Telegram Web Link
Ta’lim krediti qanday olinadi? Qo‘llanma

🌐Spot.uz sayti ta’lim krediti qanday olinishi, qanday hujjatlar kerakligi hamda qaysi banklar kredit ajratishi haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Batafsil ketma-ketlikni yuqoridagi rasmlar orqali ko‘rishingiz mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Davlatimiz prezidenti o‘qituvchi va murabbiylar bilan qilgan muloqotida pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar aytib o‘tildi.

Bu qanday imtiyozlar, deysizmi? Barchasi mazkur videoda

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
⚡️Magistratura mutaxassisliklariga qo'shimcha qabul bo'lishi mumkin, bu to'g'risida Vazirlar mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-qarorida aytib o'tilgan.

Qo‘shimcha qabul jarayoni qachon boshlanishi hozircha aniq emas. Avvalgi yillarda oktyabr oxiri noyabr boshlarida aniq bo‘lgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🗣Talaba qanday holatlarda akademik ta’til olishi mumkin?

☑️Akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra, qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’iy nazar akademik ta’til olish huquqiga ega. Ushbu ta’tilni olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

↪️harbiy xizmatni o‘tash uchun;
↪️salomatligini tiklash uchun;
↪️homiladorlik va tug‘ish uchun;
↪️bolalarni parvarish qilish uchun;
↪️oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

✔️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:
➡️harbiy xizmatni o‘tash uchun – qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
➡️homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun – qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;
➡️salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun – keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga.

♦️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Arizaga bu ta’tilni olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi yoki tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.
♦️Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
↪️davlat va nodavlat OTMga to‘lagan kontraktidan;
↪️nodavlat bog’cha va maktablar to‘lovidan;
↪️ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Talaba-yoshlar | Rasmiy
⚡️Oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron…
❗️Kontrakt toʻlovining 12%ni qaytarib olishda 26 yosh chegarasi bekor qilindi

Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Avvalgi tartibda, ota-onalar oʻzlarining 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi. Endi bu yosh bu yosh chegarasi bekor qilindi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Talim krediti kimlarga berilishi haqida bilasizmi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʼoyalari bilan yoʼgʼrilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʼyxati

➡️ Toʼliq roʼyxatni koʼrish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️Talabalarga kontrakt puli 50%gacha qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan muayyan toifadagi talabalarga kontrakt to‘lovining 50 foizigacha (lekin eng ko‘pi bilan BHMning 50 baravarigacha) miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi?
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar

Bu yordam quyidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi
Davlat oliy ta’lim muassasalari
Xususiy oliy ta’lim muassasalari
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari

Moliyaviy chegara qancha?

2025-yil 1-avgustdan boshlab, BHM (bazaviy hisoblash miqdori) 412 000 so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, yordam miqdorining yuqori chegarasi 50 × 412 000 = 20 600 000 so‘m

Ya’ni, talaba kontrakti bundan kam bo‘lsa, 50%gacha to‘lanadi. Agar kontrakt miqdori yuqori bo‘lsa ham, maksimal 20,6 million so‘migacha yordam ko‘rsatiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏2👍1
#Bilasizmi

Talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

📃 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarining ijara toʻlovi qoplab beriladi.

Bunda:

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (412.000 so’m), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (206,000 so’m) oshmasligi lozim;

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
❗️Bu hayotda insonga hech qachon do‘st
bo‘lmaydigan to‘rtta narsa:

🟢1. Pul – bugun menda, ertaga boshqalarda.
🟢2. Mansab – bugun men o‘tiraman, ertaga birovlar.
🟢3. Jazman – bugun men bilan, ertaga boshqasi bilan.
🟢4. Tobut – bugun meni oborsa, ertaga birovni olib keladi.

🟥Shunday ekan pulga ishonib do‘stdan, mansabga ishonib tanish-bilish birodarlardan, jazmanga ishonib halol juftingizdan aslo voz kechmang.

Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin, aziz talaba-yoshlar. Ilm olish, bilmaganlaringizni o‘rganish yo‘lida hecham charchamang. Tonggi tilaklarni kommentda yozishingiz mumkin...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117🔥4👏2
#qabul2025 #imkoniyat

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi


Unga ko‘ra:


↪️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

↪️kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;

↪️respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

↪️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🗣Yevropada ta'lim olish va sayohat qilishni istaysizmi? Unda sizga Ab & As consulting barcha ishonchli va qonuniy imkoniyatlarni taqdim etadi!

Ab & As consulting kompaniyasi 15.09.2025 sanadan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda onlayn formatda ish faoliyatini olib boradi va tez kunlarda offlayn formatga ham o‘tadi.

Kompaniya taklif qiladigan xizmatlar:

🎓1. Xorij universitetlarida talaba bo‘lish imkoniyati 🏫2. Nufuzli kollejlarda ta’lim olish imkoniyati 🇩🇪3. Germaniyada Ausbildung yo’nalishida o’qish imkoniyati

Nega aynan bizni tanlash kerak?

Chunki biz sizga kelajak uchun to‘g‘ri qaror qabul qilishda ko‘maklashamiz.
Hujjat ishlarida yordam beramiz! Barcha ish jarayonlarini qonuniy va ishonchli bo’lishini ta’minlaymiz! Yevropa davlatlarida ishonchli va xavfsiz o‘qish uchun yordam beramiz!
Siznig ishingizni har doim oxirigacha olib boramiz!

🗣Sizlarga orzularingizni ro’yobga chiqarishga yordam beramiz. Bizni tanladingizmi? Demak aniq to‘g‘ri yo‘ldasiz.

➡️ Batafsil ma’lumot olish

🕊Admin bilan aloqa: @Consultingsuccessadmin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#bazaviy_kontrakt2025

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣2025/2026-o‘quv yili super-kontrakt miqdori endi OTM rektorlari tomonidan belgilanadi

☑️Asosiy tartib: Qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun to‘lov miqdori Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan tartib asosida belgilanadi.

✔️Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmaganlar uchun esa rektorlar miqdorni o‘zlari belgilaydi, ammo bazaviy kontraktning kamida 3 barobari bo‘lishi shart.

25-sentyabrga qadar — barcha OTMlar tabaqalashtirilgan kontraktning minimal miqdorini e’lon qiladi.

31-oktyabrgacha — abituriyentlar bir yillik kontrakt summasining 50% qismini to‘lashlari mumkin.

Tanlovda boshqa yo‘nalish bo‘yicha grant yoki kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra birinchi tanlagan yo‘nalishida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishlari mumkin (maqsadli qabuldagilar bundan mustasno).

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#imkoniyat #kontrakt

🗣1-kurslar kontrakt to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha to‘lashi mumkin

☑️Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

♦️Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga! Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat…
#magistratura #imkoniyat

❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🧑🏻‍🏫 “Ustoznoma” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!

↪️Viktorina 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladi.
↪️Viktorinada barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
↪️Viktorina testlari maktab darsliklari asosida tuzilgan testlar beriladi. Bilimingizni sinab ko‘ring.

G‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (3 nafar) –Y9 Smartwatch & Airpods
🥇1-o‘rin (3 nafar) – RGB karaoke kalonka S6;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smart ochki XG88 Pro;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Quloqchin P9 Pro Max.

☑️G‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 24 kishi taqdirlanadi.
☑️Viktorinada qatnashgan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🏆1
2025/10/01 11:40:41
Back to Top
HTML Embed Code: