Telegram Web Link
🎓Birinchi kurslarni universitetdagi ilk haftada nimalar kutyapti?

Avvalo, yangi o‘quv yili ochilish tadbiri bilan birinchi kurs talabalari uchun tanishuv darslari boshlanadi. Talabalarga fakultet va yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumotlar beriladi va guruhlarga tartiblanadi. Guruhlar uchun tutor (guruh rahbari) tayinlanadi va u bevosita talabalar bilan ishlaydi. Talaba savollari, takliflari va muammolari yuzasidan tutorga murojaat qilishi mumkin.

✔️Bundan tashqari, maktabdagi ayrim so‘zlar universitetda o‘zgaradi.

Maktabdagi 45 daqiqalik darslar 80 daqiqaga o‘zgaradi va fanlar ikkiga bo‘lib nazariy va amaliy shaklda olib boriladi. Nazariyadan va amaliydan ikkita o‘qituvchi dars berishi ham mumkin bu esa bitta fandan turli o‘qituvchilar qo‘lida dars olishingizni anglatadi.

‼️Faol bo‘ling: Faqat darslarga qatnashish yetarli emas. Universitetda turli xil klub, seminar va tadbirlarga qatnashing. Bu networking va tajriba orttirishga yordam beradi. Professorlar, hamkasblar va mutaxassislar bilan munosabatlar o‘rnatish sizning kelajakdagi karyerangiz uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Ko‘p o‘qish va darslar orasida dam olish va sog‘lig‘ingizni unutmaslik muhim. Uyqu va dam olishga ham vaqt ajrating. Shuningdek, talabalikda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida, oshqozon kasalliklariga duchor bo‘lishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun to‘g‘ri va tartibli ovqatlanishni yo‘lga qo‘ying.

➡️Oliy ta’limda o‘qituvchilar faqat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Sizdan o‘z ustingizda ishlash talab qilinadi, shuning uchun resurslardan unumli foydalanish va chuqur bilim olishga intiling. Til o‘rganing, chet tilini o‘rganishingiz orqali ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥4👍1👎1🥰1
🗣“Mustaqillik” viktorinasining test ishlash jarayonlari rasman boshlandi!

☑️Testni boshlash uchun @bilimtanlovbot botiga kirasiz, yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan “Testlarni ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.

Viktorina g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆GranPri (3 nafar) – Smartwatch + Quloqchin;
🥇1-o‘rin (3 nafar) – Smart RGB, LED kalonka;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smatwatch 10;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Quloqchin Pro Max.


Tanlovda naq 12 nafar g‘olib aniqlanib, taqdirlanadi. O‘rin ololmaganlarga esa elektron sertifikat beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5
O‘zbekistonda Muzeylar haftaligi

2025-yil 2-sentabrdan 8-sentabrgacha butun mamlakat bo‘ylab Muzeylar haftaligi o‘tkaziladi. Shu kunlarda istalgan fuqaro O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan davlat muzeylariga bepul tashrif buyurishi mumkin.

Bu imkoniyat orqali siz tarixiy yodgorliklar, qadimiy buyumlar, san’at asarlari va xalqimiz madaniy merosi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin bo‘ladi. Agar siz madaniyat va tarixga qiziqsangiz, ushbu haftalikni boy bermang.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥6
❗️41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmaganOxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxshilangan

2025-yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4%) qayd etilgan.

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🇺🇿 “Mustaqillik” viktorinasining referal ball bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi!

Endi ularning sun’iy ball yig‘ganmi yo‘qmi tekshirib, aniqlashtiraman va ertaga yakuniy natijalarni e’lon qilaman.

Bugungi testlarni ishlash soat 22:00 ga qadar davom etadi!


👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏97🎉1
🗣“Mustaqillik” viktorinasining test ishlash jarayonlari 1-kuni yakunlandi!

Bugun test ishlaganlar testlarning davomini ertaga soat 09:00 dan 22:00 gacha ishlashi kerak va shu bilan viktorina yakunlanadi va test bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Barchaga omad!


🔖 Viktorinada test ishlagan barchaga, natijasidan qat'iy nazar QR kodli elektron sertifikatlar beriladi. Sertifikatlarni 8-sentyabr kuni botni o‘zidan yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Referal bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarning natijalari tekshirilmoqda, g‘oliblarni ertaga 18:00 ga qadar kanalimizda e'lon qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5🔥3
Xayrli kun! “Mustaqillik” viktorinasining 2-kun test ishlash jarayonlariga start berildi. Testlarni bugun soat 22:00 ga qadar ishlash mumkin!

Testlar @bilimtanlovbot ga kirib ishlanadi.
👍7
Tan olinglar hammani yo‘q deganda 2 ta xuddi shunaqa kursdoshi bor-aaa!

☑️1-kurslar sizlar hali bir-biringizni yaxshi tanimaysiz, lekin ishoning, 1 oy ichida shunday 2 ta kursdoshingizni aniq tanib olasiz.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣47😁13🔥43👍3
‼️Kontrakt to‘lovida yangilik

📃 23.07.2025 yil kuni Vazirlar Mahkamasining 462-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va oliy ta’limda tahsil olayotgan xotin-qizlar va ularning farzandlarini kontrakt to‘lovini ma’lum qismi to‘lab beriladi.


Kontrakt to‘lovi aynan qanday shaxslarga to‘lanadi?
Kontrakt to‘lovi kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan 30 yoshdan katta xotin-qizlar va ularning oliy ta’limda o‘qiyotgan farzandlaridan biriga to‘lanadi

Bu imtiyozdan foydalanaman degan shaxslar oliy ta’limning qanday yo‘nalishida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak?
Talabgorlar bakalavriat yoki magistratura yo‘nalishining kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan bo‘lishi kerak.

Talabgor xotin-qizlar bu imtiyozdan foydalanish uchun necha yoshda bo‘lishi kerak?
Yuqoridagi qaror talabi bo‘yicha bunday imkoniyat 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarga beriladi. Ularning farzandlari uchun esa yosh chegarasi qarorda ko‘rsatilmagan.

Talabgorlardan qanday hujjatlar talab qilinadi?
Talabgorlarning oliy ta’limga o‘qishga kirganligi bo‘yicha oliy ta’lim tashkiloti buyrug‘i xamda to‘lov-kontrakt shartnomasi talab etiladi.

Kontraktning qancha qismi to‘lab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha, lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab beriladi.

O‘qishni bitirib ketganlar ham bu imtiyozdan foydalansa bo‘ladimi?
Bo‘ladi. Faqat sehrgarlik qobiliyatini ishga solgan holda zamonni orqaga qaytarib, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilib, jinsni ayolga o‘zgartirib, yoshni o‘ttizdan oshirib keyin foydalansa bo‘ladi...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁47🤣3414🥰2🤪2
Talaba-yoshlar | Rasmiy
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Mustaqillik” viktorinasida qatnashib, rasmdagi qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling! ↪️Viktorinada qatnashish uchun @bilimtanlovbot manzili orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Viktorinada barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi…
🇺🇿“Mustaqillik” viktorinasi yakunlandi.

☑️G‘oliblar yaxshilab tekshiriladi (videochat orqali savol-javob qilinib) so‘ng ertaga e'lon qilinadi. Test ishlagan barcha ishtirokchilarga ham ertaga QR kodli elektron sertifikatlar dushanba kuni @bilimtanlovbot beriladi.

🗣“Mustaqillik” viktorinasining referal bo‘yicha g‘oliblari esa ertaga e’lon qilinadi! Ochig‘ini aytsam hali tekshirishga vaqt ajratolmadim, lekin vada beraman, ertadan qolmaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍155🔥4
🗣“Mustaqillik” viktorinasining referal bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing:

GranPri (Smartwatch + Quloqchin) g‘oliblari:

🏆Savrinoz Mamajonova – FarDU talabasi;
🏆Jasmina Axmedova – QarDU talabasi;
🏆Ozodbek Yigitaliyev – FarDU talabasi;

1-o‘rin (Smart RGB, LED kalonka) g‘oliblari:

🥇Axrorbek Ashuraliyev – Qo‘qonDU talabasi;
🥇Ma’ruf Muzaffarov – TKTI talabasi;
🥇Farruxjon Kamoliddinov – Alfraganus talabasi;

2-o‘rin (Smatwatch 10) g‘oliblari:

🥈Shaxzodxo‘ja Yo‘ldoshev – Mobilograf (Toshkent);
🥈Nozima Ravshanova – JDPU talabasi;
🥈Laylo Shamsiyeva – NavDU talabasi;

3-o‘rin (Quloqchin Pro Max) g‘oliblari:

🥉Mumtozjon Tursunov – FarDU talabasi;
🥉Gulzoda Olimjonova – NamDTU talabasi;
🥉Adiba Jo‘rayeva – O‘zDSMI talabasi.

Barcha g‘oliblarni mukofotlar bilan tabriklaymiz, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥9
🇺🇿“Mustaqillik” viktorinasining test bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing:

GranPri (Smartwatch + Quloqchin) g‘oliblari:

🏆Malika Shukrullayeva – TDSHU talabasi;
🏆Boburjon Inomjonov – TDIU magistranti;
🏆Maftuna Ergasheva – uy bekasi (Toshkent);

1-o‘rin (Smart RGB, LED kalonka) g‘oliblari:

🥇Murodjon Joʻrayev – maktabda o‘qituvchi (Qashqadaryo);
🥇Dilshodbek Yozilov – TDYU talabasi;
🥇Azamat Fayzullayev – maktab o‘qituvchisi (Sirdaryo);

2-o‘rin (Smatwatch 10) g‘oliblari:

🥈Zulfiya Bobonova – ITU talabasi;
🥈Mahfuza Ahmatova – DTPI talabasi;
🥈Mirjalol Rustamaliyev – NamDCHTI mutaxassis;

3-o‘rin (Quloqchin Pro Max) g‘oliblari:

🥉Javohir Suyunov – O‘zMU talabasi;
🥉Javohir Nazarbekov – NamDTU talabasi;
🥉Mehrinoz Qosimova – maktab o‘qituvchisi (Buxoro);

➡️Referal ball g‘oliblari ro‘yxati

Barcha g‘oliblarni mukofotlar bilan tabriklaymiz, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🎉6🥰3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalari eng ko‘p jinoyat qilayotgan universitetlar nomi aytildi

Oliy Majlis Senatida ma’lum qilinganidek, talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning katta qismi quyidagi oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ri kelmoqda:
➡️Toshkent davlat transport universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy universiteti;
➡️Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
➡️Toshkent davlat yuridik universiteti.

Senator Zumrad Bekatovaning ta’kidlashicha, asosiy jinoyat turlari yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik va firibgarlik hisoblanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
⚡️Namanganlik tadbirkor o‘zi o‘qigan maktabni 15 milliard so‘m sarflab ta’mirlab berdi

Namangan shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabni sobiq bitiruvchisi, “Aisha home textile” kompaniyasi ta’sischisi Jobirxon Kamoliddinov homiyligida 944 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlanib, 100 o‘rinli faollar va sport zali rekonstruksiya qilindi hamda 150 o‘rinli oshxona qurib bergan. Bu haqda O’zA xabar berdi.

O‘quvchi quvvati 1 ming 264 o‘rin bo‘lib, ta’mirlash ishlaridan so‘ng viloyat notarial arxivi binosi negizida qo‘shimcha 320 o‘rin hozirlandi hamda 1 ming 584 o‘ringa keltirilgan. Ushbu xayrli ishga 15 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Maktabga Namangan shahridagi Alpomish, Zarkent va Sardoba mahallaridan 2 ming 125 o‘quvchi boradi. Ulardan 220 nafari ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi va ularga Prezident sovg‘alari taqdim qilindi. E’tiborlisi, jajjilar uchun tadbirkor tashabbusi bilan bepul tushliklar tashkil etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥75🤔3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
🇺🇿“Mustaqillik” viktorinasi sertifikatini olish uchun @bilimtanlovbot ga kirasiz, botga /start bosib, “Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz.

🏅CAFA Cup turniri chempionligi bilan barchangizni tabriklayman. Bir amallab yutgan bo‘lsakda, ilk marta CAFA Cup chempioniga aylandik. O‘ylaymanki, bu O‘zbekistonning eng yomon o‘yini sifatida qoladi va keyingi matchlar bundan ancha sermazmun bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🏆2
⚡️Bu yil 820 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi. Endi ular Prezident granti uchun da’vogar

Bu ko‘rsatkichda yetakchi abituriyentlar: Farg‘ona (113 nafar), Navoiy (105 nafar) va Buxoro (92 nafar) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida:

➡️Farg‘ona viloyati – 113 nafar;
➡️Navoiy viloyati – 105 nafar;
➡️Buxoro viloyati – 92 nafar;
➡️Samarqand viloyati – 79 nafar;
➡️Qashqadaryo viloyati – 74 nafar;
➡️Namangan viloyati – 58 nafar;
➡️Toshkent viloyati – 46 nafar;
➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 43 nafar;
➡️Toshkent shahri – 42 nafar;
➡️Jizzax viloyati – 42 nafar;
➡️Surxondaryo viloyati – 38 nafar;
➡️Xorazm viloyati – 37 nafar;
➡️Andijon viloyati – 28 nafar;
➡️Sirdaryo viloyati – 23 nafar.

Tavsiya: maksimal ball to‘plagan ushbu talabalar Prezidentning 5172-son qarorini diqqat bilan o‘qib chiqing.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat_uchun

📸Umringiz davomida qayta ochib ko‘rmaydigan rasm qanday bo‘ladi bilasizmi? Unda videoni ko‘ring.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣18😁15🔥32🤯2
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev ham lavozimidan ozod etildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9😁7👍5👎1
⚡️Bo‘lajak pedagoglar uchun zo‘r imkoniyat: yangi “Abdulla Avloniy” stipendiyasi joriy etilmoqda!

OTMlarda “a’lo” ko‘rsatkichda o‘qiyotgan bakalavriat talabalari uchun turli davlat stipendiyalari mavjud. Masalan, texnika yo‘nalishidagilar uchun “Beruniy”, tibbiyot yo‘nalishdagilar uchun “Ibn Sino”, gumanitar yo‘nalishlar uchun “Navoiy” stipendiyasi bor.Hozirga qadar pedagogika yo‘nalishidagi OTM talabalariga alohida davlat stipendiyasi joriy etilmagandi.

✔️Davlat rahbari tomonidan imzolangan yangi farmonga muvofiq, endilikda bu yo‘nalishdagi talabalar uchun joriy o‘quv yilidan “Abdulla Avloniy” nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Stipendiya miqdori 1.461.028 so‘m bo‘ladi.
✔️Stipendiya pedagogika yo‘nalishidagi 13 ta oliygohning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.

Xabarni pedagogika yo‘nalishida o‘qiydigan talabalarga yuborib qo‘yamiz

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏3👍1
2025/09/16 13:40:20
Back to Top
HTML Embed Code: