Telegram Web Link
Mustaqillik bayrami uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi

Joriy yilda O‘zbekistonda “1-sentyabr – Mustaqillik kuni” bayram uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi.

Mustaqillik kuni munosabati bilan:

➡️5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30 avgust (shanba), 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari;
➡️6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👎10👍7🔥7
Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullarini davlat qoplaydi

Kontrakt to‘lovi qanday qoplanadi?
☑️Har yili 15-sentyabrgacha magistrant xotin-qizlar o‘zlari tahsil olayotgan OTM rektori nomiga ariza topshiradi.
☑️OTM arizalarni yig‘ib, tegishli vazirlikka yuboradi. 15-oktyabrgacha rektor buyruq chiqaradi va kontrakt summasi davlat tomonidan qoplab beriladi.

❗️Agar ariza 15-sentyabrdan keyin topshirilsa, kontrakt to‘lovi qoplanmaydi.


Kechki va masofaviy ta’limdagilarga ham qo‘llaniladimi?
☑️Amaldagi qonunchilikda faqat kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov qoplanadi, degan cheklov yo‘q. Prezident farmoyishi va hukumat qarorlariga muvofiq, magistratura deganda barcha shakllar – kunduzgi, kechki va masofaviy ta’limni o‘z ichiga oladi. Demak, har qanday shaklda magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍8👏5👎1
#Xushxabar #Raqamlashtirish #Reyting

☄️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohani raqamlashtirish bo‘yicha vazirliklar ichida yetakchi bo‘ldi

⌨️ Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2025-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

👏 Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 93.83% ball bilan ushbu reytingning “yashil” toifasidan joy olib, reytingda vazirliklar ichida birinchi, davlat boshqaruv organlari orasida esa, uchinchi o‘rinni egalladi.

🗣Baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:
➡️Axborot xavfsizligi;
➡️Ochiqlik va elektron ishtirok;
➡️Elektron davlat xizmatlari;
➡️Tashkiliy masalalar;
➡️Faoliyatning raqamlashtirilganligi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5🎉2😁1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Farzandlarni ilmli qilish eng muhim maqsadimizga aylanishi lozim. Ayniqsa, qizlarimizni o‘qitaylik, ularga imkon, sharoit yaratib beraylik. Boisi ular millat tarbiyachilari, kelajak ular qo‘lida voyaga yetadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va ota-onalar ogohlantirildi

Yangi o‘quv yili arafasida poytaxtga turli hududlardan kelayotgan talabalar va ularning qarindoshlari turli firibgarlik holatlariga duch kelmoqda. Eng ko‘p hollarda firibgarlar internetda arzon kvartira ijarasi haqida e’lon berib, odamlarni chalg‘itadi.

Firibgarlik sxemasi:

➡️Firibgarlar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan kvartira suratlarini joylab, uni arzon narxda ijaraga taklif qiladi.
➡️Talabalar yoki ota-onalar qiziqib, ular bilan bog‘lanadi.
➡️So‘ngra firibgarlar “bron qilish” yoki ikki oylik ijara uchun oldindan pul to‘lashni talab qiladi.
➡️Pul olingach, firibgarlar aloqani uzadi va qurbonlarni bloklaydi. Natijada na kvartira, na pul qoladi.

IIBB tavsiyalari:

↪️Kvartirani shaxsan ko‘rmasdan oldindan pul o‘tkazmaslik;
↪️Faqat uy egasi bilan uchrashib, ijara shartnomasini tuzish;
↪️Ishonchliligi tasdiqlanmaguncha begona odamlarga shaxsiy ma’lumotlarni yubormaslik.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🥰2🤝2
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

🔹akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣168👍4🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

Talabalar qasamyodi 😂


✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁36❤‍🔥63🔥3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😄 "O‘rgan student!"

Assalomu alaykum go‘zal tongni, yangi haftani qarshi olganlar!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣40😁126👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

‼️ Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin

Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🤪3👎2🏆1😭1
Oltinchi yo’nalishni tanlash boshlandimi?
#abituriyent

JAVOB: yo’q, boshlanmadi. Hozirda buning mexanizmi ishlab chiqilmoqda va tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda.

Ayrim kanallar esa rasmiy bo’lmagan soxta ariza berish sahifasini tarqatmoqda. Ular Google anketa orqali shunchaki abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini, telefon raqamlarini yig’ib olishmoqchi. Keyinchalik bu ma’lumotlarni yoki konsalting firmalar, yoki xususiy oliygohlarga sotadi, yoki yana boshqa firibgarlik maqsadlarida foydalanishlari mumkin.

O’zgalarning shaxsiy ma’lumotini yig’ib sotadigan bunaqa firibgarlar javobgarlikka tortilsa, shunda boshqalari o’ylab ish qilgan bo’lardi.

❗️Iltimos, faqat rasmiy manbalarga tayanib ish qiling, kim nima yozsa ishonib ketavermang.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍6🔥4
🗣Hukumat qarori bilan 4 ta pedagogika oliygohiga rektor tayinlandi

↪️Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i edi;

↪️Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi edi;

↪️Saidov Mash’al Samadovich  Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri edi;

↪️Urakov Sherzod Raxmonovich Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori edi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😷 Toshkent havosini qanday qutqarib qolish mumkin?!

Olmaotadagi Ko‘kto‘be tog‘ida havodagi changni kamaytirish tizimi ishlay boshladi. Texnologiya xavfli PM2.5 zarralari konsentratsiyasini 80% gacha kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida havo haroratini o‘rtacha 6 darajaga tushiradi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👏7👍1
🗣O‘quv yiliga munosib start: talabalar uchun qulay sharoitlar yaratildi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bugun bir vaqtning o‘zida jami 9 ming 980 o‘rinli 18 ta yangi talabalar turar joyi va 1 900 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍108
Imtiyozli ta’lim kreditini ajratayotgan banklar ro‘yxati

❗️ Talabalar imtiyozli ta’lim kreditini banklarga tashrif buyurmasdan, onlayn ravishda xazna ilovasi orqali ham olishlari mumkin.

Аgrobank
Аsakabank
Аloqabank
МKBank
Хalq banki
O‘zSQB
O‘zmilliybank
Hamkorbank
BRB
Тuronbank
ОFB

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
📌To’lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama shartnoma turini tanlashim kerakmi yoki uch tomonlama shartnoma turinimi?

Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama, yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirish:

☑️ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.


‼️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.

☑️Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.


Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob #investitsiya #xorijiy_grant #ilmfan

Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiya hamda xorijiy grantlarni jalb etish yo‘nalishida quyidagi natijalarga erishildi.

😄 Ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilingan umumiy investitsiyalar miqdori 7,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi;

😄 6 ta grant loyihasi doirasida 1,2 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy grant mablag‘lari jalb qilindi;

😄 34 nafar mutaxassis xalqaro loyihalar doirasida xorijda malaka oshirdi;

😄 20 ta xalqaro hamkorlik tadbiri o‘tkazildi;

😄 5 ta xalqaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🇺🇿O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mlndan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi maʻlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 28-avgust kuni soat 9:35 holatiga koʻra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38.000.000 kishiga yetdi.

Shundan:
🙋‍♂️Erkaklar soni – 19.136.800 nafarni,
🙋‍♀️Ayollar soni – 18.863.200 nafarni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekistonning doimiy aholisi sonida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273.600 nafarga ko‘proq.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍186👎4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

Talabalarning o‘quv
yili davomidagi fikrlashlari 😂

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁19😢42👍2
2025/09/17 02:49:11
Back to Top
HTML Embed Code: