Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida Parlament ayol a’zolari forumida ishtirok etar ekanmiz, “Birdamlik va ilhom: ayollarni o‘z yo‘lida qo‘llab-quvvatlash” mavzusi asosida global ahamiyatga molik masalalarni muhokama etdik.

Barcha ishtirokchilar Toshkentda yil boshida bo‘lib o‘tgan 150-yubiley Assambleyasining yuksak darajada tashkil etilganini alohida qayd etib, mazkur anjuman doirasida o‘tkazilgan xotin-qizlar forumining o‘ziga xos o‘rni va qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini e’tirof etdilar.

Forumda biz har bir ayolning ovozi, uning orzusi va global hamjamiyatning birdamlik ruhi haqida fikr yuritdik. Shu ma’noda, O‘zbekiston xotin-qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan kompleks yondashuvni ilgari surib, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish, bilim va yetakchilik imkoniyatlarini kengaytirish hamda inqiroz sharoitida qolgan ayollarga amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan tashabbuslarni taqdim etdi.

Ishonamanki, ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash – bu faqat milliy manfaat emas, balki insoniyatning umumiy taraqqiyoti va tinchlikka erishish yo‘lidagi strategik vazifadir.


#IPU151
#ToshkentDeklaratsiyasi
#Senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2017🥰6🤝2👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Jenevaga tashrifimiz doirasida XMTning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan katta koordinatori Yuriy Shterk janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Janob Shterk Prezidentimiz rahbarligida kambag‘allikni qisqartirish, bandlik va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, kuni kecha davlatimiz rahbarining Kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvida belgilangan ustuvor vazifalar XMT uchun ham dolzarb ekanini qayd etib, ularni amalga oshirishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda munosib mehnat standartlarini joriy etish, qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta’minlash va yangi tashabbuslar muhokama qilindi. 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Munosib mehnat dasturi” loyihasining ishlab chiqilishi va uning Toshkentda XMT ekspertlari ishtirokida muhokama qilinishi mehnat huquqlari va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

#IPU151 #XMT #MunosibMehnat
#Senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍168🥰3👏2🤝2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi sessiyasida O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi faol ishtiroki va tashabbuslari taqdim etildi.

Dunyoda 120 dan ziyod nizolar tufayli 310 millionga yaqin inson yordamga muhtoj. Bu holat gumanitar me’yorlarga rioya qilishning dolzarbligini ta’kidlaydi.

O‘zbekiston xalqaro insonparvarlik tashabbuslarida faol ishtirok etmoqda, notinch yurtlardagi birodarlarimizga uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bu sa’y-harakatlar mamlakatimizning insonparvarlik va xalqaro hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini yaqqol ko‘rsatadi.

Sessiyada parlamentlar o‘rtasida qonunchilik va raqamli hamkorlikni chuqurlashtirish, gumanitar resurslarni samarali va manzilli yo‘naltirish, global tashabbuslarga moliyaviy ishtirokni kengaytirish hamda professional kadrlar tayyorlash kabi aniq tashabbuslarni ilgari surdik.

Insonparvarlik – tinchlikning huquqiy kafolati, barqaror taraqqiyotning ma’naviy poydevoridir. Shunday ekan, parlamentlar bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi.

#IPU151
#Senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍8👏2🥰1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun — ona tilimiz, davlat tilimiz bayrami!

Yangi O‘zbekistonda ona tilimiz yangi davrni boshladi, yangidan qadr topib, nufuzi yuksalmoqda. Dunyoning eng yuksak minbarlaridan turib ona tilimizda muhim tashabbuslarni ilgari suryapmiz.

Buning barchasi Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan oqilona siyosat, ma’naviyatga bo‘lgan chuqur ehtirom va milliy g‘ururni yuksaltirish yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlar samarasidir.

Ona tilimiz Vatanimiz bilan birga taraqqiyot yo‘lida qadam tashlamoqda.
Til — millat qalbi, uni asrash va rivojlantirish har birimiz uchun muqaddas burchdir!

Davlat tili bayrami muborak bo‘lsin!

#Davlattili

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129🥰4
2025/10/31 14:44:42
Back to Top
HTML Embed Code: