Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

‼️ Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin

Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🤪3👎2🏆1😭1
Oltinchi yo’nalishni tanlash boshlandimi?
#abituriyent

JAVOB: yo’q, boshlanmadi. Hozirda buning mexanizmi ishlab chiqilmoqda va tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda.

Ayrim kanallar esa rasmiy bo’lmagan soxta ariza berish sahifasini tarqatmoqda. Ular Google anketa orqali shunchaki abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini, telefon raqamlarini yig’ib olishmoqchi. Keyinchalik bu ma’lumotlarni yoki konsalting firmalar, yoki xususiy oliygohlarga sotadi, yoki yana boshqa firibgarlik maqsadlarida foydalanishlari mumkin.

O’zgalarning shaxsiy ma’lumotini yig’ib sotadigan bunaqa firibgarlar javobgarlikka tortilsa, shunda boshqalari o’ylab ish qilgan bo’lardi.

❗️Iltimos, faqat rasmiy manbalarga tayanib ish qiling, kim nima yozsa ishonib ketavermang.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍6🔥4
🗣Hukumat qarori bilan 4 ta pedagogika oliygohiga rektor tayinlandi

↪️Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i edi;

↪️Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi edi;

↪️Saidov Mash’al Samadovich  Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri edi;

↪️Urakov Sherzod Raxmonovich Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori edi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😷 Toshkent havosini qanday qutqarib qolish mumkin?!

Olmaotadagi Ko‘kto‘be tog‘ida havodagi changni kamaytirish tizimi ishlay boshladi. Texnologiya xavfli PM2.5 zarralari konsentratsiyasini 80% gacha kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida havo haroratini o‘rtacha 6 darajaga tushiradi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👏7👍1
🗣O‘quv yiliga munosib start: talabalar uchun qulay sharoitlar yaratildi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bugun bir vaqtning o‘zida jami 9 ming 980 o‘rinli 18 ta yangi talabalar turar joyi va 1 900 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍108
Imtiyozli ta’lim kreditini ajratayotgan banklar ro‘yxati

❗️ Talabalar imtiyozli ta’lim kreditini banklarga tashrif buyurmasdan, onlayn ravishda xazna ilovasi orqali ham olishlari mumkin.

Аgrobank
Аsakabank
Аloqabank
МKBank
Хalq banki
O‘zSQB
O‘zmilliybank
Hamkorbank
BRB
Тuronbank
ОFB

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
📌To’lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama shartnoma turini tanlashim kerakmi yoki uch tomonlama shartnoma turinimi?

Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama, yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirish:

☑️ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.


‼️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.

☑️Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.


Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob #investitsiya #xorijiy_grant #ilmfan

Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiya hamda xorijiy grantlarni jalb etish yo‘nalishida quyidagi natijalarga erishildi.

😄 Ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilingan umumiy investitsiyalar miqdori 7,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi;

😄 6 ta grant loyihasi doirasida 1,2 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy grant mablag‘lari jalb qilindi;

😄 34 nafar mutaxassis xalqaro loyihalar doirasida xorijda malaka oshirdi;

😄 20 ta xalqaro hamkorlik tadbiri o‘tkazildi;

😄 5 ta xalqaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🇺🇿O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mlndan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi maʻlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 28-avgust kuni soat 9:35 holatiga koʻra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38.000.000 kishiga yetdi.

Shundan:
🙋‍♂️Erkaklar soni – 19.136.800 nafarni,
🙋‍♀️Ayollar soni – 18.863.200 nafarni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekistonning doimiy aholisi sonida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273.600 nafarga ko‘proq.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍186👎4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

Talabalarning o‘quv
yili davomidagi fikrlashlari 😂

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁19😢42👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

🗣Hamma ham ko‘ringani kabi emas, fikr qilishga shoshilmang!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥93👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor #kontrakt

⚡️Bakalavriatning 1-bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar diqqatiga❗️

To‘lov shartnomasini olish uchun platforma orqali onlayn ariza yuborish davom etmoqda.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanib,QR-kodli to‘lov-shartnoma shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ariza yuborish bo‘yicha video yo‘riqnomani diqqat bilan ko‘rib, arizani tezroq yuboring!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5
🗣3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi

‼️Buxoroda bir shaxs fuqaroning nomiga soxta hujjat tayyorlab, uni Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan kiritish evaziga 3 ming dollar olayotganida qo‘lga olindi.

‼️Toshkentda Piskent tumanida esa yana 2 shaxs fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga joylashtirib berish bahonasida 2 ming dollar olayotgan vaqtda ushlangan.

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.

Xulosa: So‘nggi paytlarda firibgarlar odamlarni o‘qishga joylashtirib berish, kursdan-kursga o‘tkazib qo‘yish kabi yolg‘on va’dalar bilan aldash hollari ko‘paymoqda. Talabalar va ota-onalar bunday takliflarga uchib qolmasliklari uchun faqat rasmiy manbalarga murojaat qilishlari zarur.


✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6😱4👍1🔥1🏆1
🕊Telegram kanal egalari diqqatiga!

🗣Siz o‘z obunachilari sonini talaba-yoshlardan iborat aktiv auditoriya bilan oshirmoqchi bo‘lsangiz, siz uchun ajoyib imkoniyat taklif qilamiz.


☝️Biz avgust oyida “Dolzarb 90 kun” viktorinasining 1- va 2-mavsumlarini o‘tkazdik. Viktorinaning 1-mavsumida 75 ming ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, 2-mavsumida 47 ming nafar ishtirokchi qatnashdi.

Biz tez orada “Mustaqillik” viktorinasiga start bermoqchimiz va bu tanlov uchun homiylarni hamkorlikka taklif qilamiz. Viktorina uchun faqatgina 2 tagina kanal ulanadi. Kim homiy bo‘lmoqchi bo‘lsa @hamkoradmin profiliga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Uyg‘on, o‘g‘lim! (premyera)

Bu yurt, bu millat egalari qanchadan-qancha daholarni, dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan olim-u-fuzalolarni, kuragi yerga tegmagan pahlavonlarni tarbiya qildi.

Bugungi kunda dunyodagi cheksiz koinot sarhadlaridan tortib matematik hisob kitoblargacha, hadis ilmidan tortib tibbiyot bilimlarigacha bo‘lgan barcha kashfiyotlar bizning bobolarimiz tomonidan amalga oshirilgan.

Dunyoni bilim ila hayratda qoldirish navbati endi senikidir... Uyg‘on, o‘g‘lim!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍3🔥2
Super-kontraktga arizani qachon va qayerga berishim kerak?

Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza topshirish imkoniyati mavjud.

❗️ Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar ham o‘z xohishlariga ko‘ra super-kontrakt asosida talabalik huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Arizalar o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng qabul qilinadi.


Super-kontrakt — imtihonda yetarli ball ololmagan, lekin oliy ta’lim olishni istagan abituriyentlar uchun katta imkoniyat. Arizalar o‘quv yili boshida kontrakt.edu.uz orqali onlayn tarzda topshiriladi va shartnoma ham shu tizim orqali rasmiylashtiriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

👩‍🎓Qizlar o‘qishga kirgandan keyin nimalar sodir bo‘ladi? Agar kontraktda o‘qisa-chi...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣41😁6🤪62🏆1
Talaba-yoshlar | Rasmiy
“Mustaqillik” viktorinasiga
🗣Bugun “Mustaqillik” viktorinasiga start beriladi. G‘oliblarga ajoyib, qimmatbaho sovg‘alar tayyorlab qo‘ydik.

Kim qatnashmoqchi bo‘lsa 🔥 alavlardan bosinglar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥283🥰5🎉3👏2🤝1
Talaba-yoshlar | Rasmiy
🗣Bugun “Mustaqillik” viktorinasiga start beriladi. G‘oliblarga ajoyib, qimmatbaho sovg‘alar tayyorlab qo‘ydik. Kim qatnashmoqchi bo‘lsa 🔥 alavlardan bosinglar
Viktorinaga hali start bermadik. Tarqatishni boshlamang, natijalar nolga tushiriladi. Rasman start bersak keyin targ‘ibotni boshlayverasiz.
🔥24👍8🤬86🥰1
2025/10/01 01:12:04
Back to Top
HTML Embed Code: