Telegram Web Link
Talaba-yoshlar | Rasmiy
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Mustaqillik” viktorinasida qatnashib, rasmdagi qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling! ↪️Viktorinada qatnashish uchun @bilimtanlovbot manzili orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Viktorinada barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi…
🇺🇿“Mustaqillik” viktorinasi yakunlandi.

☑️G‘oliblar yaxshilab tekshiriladi (videochat orqali savol-javob qilinib) so‘ng ertaga e'lon qilinadi. Test ishlagan barcha ishtirokchilarga ham ertaga QR kodli elektron sertifikatlar dushanba kuni @bilimtanlovbot beriladi.

🗣“Mustaqillik” viktorinasining referal bo‘yicha g‘oliblari esa ertaga e’lon qilinadi! Ochig‘ini aytsam hali tekshirishga vaqt ajratolmadim, lekin vada beraman, ertadan qolmaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍155🔥4
🗣“Mustaqillik” viktorinasining referal bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing:

GranPri (Smartwatch + Quloqchin) g‘oliblari:

🏆Savrinoz Mamajonova – FarDU talabasi;
🏆Jasmina Axmedova – QarDU talabasi;
🏆Ozodbek Yigitaliyev – FarDU talabasi;

1-o‘rin (Smart RGB, LED kalonka) g‘oliblari:

🥇Axrorbek Ashuraliyev – Qo‘qonDU talabasi;
🥇Ma’ruf Muzaffarov – TKTI talabasi;
🥇Farruxjon Kamoliddinov – Alfraganus talabasi;

2-o‘rin (Smatwatch 10) g‘oliblari:

🥈Shaxzodxo‘ja Yo‘ldoshev – Mobilograf (Toshkent);
🥈Nozima Ravshanova – JDPU talabasi;
🥈Laylo Shamsiyeva – NavDU talabasi;

3-o‘rin (Quloqchin Pro Max) g‘oliblari:

🥉Mumtozjon Tursunov – FarDU talabasi;
🥉Gulzoda Olimjonova – NamDTU talabasi;
🥉Adiba Jo‘rayeva – O‘zDSMI talabasi.

Barcha g‘oliblarni mukofotlar bilan tabriklaymiz, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

✈️ TalabaYoshlar Ulashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥9
🇺🇿“Mustaqillik” viktorinasining test bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing:

GranPri (Smartwatch + Quloqchin) g‘oliblari:

🏆Malika Shukrullayeva – TDSHU talabasi;
🏆Boburjon Inomjonov – TDIU magistranti;
🏆Maftuna Ergasheva – uy bekasi (Toshkent);

1-o‘rin (Smart RGB, LED kalonka) g‘oliblari:

🥇Murodjon Joʻrayev – maktabda o‘qituvchi (Qashqadaryo);
🥇Dilshodbek Yozilov – TDYU talabasi;
🥇Azamat Fayzullayev – maktab o‘qituvchisi (Sirdaryo);

2-o‘rin (Smatwatch 10) g‘oliblari:

🥈Zulfiya Bobonova – ITU talabasi;
🥈Mahfuza Ahmatova – DTPI talabasi;
🥈Mirjalol Rustamaliyev – NamDCHTI mutaxassis;

3-o‘rin (Quloqchin Pro Max) g‘oliblari:

🥉Javohir Suyunov – O‘zMU talabasi;
🥉Javohir Nazarbekov – NamDTU talabasi;
🥉Mehrinoz Qosimova – maktab o‘qituvchisi (Buxoro);

➡️Referal ball g‘oliblari ro‘yxati

Barcha g‘oliblarni mukofotlar bilan tabriklaymiz, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🎉6🥰3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalari eng ko‘p jinoyat qilayotgan universitetlar nomi aytildi

Oliy Majlis Senatida ma’lum qilinganidek, talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning katta qismi quyidagi oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ri kelmoqda:
➡️Toshkent davlat transport universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy universiteti;
➡️Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
➡️Toshkent davlat yuridik universiteti.

Senator Zumrad Bekatovaning ta’kidlashicha, asosiy jinoyat turlari yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik va firibgarlik hisoblanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️Namanganlik tadbirkor o‘zi o‘qigan maktabni 15 milliard so‘m sarflab ta’mirlab berdi

Namangan shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabni sobiq bitiruvchisi, “Aisha home textile” kompaniyasi ta’sischisi Jobirxon Kamoliddinov homiyligida 944 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlanib, 100 o‘rinli faollar va sport zali rekonstruksiya qilindi hamda 150 o‘rinli oshxona qurib bergan. Bu haqda O’zA xabar berdi.

O‘quvchi quvvati 1 ming 264 o‘rin bo‘lib, ta’mirlash ishlaridan so‘ng viloyat notarial arxivi binosi negizida qo‘shimcha 320 o‘rin hozirlandi hamda 1 ming 584 o‘ringa keltirilgan. Ushbu xayrli ishga 15 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Maktabga Namangan shahridagi Alpomish, Zarkent va Sardoba mahallaridan 2 ming 125 o‘quvchi boradi. Ulardan 220 nafari ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi va ularga Prezident sovg‘alari taqdim qilindi. E’tiborlisi, jajjilar uchun tadbirkor tashabbusi bilan bepul tushliklar tashkil etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥75🤔3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
🇺🇿“Mustaqillik” viktorinasi sertifikatini olish uchun @bilimtanlovbot ga kirasiz, botga /start bosib, “Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz.

🏅CAFA Cup turniri chempionligi bilan barchangizni tabriklayman. Bir amallab yutgan bo‘lsakda, ilk marta CAFA Cup chempioniga aylandik. O‘ylaymanki, bu O‘zbekistonning eng yomon o‘yini sifatida qoladi va keyingi matchlar bundan ancha sermazmun bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🏆2
⚡️Bu yil 820 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi. Endi ular Prezident granti uchun da’vogar

Bu ko‘rsatkichda yetakchi abituriyentlar: Farg‘ona (113 nafar), Navoiy (105 nafar) va Buxoro (92 nafar) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida:

➡️Farg‘ona viloyati – 113 nafar;
➡️Navoiy viloyati – 105 nafar;
➡️Buxoro viloyati – 92 nafar;
➡️Samarqand viloyati – 79 nafar;
➡️Qashqadaryo viloyati – 74 nafar;
➡️Namangan viloyati – 58 nafar;
➡️Toshkent viloyati – 46 nafar;
➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 43 nafar;
➡️Toshkent shahri – 42 nafar;
➡️Jizzax viloyati – 42 nafar;
➡️Surxondaryo viloyati – 38 nafar;
➡️Xorazm viloyati – 37 nafar;
➡️Andijon viloyati – 28 nafar;
➡️Sirdaryo viloyati – 23 nafar.

Tavsiya: maksimal ball to‘plagan ushbu talabalar Prezidentning 5172-son qarorini diqqat bilan o‘qib chiqing.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat_uchun

📸Umringiz davomida qayta ochib ko‘rmaydigan rasm qanday bo‘ladi bilasizmi? Unda videoni ko‘ring.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣18😁16🔥32🤯2
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev ham lavozimidan ozod etildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9😁7👍5👎1
⚡️Bo‘lajak pedagoglar uchun zo‘r imkoniyat: yangi “Abdulla Avloniy” stipendiyasi joriy etilmoqda!

OTMlarda “a’lo” ko‘rsatkichda o‘qiyotgan bakalavriat talabalari uchun turli davlat stipendiyalari mavjud. Masalan, texnika yo‘nalishidagilar uchun “Beruniy”, tibbiyot yo‘nalishdagilar uchun “Ibn Sino”, gumanitar yo‘nalishlar uchun “Navoiy” stipendiyasi bor.Hozirga qadar pedagogika yo‘nalishidagi OTM talabalariga alohida davlat stipendiyasi joriy etilmagandi.

✔️Davlat rahbari tomonidan imzolangan yangi farmonga muvofiq, endilikda bu yo‘nalishdagi talabalar uchun joriy o‘quv yilidan “Abdulla Avloniy” nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Stipendiya miqdori 1.461.028 so‘m bo‘ladi.
✔️Stipendiya pedagogika yo‘nalishidagi 13 ta oliygohning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.

Xabarni pedagogika yo‘nalishida o‘qiydigan talabalarga yuborib qo‘yamiz

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasman
‼️ O‘zbekistonda maktablar 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tiladi

Maktabga tayyorlov tizimini umumiy maktab ta’limiga qo‘shish orqali O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimi joriy etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13😁7🤣7👏3🔥2
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Rajabov Sardor Baxtiyorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Sardor Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshligʻi, markaz direktori oʻrinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti” rahbari lavozimlarida ishlagan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️2001-yil 11-sentyabr. AQSH hududida insoniyat tarixidagi eng yirik terroristik hujumlardan biri amalga oshirilganiga bugun 24 yil to‘ldi.

🔹11-sentyabr voqealari uch mingga yaqin kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ushbu teraktdan so‘ng AQSH Afg‘oniston va Iroqda joylashib olgan terrorchilarga qarshi urush e’lon qilgan edi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱8😢6🔥5
🎓 O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-10 davlat fuqarolari

🤩 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida jami 10,7 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 22,4 % ga oshgan.


Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

🇹🇲 Turkmaniston — 3197 nafar;
🇮🇳 Hindiston — 2846 nafar;
🇹🇯 Tojikiston — 1246 nafar;
🇨🇳 Xitoy — 532 nafar;
🇰🇷 Janubiy Koreya — 428 nafar;
🇵🇰 Pokiston — 377 nafar;
🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi — 286 nafar;
🇺🇸 AQSh — 254 nafar;
🇦🇫 Afg‘oniston — 193 nafar;
🇹🇷 Turkiya — 181 nafar;
🌍 Boshqa davlatlar — 1161 nafar.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3😁1
#Eʼtirof

🎖Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

↪️Abdullayev Mahmudjon — TDTU Mexatronika va robototexnika kafedrasi professori;
↪️Suvanov Omon — GulDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

🏅 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

↪️Abdullayev Shavkat — NamDU Kimyo kafedrasi professori;
↪️Kasimov Fayzulla — BuxDPI Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori;
↪️Umaraliyeva Mamuraxon — ToshFarMI akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi.

🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan

↪️Abdushukurov Anvar — O‘zMU Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori;
↪️Sultonova Shahida — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori;
↪️Shamusarov Sharustam — TDSHU Arabshunoslik oliy maktabi professori.

🏅 “Shuhrat” medali bilan

↪️Amanov Baxtiyor — CHDPU Genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri;
↪️Nasirova Shaira — NavDU Raqamli texnologiyalar kafedrasi professori;
↪️Tilayev Alisher — TIQXMMI MTU “International House – Tashkent” akademik litseyi direktori;
↪️Hamidov Hayrullo — NDKTU Metallurgiya kafedrasi professori;
↪️Yavidov Bahram — NukDPI Fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1
Bunisiga nima deysiz?

🇦🇱 Albaniya sun’iy intellektni vazir etib tayinlagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi, deya xabar bermoqda Politico.

Virtual vazir Diyella deb nomlanadi, bu alban tilida “quyosh” degan ma’noni anglatadi va u barcha davlat xaridlari uchun javobgar bo‘ladi, dedi Bosh vazir Edi Rama.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯16😁10🔥32
Miyada majlis boshlaydigan savollar:

1. Avval tuxum paydo bo‘lganmi yoki tovuqmi?
2. Nega folbinlar 1xBet o‘ynamidi?
3. Sovun yerga tushib ketsa, kirsovun bo‘ladimi?
4. Agar kar odamni oldida esnasa, baqiryapti deb o‘ylidimi?
5. Nega oq kiyim bilan yerga o‘tirsa qora bo‘ladi-yu, qora kiyim bilan o‘tirsa oq bo‘ladi?
6. Soatni yaratgan odam uni nimaga qarab to‘g‘irlagan?

Balki davom ettirarsiz...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁31🤣116👎2👍1
Kanal egasidan shaxsiy eksperiment!

Meni Telegramda 4 ta kanalim bor va qaysi biri eng aktiv ekanligini o‘zim uchun bilmoqchiman. Shu sababli bir xil post yozib, bir xil vaqtda quyidagi hamma kanallarimga joylayman.

↪️@izzatxoja_asomiddinov
↪️@oddiyodamlar_uz
↪️@kitobxonyoshlar
↪️@talabayoshlar

Qaysi kanalda reaksiyalar ko‘p bo‘lsa o‘shanisi eng aktivi bo‘ladi. Soat 20:00 dagi natijalarni haqiqiy deb olamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏62🏆1812👍11😁9
#Qonunchilik_yangiliklari

🗣Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etildi

☑️Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.

➡️2025/2026-o‘quv yilidan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
➡️2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
➡️2027/2028-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.

✔️Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.
✔️2029/2030-o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

Hukumatning tegishli qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Xudoyqulov Adxam Yusupovich yangi tashkil etilgan “ToshTech” texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/09/30 09:38:16
Back to Top
HTML Embed Code: