Telegram Web Link
9-may munosabati bilan necha kun dam olamiz?

Bu yil Xotira va qadrlash kunida o‘zbekistonliklar faqat bir kun dam oladi.

Bayram kuni — 9 may, payshanba.

Prezident farmoniga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. 10 may, juma — barcha xodimlar uchun ish kuni.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️OTMlarda davlat granti har yili qayta taqsimlanadi

6 may kuni Prеzidеnt Shavkat Mirziyoеv huzurida oliy ta'lim tizimi bo'yicha bo'lgan taqdimotda aytilishicha, muayyan bir yo'nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to'plagan abituriеnt, tanlagan oliy ta'lim muassasasidan qat'i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi.

❗️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️San'at musiqa yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar magistraturaga sertifikatsiz qabul qilinadi.

Ushbu ma'lumot oliy taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokamasida aytib o‘tildi.

❗️Ushubu ma'lumot yuzasidan qaror qabul qilinsa batafsil ma'lumot beramiz.

🎓 @Talim_huquqi
#Rasman

⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
#Qabul2024

⚡️Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.

Bunda:

🔴 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

🟢 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
#Qabul2024

⚡️Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi
.

Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot.

❗️Bunda:
abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
#Qabul2024

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichga ajratildi.

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

❗️Shuningdek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha izoh

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);

oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;

davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️OTMlarning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida kvotalari qisqartiriladi

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3735

⚡️Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3736

Grantda o‘qiganlarga 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3737

⚡️Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3738

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichga ajratildi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3739

⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3740

⚡️Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha izoh.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3741

⚡️OTMlarning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida kvotalari qisqartiriladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3742

⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3723

⚡️Kontrakt narxlari ham oshirilishi mumkin.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3743

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi bekor qilindi

2024-yilning 19-aprel kuni Toshkent Texnologiyalar universitetining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudning ajrimi e’lon qilingan. Kelasi o‘quv yilidan boshlab universitet o‘z faoliyatini davom ettirmaydi. Universitet talabalari esa boshqa oliygohlarga o‘qishini ko‘chirishi belgilangan.

🎓 @Talim_huquqi
Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3729

Prezident va nomli davlat stipendiyasini olgan talabalar qanday imtiyozga ega?
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3730

🎓 @Talim_huquqi
#Bilasizmi | #imkoniyat

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1.360.000 so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6051791#-6054488

🎓 @Talim_huquqi
Vazir jamg`armasi ustama oladiganlar 2024.pdf
1.6 MB
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️SQB bankdan imtiyozli taʼlim krediti.

Kredit shartlari:
14 foizi (xotin-qizlarga foizsiz)
Muddati: o'qish davri + 7.5 yil
Miqdori: shartnomaga asosan
Imtiyozli davri: o'qish davri + 6 oy

Batafsil: https://sqb.uz/uz/individuals/credits/educational-credit-uz/

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o’quvchi qabul qilinadi?

Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topshirsa bo’ladimi?

Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun o’quvchining baholariga qanday talab qo’yiladi?

Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Taʼlim krediti ajratishning yangi tartibi

Prezidyent farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va profyessional taʼlim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

⁃ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda profyessional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

❗️Bundan “Ijtimoiy himoya yagona ryeyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

🎓 @Talim_huquqi
2024/05/29 04:00:05
Back to Top
HTML Embed Code: