Telegram Web Link
Forwarded from Ishonch.uz
Пойтахтда бош режа йўқлиги боис муаммоларга дуч келаяпмиз-архитектор

Ishonch.uz нинг бугунги суҳбатдоши архитектор Дилдор Бегматова. Суҳбатдошимиз асли Самарқандлик ва айнан архитектор бўлишига қадимий шаҳарнинг кўҳна меъморий бинолари ва бой тарихга эгалиги сабаб бўлган. Қаҳрамонимиз кўп йиллардан бери Тошкент Архитектура-қурилиш университетида"Архитектура" кафедрасининг катта ўқитувчиси ва PhD таянч докторанти ҳамдир.

Батафсил: http://ishonch.uz/news/2371

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube
#Talabaga_qulaylik
#TAQU
🏛Toshkentda arxitektura-qurilish universitetida  “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etildi.

Tashkil etilgan markaz orqali talabalar turar joylari hamda mavjud ijara xonadonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni va maslahatlarni olishlari mumkin.

Ma'lumot o'rnida  “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” joriy yilning 10-sentabr kuniga qadar faoliyat yuritadi.

Qo'shimcha taklif va murojatlar uchun: @Taqu_TTJ_admin
Tel: 55 508-02-96
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Талабаларни ижарага қўйган уй эгалари даромад солиғини тўламайди

Солиқ кодексининг 378-моддасида солиқ солинмайдиган даромад турлари келтирилган бўлиб, ушбу модданинг 19.1-бандида талабаларга ижарага беришдан олинган даромадларига солиқ солинмайди деб кўрсатилган.

Юқоридаги асосга кўра, талабаларни ўз уйларига ижарага қўйиш орқали ижара ҳақидан даромад топаётган шахсларнинг ушбу даромадларидан-даромад солиғи олинмайди.
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 1 kursga tavsiya etilganlar yotoqxona uchun ariza yuborishlari mumkin

Endilikda talabalikka tavsiya etilgan 1 kurslar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Buning uchun Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tish kerak. 1 kursga tavsiya etilganligi haqidagi ma'lumot avtomat ravishda tizimdan onlayn olinadi, qo‘lda kiritish shart emas. Ayni vaqtda yangi talabalarning ma'lumotlari saytga yuklanish jarayonida.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://www.tg-me.com/OTM_Minbari
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalari ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

Rektor nomiga ariza — Talabaning o‘qishga qabul qilinishini tasdiqlash uchun yozilgan ariza.
Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda) — Talabaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) — Maktabni yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar bo‘lsa) — Talabaning chet tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikatning asl nusxasi.
3,5×4,5 o‘lchamdagi foto — 12 dona fotosurat talab qilinadi.
Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel) — Barcha hujjatlarni bir joyga yig‘ish uchun maxsus papka.
Konvert A5 formatida — Hujjatlar uchun konvert.
Talabalar turar joyi uchun ariza — Agar talaba turar joyga muhtoj bo‘lsa va sharoiti og‘ir yoki kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lsa.
Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun hujjat — Imtiyozga ega bo‘lgan talabalardan imtiyozni tasdiqlovchi hujjatning asli talab qilinadi (agar mavjud bo‘lsa).
2025/07/01 00:54:34
Back to Top
HTML Embed Code: