qayerdadir nadomat…

O’qishga kirganlarga xayrli bo’lsin, yiqilganlarga esa tushkunlikka tushmaslikni maslahat beraman. Hayot to’xtagani yo’q, xayrlisini bergin, deb yo’lda davom etavering.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3119😭7👍5👏4
#kayfiyat_uchun

🎓Mandat chiqqanidan keyin uyda tahminan shunday kayfiyat hukmron bo‘lsa kerak😅

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁54🤣478🤯1
#Qabul2025 #Apellatsiya

Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

☑️Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
☑️Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👎2👏1😁1
2025/09/20 20:34:44
Back to Top
HTML Embed Code: