Telegram Web Link
🕰 Vaqt – eng adolatli ustoz

Biz ko‘p narsa yo‘qotamiz: pul, odam, imkoniyat.
Ammo yo‘qotgan narsaning ichida eng og‘irini ko‘p odam sezmaydi – vaqt.

Vaqt eng adolatli, chunki u hammani bir xil o‘lchovda sinaydi. Boyni ham, kambag‘alni ham, g‘amginni ham.

‼️Falsafachi Seneka shunday degan: “Bizning muammo – vaqt kamligida emas, balki uni behuda sarflashimizda”.


☝️Bir kuningizni kuzating: qayerga vaqt ketmoqda? Har 10 daqiqa – sizning kelajagingizdir. Vaqtni qadrlash – bu o‘zingizni qadrlash.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36👏16👍7🔥6🥰4
🗣2-smenada o‘qiydiganlarga mazza. Abetgacha uyida uxlaydi, abetdan keyin darsga borib uxlaydi...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣227😁1079👎6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo’qonlik talaba qiz stressga qarshi sprey yaratdi

“Barcha spreylar faqatgina havo iforini xushbo‘y qilishga qaratilgan bo‘lsa, aynan mening loyihamda hozir barchada keng tarqalgan, lekin hamma yengil qarayotgan muammo – stressni kamaytirishga qaratilgan” - deydi talaba loyihasini tanishtirish jarayonida.


Qizning so‘zlariga ko‘ra, uni ishlab chiqishda tabiiy lavanda moyi iforidan foydalanilgan. Sprey havoga sepiladi, inson organizmi uchun zararsiz. Uni havoni namlantiruvchi elektron qurilmalarda ham qo‘llash mumkin.

Xabarni yaqinlashayotgan oraliq nazoratlarni o‘ylab asabiylashayotgan kursdoshingizga yuboring🤫

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👍31😁31🔥13🥰2
📌 Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi

Kredit-modul tizimi bo‘yicha
✔️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
✔️1 kredit 30 soatga teng;
✔️1 ta fanning 6 krediti 180 soat;
✔️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.


Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yo‘nalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26😁11
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
❗️Xayrli kech, “Til bilimdonlari” tanlovi test ishlash jarayonlari bo‘yicha tushuntirish!

✔️Tanlovning test ishlash jarayoni ertaga soat 10:00 da boshlanadi. @tiluzbot dagi “Tanlov nizomi”da testlar 16-oktabrdan deb yozilgandi, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra testlarni 1 kun oldin, ya’ni 15-oktabrda boshlaydigan bo‘ldik va bu haqida bot orqali hammaga xabar yubordik. Menimcha testlarni 1 kun oldin boshlanishi hech kimga muammo tug‘dirmasa kerak.

Shunday qilib, siz testlarni quyidagi muddatlarda ishlashingiz mumkin:
↪️15-oktabrda soat 10:00 dan 23:59 gacha;
↪️16-oktabrda soat 00:00 dan 23:59 gacha;
↪️17-oktabrda soat 00:00 dan 20:00 gacha.

Sizga 3 kun davomida har kuni 40 tadan, jami 120 ta test beriladi. Yakunda test bo‘yicha kamida 50 ball yig‘gan barchaga elektron sertifikat ham beriladi.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55👍29🔥11❤‍🔥6🤝3
🤔 Hech o‘ylab ko‘rganmisiz

➡️ Har kuni $8 tejash = yiliga $3,000

➡️ Har kuni 15 sahifa kitob o‘qish = yiliga 25 ta kitob

➡️ Har kuni 10,000 qadam yurish = yiliga 70 ta marafon

➡️ Har kuni 1 soat oldinroq uyg‘onish = yiliga 365 soat qo‘shimcha vaqt

‼️Hech qachon kichik odatlarning kuchini kam baholamang!


✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
70🤩30💯15❤‍🔥12🔥5
“Til bilimdonlari” respublika tanlovi test ishlash jarayoniga start berildi.

Testni ishlash tartibi:

↪️ @tiluzbot manziliga kirasiz va botga /start deb yozasiz. So‘ngra “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.

❗️Muhim eslatmalar!

🔹Sizga bugun, ertaga va indinga har kuni 40 tadan, jami 120 ta test beriladi. Testlarni kunning istalgan vaqtida (xohlasangiz hoziroq, xohlasangiz soat 14:00 da yoki 22:30 da) ishlasangiz bo‘ladi, lekin bugungi testlar ertangi kunga o‘tib ketmasligi kerak, aks holda savollar “kuyib” ketadi;
🔹Test savollarini ishlash uchun siz kamida 5 referal ballga ega bo‘lishingiz kerak (bugun ham referal yig‘ish mumkin);
🔹Siz bittada 40 ta savolni ketma-ket ishlashingiz kerak, orada uzilib qolsa 1-2 ta savollar o‘tib ketishi mumkin (shuning uchun hech kim xalaqit bermaydigan joyda testlarni ishlang);
🔹Test ishlash 17-oktabr kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi va har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p ball yig‘gan TOP-20 o‘rindagi ishtirokchilar hududiy bosqichga o‘tadi.
🔹Test natijalariga ko‘ra kamida 50 ball to‘plagan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

Siz testlarni quyidagi muddatlarda ishlashingiz mumkin:
↪️15-oktabrda soat 10:00 dan 23:59 gacha;
↪️16-oktabrda soat 00:00 dan 23:59 gacha;
↪️17-oktabrda soat 00:00 dan 20:00 gacha.

➡️ Test savollarini ishlash
➡️ Test savollarini ishlash

❗️Savollarni tarqatish, guruhlarda muhokama qilish ta’qiqlanadi. Kimdir shunday ish qilgani aniqlansa, savollarni muhokama qilgan barcha ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍11😁7💯3😭3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁6020🔥11👏11👍6
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Video message
🇺🇿 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovi finalida xitoylik ishtirokchi aytgan alla...

🔥 bosib turing, yana bitta daxshati bor, mazza qivorasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥76😁227💯7👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏26❤‍🔥17🔥65
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Video message
🇯🇵 Yaponiyalik ishtirokchidan “Toshkent Samarqand” qo‘shig‘i jonli ijroda. Hammani o‘ynatib yuborgan taronalarimiz siz uchun.

Navbatda “Hayolim senda” taronasi hindcha talqinda. 🔥bosib turinglar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3814❤‍🔥7👏5🤷2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
41😁17👍13❤‍🔥10🔥7
Talaba-yoshlar | Rasmiy
Video message
🇮🇳Musiqa ham kerakmas, mikrafon bo‘lsa bas. Kutib oling, mashhur tarona hindcha talqinda 😅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36😁27🔥1
❗️Microsoft Word dasturlarida foydalanish uchun kerak bo‘ladigan 50 ta qisqa klavish:

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni (italic, shrift) qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - (Hyperlink) qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi so‘zlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi so‘zlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makro‘ni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash


Kursdoshlarga yuborib qo‘ying, juda asqotadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2822👍11🔥5❤‍🔥3
📌 Ehtiyot bo‘ling: O‘zbekistonda shaxsni ruxsatsiz tasvirga olish taqiqlanmoqda. Lekin istisnolar bor

Bu bo‘yicha qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Unga ko‘ra, shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiyligi belgilab qo‘yilmoqda.

‼️Quyidagi 8 ta holatda tasvirga olish va uni tarqatishda rozilik so‘rash talab etilmaydi:
➡️qidiruvdagi shaxsni aniqlash uchun tasvirdan foydalanganda;
➡️jamoat tartibini saqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv orqali tasvirdan foydalanganda;
➡️davlat organlari o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirdan foydalanganda;
➡️qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda;
➡️davlat xizmatchilarini ularning xizmat vazifasini bajarish yoki jamoatchilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olishda.
➡️jamoat joylarida (ko‘cha, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.) hamda mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda, ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida shaxslarni tasvirga olishda;
➡️agar tasvir ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa yoki undan hamma erkin foydalana olsa (tijorat maqsadida foydalanish bundan mustasno).
➡️shaxs haq evaziga tushgan surat yoki video faqat o‘sha maqsadda – ya’ni oldindan kelishilgan yo‘nalishda foydalanilsa.


✔️Talablar:
↪️tasvirga olishda va undan foydalanishda 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan beriladi;
↪️jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan taqdirda, bu haqda barchaga ko‘rinadigan joyda va shaklda ogohlantiruvchi belgi o‘rnatiladi;
↪️insonning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarini uning roziligisiz yashirincha yozib olish yoki tarqatish maqsadida maxsus texnika vositalaridan foydalanganlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Boshqacha aytganda, yashirin kamera uchun javobgarlik belgilanyapti;

‼️videokuzatuv kameralarini o‘rnatish mumkin bo‘lmagan joylar doirasi, xususan, kiyinish xonalarida, hojatxonalarda videokuzatuv tizimlari o‘rnatilishi mumkin emasligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍9🤪1
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
Assalomu alaykum, xayrli kun!

To‘g‘risi kechadan beri asablarim charchadi. “Til bilimdonlari” tanlovi testlari xato tuzilgan, to‘g‘ri javobni belgilasam ham ball bermayabdi deb rosa ko‘pchilik yozdi. Shu bo‘yicha umumiy fikr beraman va boshqa bu mavzuga to‘xtalmayman.

↪️1-dan testlarni o‘zimiz emas, oliygohlarda dars beradigan (dotsent, PhD darajasiga ega) ustozlar tuzgan va qayta tekshirilgan;
↪️2-dan bu test, savolga 4 tadan variant berib qo‘ygandan keyin tavakkal bilan ham ball olsa bo‘ladi. Shu sababli savollarda chalg‘ituvchi, ko‘z ilg‘ashi qiyin variantlar mavjud. Shunday qilmasak, hamma 100% test ishlab qo‘ysa, g‘olibni qanday aniqlaymiz?
↪️3-dan siz testni to‘g‘ri yecholmasangiz bu doim savol xato degani emas, siz adashgan yoki shoshgan bo‘lishingiz mumkin-ku. E’tirozlar bo‘lsa yozinglar, savoldagi xatoni isbotlab bersangiz ball qo‘shib beraman deb shaxsiy profilimni ham qoldirdim (tez orada yozganlarga javob beraman).
↪️4-dan kommentda tashkilotchilarning shaxsiyatiga ham o‘tib ketayotganlar “ba’zilar” aslida 40 ta testdan 18-22 ta to‘g‘ri topgan. Natijasi 34 balldan yuqori bo‘lsa ham mayli edi, 40 ta testdan 10-15 tasi xato bo‘lmasa kerak! Aytmoqchi bo‘lganim o‘zi testlarning 50 foiziga bazo‘r to‘g‘ri topadigan bilimi borda, tag‘in savoldan xato topishadi.
↪️5-dan istalgan savolga, hattoki 2+2=5 bo‘ladiku deb e’tiroz qilish mumkin, lekin bu asosli bo‘lmaydi. Bir, ikki kishini gapini ko‘rib, “Haa, testlar xato, shunga past ball oldim” deb o‘ylayotganlar ham bor. Bunga 2+2=5 deyayotganlar sababchi...
↪️6-dan hammani xato qilgan testini muhokama qilib, isbotlab berish ko‘p vaqt oladi, bunga jismonan ham ulgurmaymiz. Qo‘shimchasiga hammaga xatosini aytib, izoh berishga ham majbur emasmiz!

Tan olaman, hammamiz insonmiz ustozlar ham adashishi, darsdan keyin charchab test tuzayotganda xato qilishi mumkin. Buni yechimi sifatida murojaat qiling, ball qo‘shib beramiz deb, xatolarimizni imkon qadar tuzatyabmiz.
‼️Menimcha mehnatimiz qadrlashga arziydi va sizdan ham vijdonan yondashishni so‘rab qolgan bo‘lardim. 80 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashadigan tanlovni tashkil qilib, hammani ko‘nglini olish mushkul masala...

Gaplarim tegib ketgan bo‘lsa oldindan uzr, gap egasini topadi. Hurmat bilan tanlov bosh tashkilotchisi @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3216❤‍🔥12💯10
🗣Keling, ko‘pchilik xato deyayotgan savollardan birini ko‘rib chiqamiz. Testda berilgan so‘zlar ichidan nechtasi noto‘g‘ri ekanligini topish kerak. Quyidagilarga hech kimda e’tiroz yo‘q menimcha:

huquq, daromad, xattot, taxlit
badqavoq, taziya, xushvaxt, tafofut, axil
(5 ta)

‼️Bu esa chalg‘ituvchi joyi: qisim — qism, adip — adib
Shunday o‘ylash mumkin, lekin aslida ikkalasi ham to‘g‘ri va boshqa ma’no anglatadigan so‘zlar.

Shu savolga ko‘pchilik 6 ta variantini belgilab, testni xatoga chiqarishyapti, aslida esa o‘zlari adashishgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23
Osmonlarda yurganlar, Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar, Bolaga kitob bering!.


📚To‘g‘ri bolaga kitob bering, talabaga esa pul...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣175😁77💯2524🥰4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📅 Kundalik yumushni Alisaga topshiring – u taymer va uygʻotgich qoʻyadi, muhim uchrashuvni eslatadi va osh qilishni oʻrgatadi: “Alisa, bosqichma‑bosqich osh retseptini ayt
24🔥10🥰7🤔2🕊1
2025/10/23 14:40:56
Back to Top
HTML Embed Code: