Majlisda hududdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish hamda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Boshqa hududlar kabi bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshqaruvning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha Surxondaryoga alohida e’tibor berilmoqda.
Shu bois, yig‘ilish avvalida viloyat rivoji, aholi turmushi va ijtimoiy kayfiyati uchun muhim bo‘lgan energetika, qurilish, kadastr kabi sohalarda fuqarolarni qiynayotgan muammolar, xizmat ko‘rsatishda shaffoflikning ta’minlanmayotgani va manfaatdorlik holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
O‘rganishlar davomida viloyatda huquqbuzarlikni oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani aniqlangan.
Shu bilan birga, oilaviy nizolar oqibatidagi jinoyatchilik profilaktikasi hamda kiberjinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Majlis yakunida barcha sohalarda raqamlashtirishni jadallashtirish, inson omilini kamaytirish, xavfsizlikni kuchaytirish va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
O‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralardan tortib, lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi bo‘yicha topshiriq berildi.
#senat #anticorruption
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤5👏2
Markazda barpo etilgan tibbiyot markazi, biznes maktab, mehmonxona, restoran va boshqa ijtimoiy obyektlari qo‘shni Afg‘oniston davlati, xalqi bilan yaqin birodarlik hamda xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarimizni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim strategik maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Termiz shahar “Eski shahar” mahallasidagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tashkil etilgan “Tibbiyot klasteri”da ham bo‘ldik. Tibbiyot klasterida zamonaviy tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, ilk bor ochiq yurak jarrohligi amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani yurtimiz tibbiyotidagi muhim yutuqlardan biridir.
Termiz shahridagi “Boqiy shahar” turistik majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdik. Majmua hududida musiqali favvora, zamonaviy turistik va gastronomik ko‘chalar, dam olish maskanlari barpo etilgan.
Bu tashrif orqali yaratilayotgan sharoitlar — xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning yorqin ifodasi ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik.
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤5🔥4
