Telegram Web Link
#Qabul2024

⚡️Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi
.

Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot.

❗️Bunda:
abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
#Qabul2024

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichga ajratildi.

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

❗️Shuningdek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha izoh

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);

oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;

davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️OTMlarning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida kvotalari qisqartiriladi

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3735

⚡️Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3736

Grantda o‘qiganlarga 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3737

⚡️Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3738

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichga ajratildi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3739

⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3740

⚡️Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha izoh.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3741

⚡️OTMlarning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida kvotalari qisqartiriladi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3742

⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3723

⚡️Kontrakt narxlari ham oshirilishi mumkin.
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3743

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi bekor qilindi

2024-yilning 19-aprel kuni Toshkent Texnologiyalar universitetining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudning ajrimi e’lon qilingan. Kelasi o‘quv yilidan boshlab universitet o‘z faoliyatini davom ettirmaydi. Universitet talabalari esa boshqa oliygohlarga o‘qishini ko‘chirishi belgilangan.

🎓 @Talim_huquqi
Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3729

Prezident va nomli davlat stipendiyasini olgan talabalar qanday imtiyozga ega?
Batafsil: https://www.tg-me.com/Talim_huquqi/3730

🎓 @Talim_huquqi
#Bilasizmi | #imkoniyat

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1.360.000 so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6051791#-6054488

🎓 @Talim_huquqi
Vazir jamg`armasi ustama oladiganlar 2024.pdf
1.6 MB
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️SQB bankdan imtiyozli taʼlim krediti.

Kredit shartlari:
14 foizi (xotin-qizlarga foizsiz)
Muddati: o'qish davri + 7.5 yil
Miqdori: shartnomaga asosan
Imtiyozli davri: o'qish davri + 6 oy

Batafsil: https://sqb.uz/uz/individuals/credits/educational-credit-uz/

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o’quvchi qabul qilinadi?

Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topshirsa bo’ladimi?

Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun o’quvchining baholariga qanday talab qo’yiladi?

Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Taʼlim krediti ajratishning yangi tartibi

Prezidyent farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va profyessional taʼlim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

⁃ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda profyessional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

❗️Bundan “Ijtimoiy himoya yagona ryeyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

🎓 @Talim_huquqi
Milliy_va_xalqaro_tan_olingan_sertifikatlat_to'g'risida.pdf
1.1 MB
#Rasman

⚡️Bakalavr va magistratura uchun til bilish darajasini baholovchi tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

🎓 @Talim_huquqi
#Rasman

⚡️Xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

🎓 @Talim_huquqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024

⚡️2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

🎓@Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abityriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?

💬 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

🔄 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔄 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

☑️Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

🔹 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔹 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

✔️ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi yangi.pdf
541.1 KB
⚡️Fanlar majmuasiga o'zgartirish kiritildi

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/09 11:39:43
Back to Top
HTML Embed Code: