Telegram Web Link
#yangilik #kontrakt_summasi
⚡️Endi OTM uchun kontrakt to‘langanda farzandning yoshidan qat’iy nazar 12 foizlik daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.

Shuningdek, o‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs – ta’lim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa xotiniga (eriga) beriladi.

➡️ 12% qaytarish videoqo‘llanmasi

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏3👍2🔥2🥰1
🎓 Talaba bo‘lganlar birinchi navbatda nima qilishi kerak?

Avvalo, talaba bo‘lganlar @talabayoshlar kanaliga obuna bolishi kerak. Undan so‘ng quyidagilar tavsiya qilinadi:


↪️Hozir har bir OTMning telegram kanali, sayti bor. O‘zingiz talaba bo‘lgan OTM saytiga kirib tanishib chiqing. OTM lokatsiyasi, binolari, kutubxonalari, darslari haqida ma’lumot oling.

↪️O‘zingiz talaba bo‘lgan yo‘nalishda qanday fanlar o‘tilishi, baholash qanaqa ekani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.

↪️Darslar boshlangach, abituriyentlikdagi o‘qish darajasini saqlab qolish, erkalanib ketmaslik uchun alohida o‘qish planini tuzib olish kerak.

↪️O‘zingizga o‘zingiz javob berishga o‘rganishni boshlang. Endi mustaqil shaxssiz, ehtimol, uydagilaringizdan uzoqda o‘qiysiz. Demak, pulingizni, vaqtingizni qanday sarflashga o‘zingiz javobgarsiz. Bundan cho‘chimang. Mustaqillik – yaxshi narsa.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25🤝6🔥5🤔3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Oy boshida aniqlangan asteroid 17 avgust kuni Yer yaqinidan uchib o‘tadi

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi. Diametri taxminan 50 metr bo‘lgan kosmik jism Yerga taxminan 770 ming km masofada o‘tadi va shu uchun “potensial xavfli” hisoblanadi.

♦️Asteroid 1-avgust kuni topilgan. Taqqoslash uchun: 50 ming yil avval xuddi shunday kattalikdagi meteorit AQSHdagi mashhur Arizona kraterini hosil qilgan.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥4🤝3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Kontraktga kirganlar diqqatiga!

Kontraktga kirgan bo‘lsangiz, hafa bo‘lmang. Chunki 2-kursda grantga o‘tishingiz imkoni bor. Batafsil videoda ko‘ring.

↪️Kundan-kunga imkoniyatlar ko‘payib ketmoqda, ulardan faqat foydalanish kerak, hammasi o‘zingizga bog‘liq!

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👎9👍1
#rasmiy_bayonot

⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.

Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.

Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

Tasdiqlanmagan manbaga asoslanib, yuqoridagi postda xato ma'lumot beribmiz. Vazirlik aniq ma'lumot berdi. Tez orada TTJga ariza ishga tushsa xabar beramiz.


✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
⚡️Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab berishi kerak. Kimlarniki to‘lanadi?

Har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs uchun, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

👩 Qaysi toifadagi qizlar?
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.


Shu toifaga kirsa ham, lekin:
ikkinchi mutaxassislikda;
O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
Nodavlat oliygoh litsenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini tekshirishingiz mumkin.

☝️ Eng afzal yo‘li – license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🇺🇿O‘zbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

♦️Ma’lumot berilishicha, 2023-yilda Hindistonda 1459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. 18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova ma’lum qildi.

✔️Qayd etilishicha, talaba-yoshlar bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
“Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti. Bu voqea – yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi”, deb yozdi.


✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏29❤‍🔥5🏆5🎉4🤩3
🗣Bolaligimda...

👕 Qo‘llarimni ko‘ylagimning ichiga tiqib olib, “qo‘llarim qani?” derdim.

🎮 Video o‘yinda yutqazishni boshlasam, har safar boshidan boshlardim.

✍️ 4 xil rangda yozadigan ruchkam bo‘lardi, 4 ta rangini bittada bosib chiqarmoqchi bo‘lardim.

🗣 Biror kishini qo‘rqitmoqchi bo‘lib, eshik orqasida berkinib turardim. Uzoooq kutib qolsam, chiqavermasa, hafsalam pir bo‘lib, ketib qolardim.

⚫️ Chiroqni yoqish/o‘chirish tugmasini muvozanatga keltirmoqchi bo‘lardim.

💦 Deraza oynasidan dumalayotgan yomg‘ir tomchilarini tomosha qilib turib, ular poyga o‘ynashyapti, deb tasavvur qilardim.

🍉 Meva urug‘ini yutib yuborsam, endi qornimda meva o‘sib chiqadi va men o‘lib qolaman, deb qo‘rqardim.

💡 Muzlatgichning chirog‘ qachon o‘chishini aniqlamoqchi bo‘lib, eshigini judayam sekiiiin yopib ko‘rardim.

Esingizdami, bolaligimizda katta bo‘lishni orziqib kutardik? Endi esa hattoki qachon va nima sababdan ulg‘ayib qolganimizni ham bilmaymiz...


Ushbu xabarni o‘qir ekansiz, yuzingizga beixtiyor tabassum yugurdi, shunday emasmi? Balki davom ettirarsiz o‘z yoshligingiz haqida...

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63😢27😁12🔥8🥰3
Talaba-yoshlar | Rasmiy
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Dolzarb 90 kun” viktorinasi 2-mavsumida qatnashib, rasmdagi qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling! ↪️Viktorinada qatnashish uchun @bilimtanlovbot manzili orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Viktorinada barcha O‘zbekiston fuqarolari…
Bugun viktorina testlari boshlanadi. Hozirda bazaga testlar yuklanmoqda. Jarayon yakunlanishi bilan kanalda e'lon qilamiz.

Xavotir olmang, sizga testlarni ishlash uchun 22:00 gacha vaqt bo‘ladi, bemalol ulgurasiz.

Aytgancha, bugun 20:00 da referal ball bo‘yicha TOP-15 talik o‘rin egalari ham aniqlanadi. Ko‘proq do‘stlaringizni taklif qilib, sovrinlarga ega bo‘ling.
36👍8🔥6
🗣“Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi 2-mavsumining test ishlash jarayonlari rasman boshlandi!

☑️Testni boshlash uchun @bilimtanlovbot botiga kirasiz, yuqoridagi rasmda chap tomonda ko‘rsatilgan qizil rang bilan belgilangan joyni bosib, ko‘k rangda belgilangan /start so‘zini bosasiz (yoki shunchaki botga /start deb yozib yuborsangiz ham bo‘ladi);

☑️So‘ngra, rasmda o‘ng tomonda ko‘rsatilgan “Testlarni ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.

Viktorina g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆GranPri (3 nafar) – Smartwatch + Karaoke Speaker;
🥇1-o‘rin (4 nafar) – Bluetooth ko‘zoynak;
🥈2-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin Pro Max;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Bluetooth ovoz kuchaytirgich.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👎11👍7
#diqqat #ogohlik
🗣IIBB talabalarga ogohlantirish bilan chiqdi

Talabalar va ularning ota-onalaridan poytaxtda yashash uchun uy ijaraga olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik so‘raldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.


‼️Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan poytaxtga kelayotgan talabalarni aldash holatlari ko‘paymoqda. Bunday holatlar ko‘pincha internetda firibgarlar tomonidan sodir etiladi. Ular arzon ijara uy e’lonlarini joylashtirib, o‘zlarini uy egasi sifatida ko‘rsatmoqda. Oqibatda talabalar va ularning yaqinlari firibgarlar taklif qilayotgan uyni saqlab qo‘yish yoki 2 oylik ijara to‘lovini oldindan to‘lash shartiga rozi bo‘ladi. Ammo to‘lov amal oshirilgach, ular aloqani uzib, ijtimoiy tarmoqlarda talabalar hamda ularning yaqinlarini bloklaydi.

☝️ IIBB yuqoridagi holatlarning oldini olish uchun qator tavsiyalar berdi. Jumladan:
↪️uyni shaxsan borib ko‘rmay turib oldindan to‘lov qilmaslik;
↪️ijara shartnomasini faqat uyni ko‘rgan va haqiqiy egasi bilan uchrashgandan so‘ng tuzish;
↪️shaxsiy ma’lumotlarni ishonch hosil qilmaguncha begona shaxslarga yubormaslik.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍2
Referal ball yig'ish yakunlandi. Hozirgi holat skrinshot qilib olindi, endi soxta ball yig‘ganlar tekshirilib, chetlatilib, tez orada yakuniy natijalar e‘lon qilinadi.

Referal bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (3 nafar) – Smartwatch + Karaoke Speaker;
🥇1-o‘rin (4 nafar) – Smartwatch;
🥈2-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin Pro Max;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Bluetooth ovoz kuchaytirgich.

🗣Bugungi testlarni ishlash soat 22:00 gavha davom etadi. Ertangi testlar esa 09:00 dan 22:00 gavha davom etadi.
☑️Shundan so‘ng test bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi va yuqori o‘rindagilar birma-bir videochat orqali savol-javob qilinadi (shunda bilib olamiz, testni o‘zi ishlaganmi yoki...)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2710🤬8🔥4👎2
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Photo
Hali testni ishlamaganlar tezroq 5 ta do‘stini taklif qilib, 22:00 gacha test ishlashga ulgurib qolishi mumkin. Hali vaqt va imkoniyat bor!
5👍1👎1
🗣“Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi 2-mavsumining test ishlash jarayonlari 1-kuni yakunlandi!

Bugun test ishlaganlar testlarning davomini ertaga soat 09:00 dan 22:00 gacha ishlashi kerak va shu bilan 2-mavsum ham yakunlanadi. Barchaga omad!


🔖 Viktorinada test ishlagan barchaga, natijasidan qat'iy nazar QR kodli elektron sertifikatlar beriladi. Sertifikatlarni 19-avgust kuni botni o‘zidan yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Referal bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarning natijalari tekshirilmoqda, g‘oliblarni ertaga 13:00 ga qadar kanalimizda e'lon qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36😭12🔥7👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤣66🔥2214👍12😁11
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Video message
O‘z aybini o‘zi ochib qo‘ygan ishtirokchi uchun 1 daqiqa sukut saqlaymiz... 😅

Siz shoxida yursangiz men bargida yuraman dermidi, referal bo‘yicha ham 2 ishtirokchining natijasi sun'iy akkountlar orqali ball yig‘gani uchun bekor qilindi. Ularni o‘rniga pastki o‘rindagilar ko‘tarildi.

Viktorinani adolatli o‘tkazish uchun yakshanba kuni kechasi ham ishdaman, shundan ham mas'uliyatimni bilib olaverasizlar.
😁62👍2716❤‍🔥10🔥5
Xayrli kun! “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasining 2-kun test ishlash jarayonlariga start berildi. Testlarni bugun soat 22:00 ga qadar ishlash mumkin!

Testlar @bilimtanlovbot ga kirib ishlanadi.
👍1710🔥5🤩3🤔1
🗣“Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi 2-mavsumining referal bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing:

GranPri (Smartwatch + Karaoke Speaker) g‘oliblari:

🏆 Ahrorbek Ashuraliyev – Qo‘qonDU talabasi;
🏆 Savrinoz Mamajonova – FarDU talabasi;
🏆 Malika Shukrullaeva – TDSHU magistranti;

1-o‘rin Smartwatch g‘oliblari:

🥇 Zilola Ikromova – uy bekasi (Toshkent);
🥇 Jasmina Axmedova – QarDU talabasi;
🥇 Akbarjon Raxmatov – TDSHU talabasi;
🥇 Ruxshona Oxunjonova – NamDU talabasi;

2-o‘rin (Quloqchin Pro Max) g‘oliblari:

🥈 Dilorom Rahmatova – SMM menejer (Toshkent);
🥈 Salomatxon Otaboyeva – FarDU tyutori;
🥈 Shahzoda Usmonova – TDTibU talabasi;
🥈 Gulnurabegim Sariyeva – UrDU bitiruvchisi

3-o‘rin (Bluetooth kalonka) g‘oliblari:

🥉 Sarvar Dusanov – O‘zMU JF tyutori;
🥉 Vasila Shukurullayeva – BuxDU talabasi;
🥉 Muslimaxon Olimova –
🥉 Ozoda Amirova – O‘zDJTU talabasi.

Barcha g‘oliblarni mukofotlar bilan tabriklaymiz, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2119😭9🔥5👏5
2025/10/01 01:12:29
Back to Top
HTML Embed Code: