Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum.

AutoCaD dasturini o'rganmoqchi bo'lib yurgan yoshlarimizga katta imkoniyat.

🏗Biz sizga AutoCaD dasturi bilan birga loyiha qilishni, uning konstruktiv elementlarini, qurilish texnologiyalari va jarayonlarini 0 dan kamida 2 AR loyiha portfoliongizni atigi 1 oylik kursimizda o'rgatamiz.

💲Bu hali hammasi emas. Kursimizga CHEGIRMALAR e'lon qildik.

26-aprel 12:00 da TAQU 2-bino 424-xonada barchangizni ochiq darsimizga taklif qilamiz, qatnashish BEPUL.

💻Bu darsda siz AUTOCAD dasturida mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'lasiz.

🙋🏻🙋🏻‍♀️Eng faol qatnashchilar uchun AutoCaD dasturida loyihalash kursimizga qo'shimcha chegirmalar beriladi.

🧑🏻‍💻👩🏻‍💻Siz bir qarorga kelguningizcha 1000 dan ziyod yoshlar biz bilan birga o'rganib, qurilish sohasida o'z o'rniga ega bo'lishdi.

Murojat uchun👇👇👇

@AutoCaD_fast_learn

https://www.tg-me.com/shaxobiddins_blog
Forwarded from TAQU REGISTRATOR OFISI
1. Bitiruvchi kurs (kunduzgi va sirtqi ta'lim) talabalar uchun qayta o‘qish 2025-yil 19-maydan boshlanadi bunda 1-,2- va 3-kurs talabalari qarzdor fanlari mavjud bo‘lsa 4-kurs (kunduzgi) va 5-kurs (sirtqi) guruhlariga qo‘shilib o‘qishi mumkin. Qayta o‘qish uchun to‘lovni kontrakt.edu.uz tizimi kredit-modul bo‘limidan onlayn ariza beriladi va registrator ofisi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan shartnoma orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
☝️ESLATMA. Qayta o‘qish uchun to‘lovni 2025-yil 19-may kunigacha amalga oshirishingiz shart.

2. 1- , 2- va 3-kurs (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta'lim) talabalar uchun qayta o‘qish 2025-yil 26-maydan boshlanadi.
Qayta o‘qish uchun to‘lovni kontrakt.edu.uz tizimi kredit-modul bo‘limidan onlayn ariza beriladi va registrator ofisi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan shartnoma orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
☝️ESLATMA. Qayta o‘qish uchun to‘lovni 2025-yil 26-may kunigacha amalga oshirishingiz shart.

3. 2025-yil 19-maydan boshlab bir marta qayta o‘qish uchun qo‘yilgan fan 2024-2025 o‘quv yili uchun boshqa qo‘yilmaydi.

4. Qayta o‘qish fanlarini qachondan qo‘yilishi va boshlanish sanalarini ushbu URL orqali bilib borishingiz mumkin:
👇
https://drive.google.com/drive/folders/12rVExr_7nOoLtVxYhj28Xh9Cb6GnbbAf?usp=sharing

5. Qayta o‘qish fanlari dars jadvallari
ni ushbu URL orqali bilib borishingiz mumkin.
👇https://drive.google.com/drive/folders/12rVExr_7nOoLtVxYhj28Xh9Cb6GnbbAf?usp=sharing

6. Qayta o‘qish fanlari to‘lovga qarab ketma ket qo‘yib boriladi.

7. 2024-2025 o‘quv yilida 1-, 2- va 3-kurs (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta'lim) Qayta o‘qish uchun umumiy kreditlar miqdori 24 kredit (24 ECTS) gacha o‘qishi belgilangan.

8. 2024-2025 o‘quv yili qayta o‘qish fanidan o‘zlashtirgan talabalar baholarini HEMIS AT Qayta o‘qish bo‘limidan bilib boradilar.

9. Qayta o‘qish to‘g‘risidagi ma'lumotni TAQU registrator ofisidan yoki 👉https://www.tg-me.com/taquregistratorofisi kanaldan olishingiz mumkin.

10. TAQU registrator ofisi telefon raqami: +998555080291
TAQU registrator ofisi telegram kanaliga qo'shilib oling:

@taquregistratorofisi
Forwarded from Edu.uz
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 18:18:46
Back to Top
HTML Embed Code: