Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_2025

11-sinf TARIX Olimpiada savollar tahlili bilan tanishing:


Tahlil Nurhayot Hakimov tomonidan amalga oshirilgan

@tarix_tilsimi
👍143
Iqtidorli oʻquvchilarni sinash uchun oʻtkazilgan olimpiada testlarida, oʻquvchilar iqtidorini qaysi shkala boʻyicha baholagansizlar?

Aynan testlardan koʻzlangan maqsad nima?

@tarix_tilsimi
👍1814👏2
TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov.uz
Photo
Masalan, 1-savolning oʻzidayoq

Savolning aniqlilik darajasi: 0 (kontekstsiz)
Masalan, davr koʻrsatilmagan, hudud koʻrsatilmagan.

Oʻrta asrlar davlatlarida deyarli har birida oliy harbiy unvon hisoblanadi amirlashkar (Arab xalifaligi, Somoniylar, Saljuqiylar)

Xazina ishlarini yurituvchi iborasi ham umumiy kelgan!

Testologiyada aynan bir manbaaga suyanilmaydi. Turli ixtisosliklardagi manbalar bilan solishtirib, tahlil qilib keyin xulosa chiqariladi. Sizlar esa, kelib-kelib darslikka tayangansizlar.
Aytishingiz mumkin, oʻquvchilar darslik oʻqishadi deb, lekin, biz shuning uchun yurtimiz kelajagi boʻlgan bolalarni fikrlash doirasini "boʻgʻishimiz" kerakmi?



Savolning toʻgʻrilangan varianti, masalan, bunday bo‘lishi mumkin edi?

Qo‘qon xonligida oliy harbiy lavozim amirlashkar bo‘lgan. Ushbu davlatda xazina ishlarini yurituvchi mansabdor kim edi?
A) Devonbegi  
B) Mehtar  
C) Otaliq  
D) Qushbegi

(c) Husanboy Xoldorov

👉 @tarix_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝45👍1713💯9
TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov.uz
Masalan, 1-savolning oʻzidayoq Savolning aniqlilik darajasi: 0 (kontekstsiz) Masalan, davr koʻrsatilmagan, hudud koʻrsatilmagan. Oʻrta asrlar davlatlarida deyarli har birida oliy harbiy unvon hisoblanadi amirlashkar (Arab xalifaligi, Somoniylar, Saljuqiylar)…
Masalan men shu testda A va B javoblar toʻgʻri.

Kim A va B javob belgilagan boʻlsa, ular toʻgʻriga olinsin!
Apellyatsiya berib bemalol yutib chiqsa boʻladi

Masalan, Temuriylar davrida ham Amirlashkar lavozimi oliy lavozim boʻlgan! Devonbegi esa, xazina ishlarini yurituvchi lavozim boʻlgan.


@tarix_tilsimi
👍5213🔥6
SAVIYA KERAK

Bugungi olimpiadada tushgan testlarning atiga 1 donasini tanqid qilganim uchun meni "negativ"ga chiqarishmoqda . . .
"Negativ" va "tanqidiy fikr"ni bir-biridan farqi haqida yuqorida post joylaganman, oʻqib chiqing!
👉 https://www.tg-me.com/tarix_tilsimi/18839

Yuqoridagi tanqidiy fikrim kimningdir mehnatini oyoqosti qilish ekan!
Aslo, unday emas.

Tushuntiraman: olimpiada oʻtkazuvchilar ushbu testga mas'ul, ya'ni Fan olimpiadalar markazi — bu tashkilot. Demak, men aynan bir shaxs shaxsiyatini emas, butun bir tashkilot faoliyatiga shaxsiy tanqidiy fikrimni yozganman.

Demokratik Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotlar faoliyatini tanqid qilib (yolgʻon, boʻxton va igʻvolarsiz, hissiyotga berilgan fikrlarsiz) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisi"dagi (2021) qonunda va "Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisi" (2018)dagi qonundagi huquqlarimdan toʻgʻri yoʻlda foydalanishga haqqim bor.

Aslida bundan ham ahamiyatli jihati keyingi imtihonlarda bu holat takrorlanmasligi barchamiz uchun foyda emasmi?

Fan olimpiadalari markazi kechagidan yaxshiroq ishlashi bu kelajak avlod uchun muhim deb oʻylayman.

***
Qandaydir mantiqsiz va hissiyotli, maza-matrassiz fikrlardan koʻra, argumentli tanqidlarga e'tibor qaratish uchun ham saviya kerak aslida.

Ushbu postga monand izoh yozish uchun ham saviya kerak.

Shaxsan men @tarix_tilsimi'dagi barchani saviyali deb hisoblayman!

Qani kettik....!
👍8525💯14🔥52👏2
«Bu safar oʻzining oʻquvchilari oʻrin ololmagani uchun tanqid qilyapti» deganlar, iltimos bu fikringizdan qayting.

Natijalar bu safar ham bomba⚡️

Shunchaki, boshqa narsaga chalgʻib natijalar joylash esimdan chiqibdi. Qolaversa, testlarni tanqid qilib, keyin "mana shu testlarni ishlab oʻrin oldi oʻquvchilarim" - deyish ham mantiqsizroqmi deymanda:)

@tarix_tilsimi
38🔥9🤩6💯2
Forwarded from 𝙱𝚊𝚑𝚘𝚛𝚊_²²🫆
3o'rin bbdi ustoz rahmat sizga nasib A+ bo'ladi sertifikatda
🏆45🔥98👏3
26 114 obunachi — @tarix_tilsimi

Kanal faoliyati va admin haqida istalgan fikrlaringizni izohdan yozib keting. Istasangiz reaksiyalar bilan siylang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥167👍38167👏5👌5🕊4🏆3👨‍💻3🥰1🫡1
Qisqa fursat qoldi-da

Attestatsiya imtihoniga qisqa fursat qoldi, shuning uchun ertaga tongda yangi darsliklarni aynan qayerlariga e'tibor qaratish kerakligini batafsil, chiroyli va manfaatli qilib yozib qoʻyaman. Koʻproq yangi darsliklar asosida tuzilgan test va uning tahlillarini qilib beramiz.

Milliy Sertifikatchilar, shu postni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak, siz baxtlisiz! Sababi, 1 oylik tezkor guruhimizda oʻqib sertifikat ololasiz! (avvaldan baza boʻlishi kerak) Qoʻshilish uchun @Sodiqjon_Abduganiyev'ga yozing!

Marhamat!!!
32🔥8👍4👌4
TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov.uz
Qisqa fursat qoldi-da Attestatsiya imtihoniga qisqa fursat qoldi, shuning uchun ertaga tongda yangi darsliklarni aynan qayerlariga e'tibor qaratish kerakligini batafsil, chiroyli va manfaatli qilib yozib qoʻyaman. Koʻproq yangi darsliklar asosida tuzilgan…
TANIB OLING¹

Yangi darsliklardagi tarixiy, siyosiy shaxslar yoki oʻz davrining (keyingi davrlarga ham) madaniy muhitiga hissa qoʻshgan shaxslarni tanib oling.

Avvalgi nashrlarda keltirilgan tarixiy shaxslarni koʻz chamalab tanirsiz, lekin, yangilarini aynan yodlab, tanib oling.

Attestatsiyada moslashtiring talabidagi savollarda siz uchun qoʻl keladi. Unday savollar salmogʻi koʻpligini hisobga olsak, yaxshigina ball + qilishingiz mumkin.

Masalan:
Fransiya qirollari va ular faoliyatiga oid maʼlumotlarni moslashtiring.
Eyler-Venn diagrammasi.
Abulxayrxon faoliyatiga taalluqli ma'lumotni aniqlang. kabi savollar koʻp uchraydi.

Bugun kanalga kun davomida yangi nashr darsliklaridagi tarixiy shaxslar va ular faoliyatiga oid maʼlumotlarni navbatma-navbat moslashtirib joylab boramiz.

📍 Attestatsiyaga @tarix_tilsimi'da tayyorlaning.
👍6221🔥6
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Kimdir darslikda "2*2=5" deb yozib ketsa, toʻgʻri javob 5 boʻlib qoladimi?

Xalq taʼlimi info nashrining yozishicha, tarix fani oʻqituvchilarining Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qarshi daʼvo arizasini koʻrib chiqish davom etmoqda. Daʼvo predmeti - test topshirigʻidagi xatolik. Daʼvogarlarning aytishicha, "Yustinian I vafotidan keyin butun Ispaniyani qaysi qabila egallab oldi" degan savolga vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi "langobardlar"ni toʻgʻri javob sifatida qabul qilgan, aslida esa toʻgʻri javob vestgotlar boʻlishi kerak. Ilgariroq sunʼiy intellektga shu savolni berganimda "vestgotlar" deb javob bergan edi, kecha Gemini sunʼiy intellektiga shu savolni berib, javobga manbalar keltirishni soʻrasam, yana "vestgotlar" degan javobni berdi va Britannika ensiklopediyasi, shuningdek, Ispaniya tarixi boʻyicha 3ta ilmiy kitobni manba sifatida keltirdi.

Sud majlisini kuzatganlarning aytishicha, sud OʻzFA Tarix institutiga soʻrov yuborgan ekan. Tarix nuqtai nazaridan kim haqligini - daʼvogarlar, SI va manbalar yoki vazirlikmi - hal qilishni tarixchilarga qoʻyib beraylik, lekin vaziyatni testologiya va adolat nuqtai nazaridan tahlil qilib koʻramiz.

Xabarlarga koʻra, javobgar tomon "darslikda shunday berilgan, demak, testning biz tanlagan javobi toʻgʻri" degan pozitsiyada turibdi. Lekin bunday pozitsiya - test tuzish va u asosida butun respublika boʻylab pedagog kadrlar malakasi haqida xulosa chiqarish vakolati berilgan tashkilot uchun absurd pozitsiya. Chunki test notoʻgʻri mazmun asosida tuzilmasligi kerak, aks holda testning muhim validlik talablaridan biri - mazmuniy validlik talablari buziladi. Masalan, kimdir darslikda "2*2=5" yozgan boʻlsa, toʻgʻri javob 5 boʻlib qolmaydi-ku? Darslikda ham xatolik boʻlishi mumkin (inson omili), oʻqituvchining vazifasi - oʻquvchiga darslikdagi maʼlumotni koʻr-koʻrona yetkazish emas-ku.

Bu yerda, nazarimda, eng adolatli yechim - "darslikda shunday berilgan, demak bizniki toʻgʻri" deb oyoq tirab turib olmasdan, shu test topshirigʻi tushgan barcha oʻqituvchilar natijalarini qayta hisoblash boʻladi. Va keyingi safar test tuzishga shunchaki darslikdagi maʼlumotlarga koʻr-koʻrona yopishib test tuzadigan mutaxassislarni emas, test tuzish qoidalaridan xabardor va tanqidiy fikrlay oladigan mutaxassislarni jalb qilish kerak boʻladi.
🔥238👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_2025

9-sinf Huquq Olimpiada savollar tahlili bilan tanishing:


@tarix_tilsimi
4👍1
2025/10/21 08:47:22
Back to Top
HTML Embed Code: