Forwarded from TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov (Husanboy Xoldorov)
"KATTA SUHBAT" ga MARHAMAT!
👉 https://www.tg-me.com/TARIX_TILSIMI?livestream
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gitler Fashistik sertifikat testlarga munosabat bildirdi.
Oʻqituvchilar ijro hokimiyatining bir hodimidan (bizda uni "hokim" deyishadi) Samarqand-Buxoroga sayohat qilishga yordam qiling deb soʻrabdi.

Daxshat.

p.s. bu yerda ayb oʻqituvchilarda emas
"Quadro" jamoasining O'zbekiston tarixi (majburiy blok) bo'yicha darslari 1-maydan boshlanadi!

Do'stlaringizga tavsiya qilsangiz xursand bo'lar edik. Munosib deb bilsangiz, albatta!🙃

Kurs rejasi bilan berilgan rasmlar orqali tanishish mumkin. Qo'shilmoqchi bo'lsangiz @trozmatov ga yozing.
History Pro
Oʻqituvchilar ijro hokimiyatining bir hodimidan (bizda uni "hokim" deyishadi) Samarqand-Buxoroga sayohat qilishga yordam qiling deb soʻrabdi. Daxshat. p.s. bu yerda ayb oʻqituvchilarda emas
Bu yerda kamida uchta muammo mavjud:

Avvalo, Oʻzbekistonda oʻqituvchi boʻladimi yoki boshqa kasb egasi birlamchi ehtiyojlardan orttirib sayohat qilishga harajat qilishi qiyinroq. Bu maummo umumiy iqtisodiy holatimiz bilan boʻgʻliq. Hozirda Oʻzbekistonda YIMning jon boshiga qiymati $2,000 atrofida boʻlsa, Singapurda $78,000, qozoq birodarlarimizda esa $11 mingdan ortiq. Siz aytishingiz mumkin, bu davlatlarda aholi soni kam, shu sababli matematik nuqtai nazardan YIM jon boshiga hisoblaganda koʻproq chiqadi deb, lekin boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni (HDI, Gini index) olsangiz ham biz Singapur yoki Qozogʻistondan boyroq emasmiz.
Shuningdek, aholi soninng koʻp ekanligini aksincha iqtisodiy taraqqiyot uchun ijobiy faktor.

Ana oʻsha aholi samaraliroq boʻlishi uchun inson resurslarini qayta tiklash (sayohat qilish, qoʻshimcha dam olish kunlari) koʻpchilik uchun imkonli boʻlishi kerak. Bu misolda, oʻqituvchilar farovonligidagi asosiy muammo faqatgina oyliklarning kamligi emas, turli bojlar (maishiy texnikaga yoki avtomobilga), ijtimoiy paket mavjud emasligi (qachonlardir bu narsa bizda boʻlgan) va ulardan undiriladigan ortiqcha toʻlovlardir (obunaga, openbudgetʼga, kasaba uyushmalarga).

Davomi bor.
History Pro
Oʻqituvchilar ijro hokimiyatining bir hodimidan (bizda uni "hokim" deyishadi) Samarqand-Buxoroga sayohat qilishga yordam qiling deb soʻrabdi. Daxshat. p.s. bu yerda ayb oʻqituvchilarda emas
Ikkinchidan, oʻqituvchilar hokimdan yordam soʻrashganida, yordam evaziga maʼlum qilingan taklif (oʻquvchilarining OTMga kirish foizi 50% boʻlishi) va hokim tomonida qoʻyilgan talab maktab oʻquvchilarining OTMga kirish foizi 70% boʻlishi evaziga chetga sayohatga yuborish bir nechta savollarni vujudga keltiradi.

1. Oʻqituvchilarning asosiy vazifasi maktab oʻquvchilarini OTMga tayyorlashmi? Balki unday emasdir.

Tasavvur qiling, X maktabda faqat bitta 11-sinf bor. Sinfdagi 20ta oʻquvchining 10tasi OTMga topshirib, 8tasi kirdi, 2tasi kira olmadi. Qolgan 10 kishi turli sabablarga koʻra OTMda oʻqimasligini bildirdi.

Oqibatda, X maktabning N-N-oʻquv yilidagi OTMga kirish natijasi 40%ni tashkil etdi.

Endi savollarga oʻtamiz:

1. Bu koʻrsatkichlar maktabda taʼlim sifati past degan xulosani beradimi?
2. Bu foizni koʻtarish maʼmuriy yoʻl bilan talab qilinsa, oʻquvchilarni OTMga kirib oʻqishga majburlashadimi? (shonli 2010-yillarda viloyatlik bitiruvchilarni Toshkent shahridagi kollejlarga hujjat topshirishiga ahmoqona "zapret" mavjud edi. Buni deb oʻsha vaqtlar direktorlar-u, psixologlar juda yeng shimarib ishlashgan)

Davomi bor
History Pro
Oʻqituvchilar ijro hokimiyatining bir hodimidan (bizda uni "hokim" deyishadi) Samarqand-Buxoroga sayohat qilishga yordam qiling deb soʻrabdi. Daxshat. p.s. bu yerda ayb oʻqituvchilarda emas
Uchinchidan, hokim gʻaznadan istaganiga marhamat koʻrsatadigan monarx emas, Prezident tomonidan lavozimiga tayinlangan ijro hokimiyatining bir vakili. U oʻz faoliyatini mahalliy vakillik organi bilan kelishilgan holda amalga oshirishi kerak.

Modomiki, hokimlardan nimadir soʻrashni istar ekansiz, avvalo ularni saylash kerak. Yoki, takliflarni saylanganlar oldiga qoʻyish, ijrochilardan ijrosini talab qilish kerak.

Hurmatli oʻqituvchilar, siz oladigan oyliklaridan toʻlagan daromad soligʻi siz marhamat soʻrayotgan mulozimlarning oylik maoshlari, xizmat mashinalarini taʼminlashini unutmang.

Tamom.
Oliy ta'lim muassalariga kirish test sinovlari iyul oyida bo'ladimi?

"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 393-sonli Vazirlar Mahkamasi Qaroriga ilova qilingan Nizomning 5-bobi, 14-bandiga ko'ra, test sinovlari kunduzgi va kechki (smenali) ta’lim shakllari uchun har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari belgilanadi.

❗️Demak, yuqoridagi savolning javobi hozircha NOMA'LUM. Davlat komissiyasi qabul va test sinovlari muddatini e'lon qilgandan so'ng bilib olamiz.


@tairxolimpiada
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
History Pro pinned « Oliy ta'lim muassalariga kirish test sinovlari iyul oyida bo'ladimi? "Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 393-sonli…»
Forwarded from Sariq Dev
Nega odamlarda muloqot madaniyati yoʻq? Nega begona odamga murojaat qilish odobini bilishmaydi? Nega yarim kechasi soat 1 da katta xolasiga ham yozmaydiyu, gʻirt begona odamga Googlega yozganday yozadi. Javob bermasangiz, jahl ham qilib qoʻyadi.

Agar bu bitta-yarimta holat deb oʻylasangiz, adashasiz. Ertalabgacha mana shunday xabarlardan kamida 5-10 ta, kuniga esa yuzlab keladi.

Bularga nima boʻlgan? Farosatiga qurt tushganmi? Ota-onasi tarbiya bermaganmi?

Nima deb oʻylaysiz?
History Pro
Chunki maktabda oʻrgatishmaydi. Maktabda media savodxonlik, kommunikatsiya odoblari oʻrgatilishi lozim. Oʻqituvchilar bilishsa albatta.
Yuqoridagi postni biroz noto'g'ri yozibman. Qayta tushuntiraman:

Maktablarda mediasavodxonlik, etika o'rgatilishi kerak. Men aytmoqchi bo'lgan asosiy g'oya birinchidan, "tarbiya berish mutlaq ota-onaning ishi, maktab bu bilan ummuman shug'illanmasligi kerak" kabi fikrlar xato ekanligi haqida.

Ikkinchidan, Sariq Dev'ning misolidagi kechasi soat 1da g'irt begona odamga yozadiganlar orasida ustozlar ham borligi juda ayanchli ekanligini aytmoqchiman. Shuning uchun, "o'qituvchilar bilishsa albatta" deb yozdim. Lekin bu yerda umumlashtirishdan yiroqman. O'zining ishining ustasi bo'lgan ustozlarimiz ham albatta ko'p, ayni paytda kommunikatsiya odobini bilmaydigan o'qituvchilar yetarlicha. Bundaylar yo'q deya olmaysiz, shaxsiy yozishmalarimda bunga misollar yetarlicha.

Uchinchidan, yuqoridagilarni o'rgatish uchun alohida fan o'tilishi shart emas, ustozlar namuna bo'lib o'quvchilarga ko'rsatib berisha, jamiyatimizdagi kamchiliklar sekin-asta yo'qolib ketar,balki. Aksincha, buni "ota-ona o'rgatsin" desak, ota-onaning o'zi "SHOK!!!, Palonchixon Usmonovadan Palon domlaga otvet" degan videoni tomosha qilishdan ortmasa bola bechora kimdan o'rganadi mediasaxodxonlig-u, internet odobni?
Toshkent shahrida milliy sertifikat uchun oflayn shaklda kurs tashkil qilsak talabgorlar bormi?

Darslarni "Quadro" aʼzosi Toʻlqin Roʻzmatov olib borishi rejalashtirgan. (Hali 100% aniq emas).

Sizning fikringiz muhim.

Agar men oʻtsam (Toʻlqin) siz tarixdan tashqari koʻproq narsalarni oʻrganasiz🙃. Oʻquvchilarimiz izohlarda tasdiqlashlari mumkin.
Siz attestatsiyadan oʻta olasizmi?

Tarix fanidan namunaviy attestatsiya testini bajarib, bilimingizni sinovdan o'tkazishingiz mumkin. Bu turdagi test ilk marotaba o'tkazilmoqda. Chunki, bu testda siz:

- natijangizni testni bajarib bo'lgan ondayoq bilib olishingiz;
- to'g'ri va noto'g'ri javoblaringizni test yakunida darhol bilib olishingiz;
- test natijasini ball ko'rinishida o'sha zahotiyoq bilib olishingiz;
- testni o'zingizga qulay vaqtda bajar
ishingiz (24 soat ichida);
- test yakunlangach mualliflar tomonidan olib boriladigan tahlilda ishtirok etishingiz mumkin;
- tahlildan keyin ham testni istaganingizcha qayta bajara olasiz.


⚠️ Testda ishtirok etish narxi atigi 10 ming so'm.

Ishtirok etishni istasangiz quyidagi kartaga toʻlov qilib chekni @azizjonalijonov yoki @trozmatov ga yuboring.

8600130989995131
Azizjon Alijonov nomida

Test 25-aprel kuni soat 17:00da beriladi.

Bu "Quadro"ning attestatsiya guruhidagi oʻquvchilariga tegishli emas. Sizlarga shundoq beramiz testni;)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari

Asos: https://lex.uz/ru/docs/-5621189
Kleptocracy (from Greek κλέπτης kléptēs, "thief", or κλέπτω kléptō, "I steal", and -κρατία -kratía from κράτος krátos, "power, rule"), also referred to as thievocracy, is a government whose corrupt leaders (kleptocrats) use political power to expropriate the wealth of the people and land they govern, typically by embezzling or misappropriating government funds at the expense of the wider population.

"Kleptocracy". The Oxford English Dictionary. Oxford University Press. 1st ed. 1909.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistondagi plagiat haqida gap ketganda Oxford University Pressʼga tegishli ingliz tilini oʻrganishga moʻljallangan oʻquv qoʻllanmalar muqovasiga oʻz logotipini bosib print qilayotgan markazlarni ham eslash kerak.

Men aniq bilmayman, ular bu uchun muallifdan (yoki nashriyotdan) ruxsat olishganmi yoʻqmi. Agar yoʻq boʻlsa, bu juda katta muammo. Chunki, random shaxsning qaroqchi saytlardan kinolarni plagiat shaklda tomosha qilishi yoki torrentdan yuklab olishidan koʻra, taʼlim atrofidagi shaxslar plagiat bilan shugʻillanishlari daxshatli.
"Quadro" ning majburiy blok uchun guruhiga qoʻshilganlar quyidagi link orqali qayta qoʻshilib oling. Qandaydir texnik muammo boʻldi shekilli.

❗️Bugun 20:30da dars boshlanadi

https://www.tg-me.com/+8puBybYTNqxlMmU6
https://www.tg-me.com/+8puBybYTNqxlMmU6
2024/05/01 14:11:05
Back to Top
HTML Embed Code: