Telegram Web Link
#imkoniyat #kontrakt

🗣1-kurslar kontrakt to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha to‘lashi mumkin

☑️Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

♦️Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga! Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat…
#magistratura #imkoniyat

❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🧑🏻‍🏫 “Ustoznoma” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!

↪️Viktorina 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladi.
↪️Viktorinada barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
↪️Viktorina testlari maktab darsliklari asosida tuzilgan testlar beriladi. Bilimingizni sinab ko‘ring.

G‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (3 nafar) –Y9 Smartwatch & Airpods
🥇1-o‘rin (3 nafar) – RGB karaoke kalonka S6;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smart ochki XG88 Pro;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Quloqchin P9 Pro Max.

☑️G‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 24 kishi taqdirlanadi.
☑️Viktorinada qatnashgan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🏆1
Bugundan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Unga ko’ra, 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🗣Endi OTMda kim grant yutsa, stipendiyani ham oʻsha oladi

🔹“Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi.

☑️Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi.

↪️Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi.

↪️Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥64👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz korrupsiyaga qarshimiz, lekin faqatgina tilda!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥3😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6-yo‘nalishga hujjat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan hamda yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

↪️Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha (shu kuni ham).
↪️Tanlovda ishtirok etish tartibi: Abituriyentlar “my.uzbmb.uz” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
↪️Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

📌 Muhim eslatma: Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
VAKANT-MASOFAVIY.pdf
207.5 KB
6-yo’nalish kvotasi

KUNDUZGI
ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
✔️Jami: 19 ming 279 ta;

KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
✔️Jami: 7 ming 58 ta;

MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
✔️Jami: 2 ming 544 ta;

➡️Ariza topshirish qo‘llanmasi

❗️Ma’lumot uchun: arizalar 25-sentabrdan boshlab my.uzbmb.uz saytida qabul qilinadi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Tanlov #UzGTL #Stipendiya

🗣2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “VII UzGTL stipendiya” tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi.

✔️Tanlovda texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavrlari hamda 1-, 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar uch bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

G‘olib talabalar 2025/2026-o‘quv yili davomida stipendiya bilan ta’minlanadilar va o‘qishni tamomlagach, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ladilar. Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan talabalar ham “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

➡️Batafsil ma’lumotlar

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍2
#qabul2025 #super_kontrakt

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda


Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

🏛Shahrisabz davlat pedagogika instituti↪️https://www.tg-me.com/ShDPIuz/25153;

🏛Namangan davlat texnika universiteti↪️https://www.tg-me.com/NamDTU_Asosiy/6760;

🏛Andijon davlat universiteti↪️https://www.tg-me.com/adu_uz/53190;

🏛Namangan davlat pedagogika instituti↪️https://www.tg-me.com/namspii/37214;

🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti↪️https://www.tg-me.com/tuituz_official/27221;

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti↪️https://www.tg-me.com/tsulbox/441;

🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti↪️https://www.tg-me.com/tsueuzofficial/21908;

🏛Andijon davlat texnika instituti↪️https://www.tg-me.com/andtexnika/27738;

🏛Termiz davlat universiteti↪️https://www.tg-me.com/terdu340/34762;

🏛Toshkent arxitektura-qurilish universiteti↪️https://taqu.uz/diqqat-elon-6;

🏛TDTU Olmaliq filiali↪️https://tdtuof.uz/tabaqalashtirilgan-to-lov-kontrakt-summalari-haqida-ma-lumot/;

🏛Toshkent kimyo-texnologiya instituti↪️https://www.tg-me.com/tktiuz/47484;

🏛Urganch davlat universiteti↪️https://www.tg-me.com/URDU_PRESSA/67905;

🏛Buxoro davlat universiteti↪️https://www.tg-me.com/buxdu_uz/73441;

🏛TKTI Yangiyer filiali↪️https://www.tg-me.com/tkti_yangiyerf/12662;

🏛Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti↪️https://andqxai.uz/events/188;

🏛TTA Urganch filiali↪️https://www.tg-me.com/ttauf/26803;

🏛Qoʻqon davlat universiteti↪️https://www.tg-me.com/Kokand_SU/30479;

🏛Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti↪️https://dtpi.uz/super-kontrakt-2025/;

🏛Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti↪️https://www.tg-me.com/uzmmsi_official/19285;

🏛TDTU Termiz filiali↪️https://www.tg-me.com/ttatf2018/20764;

🏛Namangan davlat chet tillari instituti↪️https://www.tg-me.com/ibratnamdchti/31075;

🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali↪️https://sbtsue.uz/uz/post/elon-21;

🏛Milliy rassomlik va dizayn instituti↪️https://www.tg-me.com/mrdi24yangiliklar/33749;

🏛Oʻzbekiston Milliy universiteti↪️https://www.tg-me.com/nuu_uz/22820;

🏛Andijon davlat chet tillari instituti↪️https://www.tg-me.com/adchti_uz/50972;

🏛Milliy estrada san’ati instituti↪️https://www.tg-me.com/BZokirovnomidagiMESI/15932;

🏛Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti↪️https://www.tg-me.com/ferghana_medical_institute/15698;

🏛Nukus davlat pedagogika instituti↪️https://www.tg-me.com/nmpi1934/50009;

🏛Namangan davlat universiteti↪️https://www.tg-me.com/Namdu_xabarlari/4592;

🏛Toshkent davlat texnika universiteti↪️https://www.tg-me.com/ToshDTU_Matbuot_Xizmati/31647;

🏛TATU Samarqand filiali↪️https://www.tg-me.com/sbtuit2005/28617;

🏛O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali↪️https://www.tg-me.com/uzdjtsunf/25009;

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti↪️https://www.tg-me.com/otmsamvmi/46590;

🏛Jizzax politexnika instituti↪️https://www.tg-me.com/jizpi_online/46405;

🏛Buxoro davlat texnika universiteti↪️https://bstu.uz/public/ckfinder/userfiles/files/super_kontrakt/oshirilgan_tolov_kontrakt_miqdori.pdf;

🏛“TIQXMMI”  Milliy tadqiqot universiteti↪️https://www.tg-me.com/ilovetiiame/30282.


‼️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabulida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) to‘lashga ruxsat beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
Xayrli kun!

Bugun soat 9:00 da “Ustoznoma” viktorinasining test ishlash jarayoniga start berilishi kerak edi. Lekin texnik muammolar sabab hali test boshlanmadi.

Muammolar hal bo‘lishi bilan sizga xabar beramiz. Ungacha bemalol uy ishlaringizni qilib olavering, testni soat 22:00 gacha vaqtingiz bo‘lgan paytda ishlasangiz bo‘ladi.
👍205
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍127
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Video message
“Ustoznoma” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi!

☑️Testni boshlash uchun @bilimtanlovbot botiga kirasiz va “Testlarni ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.

Qolgani tepadagi yumaloq videoda tushuntirilgan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍127👏1
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🗣“Ustoznoma” viktorinasining g‘oliblari bilan tanishing:

✔️Referal bo‘yicha g‘oliblar:
🏆GranPri g‘oliblari:
↪️Malika Shukrullayeva – TDSHU magistranti;
↪️Jahongir Abdujalilov – tadbirkor (Farg‘ona);
↪️Ulug‘bek To‘xtayev – O‘zMU magistranti;

🥇1-o‘rin g‘oliblari:
↪️Savrinoz Mamajonova – FarDU talabasi;
↪️Raʼno Pardaboyeva – Jizzax viloyati 47-maktab o‘qituvchisi;
↪️Muxtasar Ibrohimova – O‘zMPU talabasi.

🥈2-o‘rin g‘oliblari:
↪️Rustambek Nigmatov – TerDU talabasi.
↪️Sarvar Dusanov – O‘zMU JF tyutori.
↪️Javohir To‘rayev – tadbirkor (Toshkent);

🥉3-o‘rin g‘oliblari:
↪️Madinaxon Baxtiyorjonova – ADPI talabasi;
↪️Ozodbek Yigitaliyev – FarDU talabasi;
↪️Adiba Jo‘rayeva – O‘zDSMI talabasi.


✔️Test bo‘yicha g‘oliblar:
🏆GranPri g‘oliblari:
↪️Momogul Naxalova – Zarafshon shahar 8-maktab o‘qituvchisi;
↪️Sanjarbek Shodiyev – JIDU talabasi;
↪️Mironshoh Rahimov – TDIU talabasi;

🥇1-o‘rin g‘oliblari:
↪️Ibragim Yandillayev – Navoiy shahar 1-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
↪️Sirojiddin Samandarov – O‘zJOKU talabasi;
↪️Yulduz Asadova – TerDU talabasi;

🥈2-o‘rin g‘oliblari:
↪️Mironshoh Xudoyorov – International Finance AL o‘quvchisi;
↪️Mahinabonu Azamjonova – FarDU talabasi;
↪️Akbar Raimov – Jizzax viloyati 84-maktab o‘qituvchisi;

🥉3-o‘rin g‘oliblari:
↪️Shaxzodaxon Ibrohimova – NamDU talabasi;
↪️Mexribon Ziyakulova – O‘zMU talabasi;
↪️Kamola G‘aybullayeva – Chilonzor tumani 138-maktab o‘qituvchisi


G‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (3 nafar) –Y9 Smartwatch & Airpods;
🥇1-o‘rin (3 nafar) – RGB karaoke kalonka S6;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smart ochki XG88 Pro;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Quloqchin P9 Pro Max.

Barcha g‘oliblarni mukofotlar bilan tabriklaymiz, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🤣4
“Eh, Shodmonov” 😂
Barcha ustozlarning hech bo‘lmaganda bitta shunaqa o‘quvchisi bor.

Barcha ustoz va murabbiylarga bayram muborak bo‘lsin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁48🤣35😭8😢43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴“Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan eng sevimli ustozingizni mana shunday kreativ tarzda tabriklashingiz mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1911🔥5🥰4😁3
2025/10/27 03:57:00
Back to Top
HTML Embed Code: